• Основные стратегические варианты


sarflanadigan materiallardir



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/169
tarix20.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#166096
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   169
Strategik marketing (1)

sarflanadigan materiallardir.
Bu holda quyidagi ma’lumotlarga ega 
bo‘lish lozim: potensial foydalanuvchi tashkilotlar soni (o‘lchamiga qarab); 
o‘lchamiga qarab saralangan real foydalanuvchilar soni; bir real foydalanuvchi 
hisobiga to‘g‘ri keladigan faollik darajasi; faollik birligiga to‘g‘ri keladigan birlik 
iste’mol darajasi (texnik koeffitsient). 
Iste’mol darajalari - tovarning oson tanib olinadigan texnik tavsifnomalaridir. 
Korxonalarning o‘lchami va faollik darajasiga ko‘ra taqsimotini turli sanoat 
ma’lumotnomalaridan osonlik bilan topish mumkin. 
Sanoat tovarlarining ikkinchi toifasiga sanoat mijozi tayyorlaydigan 
mahsulotni ishlab chiqarishda foydalaniladigan yoki uning tarkibiga kiritiladigan 
oraliq mahsulotlar kiradi. Bu holda talab mijozning ishlab chiqarish hajmiga bevosita 
bog‘liq bo‘lib, quyidagi tarkibiy qismlarga ega bo‘ladi: 
-potensial iste’molchi korxonalar soni (o‘lchamiga qarab); 
-real iste’molchi korxonalarning ulushi (o‘lchamiga qarab); 
-bir foydalanuvchiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish hajmi; 
-pirovard mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan birlik foydalanish darajasi 
(texnik koeffitsient). 
Bu toifaga ko‘psonli avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqaruvchi ko‘psonli 


90 
korxonalar kiritiladi. Avtomobillarga bo‘lgan iste’mol talabining o‘zgarishi 
ertami-kechmi detallarni ishlab chiqaruvchilarga qaratilgan talabning o‘zgarishiga 
aylanadi. Demak, pirovard talab evolyusiyasini sinchiklab kuzatish o‘z mahsulotiga 
bo‘lgan talabni avvaldan ko‘ra bilishni istagan korxonalar uchun muhimdir. 
Sanoat asbob-uskunalarga bo‘lgan talab.
Sanoat tovarlarining so‘nggi toifasi 
- asbob-uskunalar, shu jumladan dastgohlar, prokat stanlar, korxonalar va ishlab 
chiqarish faoliyati uchun zarur bo‘lgan boshqa vositalardir. Gap uzoq muddat 
foydalaniladigan tovarlar to‘g‘risida borayotganligi tufayli, shunga o‘xshash iste’mol 
tovarlaridagi kabi, birinchi marta sotib olinayotgan asbob-uskunalar bilan 
almashtirilayotgan asbob-uskunalarni bir-biridan farqlash kerak. Asbob-uskunalarga 
bo‘lgan birlamchi talab quyidagi omillarga bog‘liq: 
-asbob-uskunalar bilan jihozlangan korxonalar soni (o‘lchamiga qarab); 
-ishlab chiqarish quvvatlarining o‘sishi; 
-yangi foydalanuvchilar soni (iste’mol darajasiga qarab); 
-shu korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari. 
Almashtirishga bo‘lgan talabni baholashda hisobga olinishi kerak bo‘lgan 
omillar: mavjud asbob-uskunalar miqdori; 
-asbob-uskunalar parkining yoshiga ko‘ra tarkibi va uning texnologik darajasi; 
mahsulotning xizmat muddatini taqsimlash (texnik va iqtisodiy eskirish); almashtirish 
sur’ati; mahsulotning o‘rnini bosish effekti (yangi texnologiyalar); ishlab chiqarish 
quvvatlarining kamayish samarasi. 
Sanoat asbob-uskunalariga bo‘lgan talab bevosita mijoz-korxonalarning ishlab 
chiqarish quvvatlariga bog‘liq bo‘ladi, va aynan mana shu bog‘liqlik sanoat 
asbob-uskunalariga bo‘lgan talabning o‘zgarishini izohlaydi. 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin