• Основные стратегические варианты



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/169
tarix20.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#166096
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   169
Strategik marketing (1)

qulay tarzda
taqdim qilish 
(Convenience); 
-siljitish yoki taklif qilinayotgan tovarning ustunligi haqida 
xabar berayotgan 
kommunikasiya 
va reklamalar (Communication). 
Nazorat qilinmaydigan omillarga
kelsak, ular firma bozorda duch keladigan 
cheklashlarni ifodalaydi. Ular keng ko‘lamli beshta toifaga ajratish mumkin: 
-xaridorlar tomonidan cheklashlar: firma ularning ehtiyojlarini tushunishi va 
avvaldan ko‘ra bilishi hamda ularga moslashtirilgan va ularni jalb qila oladigan 
dastur yordamida faoliyat ko‘rsatishi lozim. 
-raqobatchilar tomonidan cheklashlar: firma bozorda yakka o‘zi emas, shuning 
uchun u o‘zi himoya qila oladigan raqobatli ustunlikni aniqlashi kerak; 
-sotish tarmoqlari tomonidan cheklashlar: sotuv tarmoqlari - mustaqil 
vositachilar (ulgurji firmalar, distribyutorlar, chakana savdo korxonalari) bo‘lib, ular 
o‘z maqsadlariga ega bo‘lsalar-da, firmaning muhim sheriklaridir; 
-kompaniyaning o‘zi sabab bo‘lgan cheklashlar: firma o‘z resurslariga, kuchli 
va zaif tomonlariga mos keladigan ish rejasini qabul qilishi kerak; 
-vaziyatga bog‘liq cheklashlar: talab darajasiga ta’sir ko‘rsatadigan tashqi 
muhit, iqtisodiy, ekologik, iqlim va boshqa shu kabi omillar majmuasi. 
Marketologning vazifasi - ushbu nazorat qilinmaydigan omillarni belgilash va 
tushunish, ularning talabga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ta’sirini aniqlash va ularning 
kelgusidagi rivojlanishini imkon qadar aniqroq oldindan ayta bilishi lozim. 
Nazorat qilinmaydigan omillar
- tashkilot va marketing xizmatlari tomonidan 
boshqarila olmaydigan faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi tarkibiy qismlardir. Nazorat 
qilinmaydigan omillarning salbiy ta’siri natijasida qanchalik jozibali bo‘lmasin, har 
qanday reja barbod bo‘lishi mumkin. SHuning uchun tashqi muhitni muntazam 
kuzatish, uning ta’sirini hisobga olish lozim bo‘ladi, kutilmagan vaziyatlar sodir 
bo‘lganda qilinadigan ishlar rejada ko‘zda tutilishi kerak. Quyidagi nazorat 


82 
qilinmaydigan omillarni hamisha hisobga olish va oldindan ko‘ra bilish talab qilinadi: 
iste’molchilar, raqobat, hukumat, iqtisodiyot, texnologiya, mustaqil ommaviy axborot 
vositalari. 
Demak, yuqoridagilardan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, firma yoki korxonaning 
butun faoliyati to‘la-to‘kis bozor munosabatlarni mujassamlashtiradi. Firma va bozor 
tushunchalari, bozor iqtisodiyoti sharoitida bir-biridan ajratib bo‘lmaydigan iqtisodiy 
kategoriyalar hisoblanadi. CHunki firmalar faoliyatisiz bozor bo‘lishi mumkin emas. 
Firma, marketing va bozor munosabatlari bir-biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatib, 
dialektik bog‘liqlikda harakatlanib boradi. Firma yangi texnologik jarayonlarni 
egallashiga, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga faqat bozordagi o‘zgarishlar - bozor 
munosabatlari sabab bo‘ladi. 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin