• Основные стратегические варианты


Ixtiro  - innovasiyaning zamirida yotuvchi ijodiy ishdir.  Innovasiya



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/169
tarix20.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#166096
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   169
Strategik marketing (1)

Ixtiro 
- innovasiyaning zamirida yotuvchi ijodiy ishdir. 
Innovasiya 
esa konsepsiya, kashfiyot yoki ixtironing ijodiy va muvaffaqiyatli 
ro‘yobga chiqarilishidir. Innovasiya oddiy omadning kelishi emas, balki o‘zgarishlar, 
yashashga bo‘lgan kuchli istakning natijasidir.
Texnologik taraqqiyotning tarqalishi ilmiy tadqiqotlarning tezlashishi, 
kengayishi va tizimli yondashuv natijasidir. 
Texnologik taraqqiyotning tezlashishi deganda innovasiyalarning tobora 
tezlashib borayotganligini hamda ishlab chiqishdan tijorat asosida keng miqyosda 
amalga oshirishgacha bo‘lgan muddatlarning qisqarishini tushunamiz. 
Bunday evolyusiya tovarlar texnologik hayot davrining qisqarishini hamda 


30 
buning natijasida ITTKI (ilmiy texnikaviy tajriba konstruktorlik ishlari) xarajatlarini 
qoplashga ketadigan vaqtning qisqarishini ko‘zda tutadi.
Texnologik innovasiya endi tasodifan yuz beradigan ixtirolarga bog‘liq emas. 
Endilikda u ma’lum bir nazariy tasavvurlar tomonidan yo‘naltirilgan rejalashtirilgan 
va muvofiqlashtirilgan tadqiqotlar natijasidir. Tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishda 
bevosita qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan nazariy vositalarni ishlab chiqish (bu faqat 
fundamental tadqiqotlargagina xos edi) hamda usullarni ro‘yobga chiqarishda 
izchillik mavjud. Tadqiqotlarning o‘zi esa sinalgan usullarga asosan rejalashtiriladi 
va avvaldan ilgari surilgan maqsadlarga mos keladi. 
Texnologik evolyusiya bevosita tovar siyosatiga ta’sir ko‘rsatadi va firmaning 
tovarlar portfeli tuzilishini avvalgidan ko‘ra tezroq o‘zgartirib turishga undaydi. 
Texnologik muhitga bog‘liqlikning kuchayganligi bozorni tahlil qilish va muhitni 
kuzatib borishning ahamiyatini oshirishni taqozo etadi. 
Bozor tomonidan boshqariladigan tashkilot.
Ko‘rib chiqilgan uchta 
o‘zgarishlar guruhining barchasi firmada strategik marketingning roli kuchayishini 
ko‘zda tutadi. Firmaning “faol marketing”ga qaratilgan tashkiliy tuzilishiga kelsak, 
bu erda katta o‘zgarishlar tovarga oid qarorlarga taalluqli bo‘ladi. Bu qarorlar 
tadqiqot va ishlab chiqarish bo‘linmalari bilan yaqin hamkorlikdagi marketing 
bo‘limining vakolatiga ega bo‘ladi. Bu esa strategik marketing amaldagi tovar 
sohasidagi siyosatni belgilashini va tovarlarning iqtisodiy layoqati masalasini hal 
qilishini anglatadi. YAngi tovarlar g‘oyasi istalgan joyda - ishlab chiqarish, ITTKI va 
boshqa manbalardan kelib chiqishi mumkin, biroq odatda u 1.4-rasmda 
ko‘rsatilganidek qabul qilinib, ishlab chiqishga o‘tkazilishdan avval strategik 
marketing nazoratidan o‘tishi kerak. 
G`oyaning paydo bo`lishi 
Opеratsion 
markеting 
Ishlab 
chiqarish 
ITTKI 
Stratеgik 
markеting 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin