• Основные стратегические варианты


Tovar markasining hayotiylik davri



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/169
tarix20.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#166096
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   169
Strategik marketing (1)

Tovar markasining hayotiylik davri.
Markalar miqyosidagi asosiy 
harakatlantiruvchi kuch saylanma talabdir. Ko‘rinib turibdiki, u asosiy bozorning 
rivojlanishi bilan belgilanadi, ammo unga raqobat omili qo‘shiladi: bu omil bir marka 
va unga raqobatchi markalar o‘rtasidagi jami marketing harakatlarining nisbatidan 
iboratdir. O‘sib borayotgan bozorda tushkunlik va aksincha o‘sish bosqichidagi 
markalarni kuzatish mumkin.
 
«Prokter end Gembl» firmasining bosh direktori hayotiylik davri modeliga 
ishonmaydi va 1949 yilda chiqarilgan bo‘lishiga qaramay, 1976 yilda ham hali o‘sish 
bosqichida bo‘lgan «Tayd» markasini misol qilib keltiradi. Aslida bu marka o‘zining 
29 yillik umri davomida bozordagi o‘zgarishlarga: iste’mol ko‘nikmalariga, kir 
yuvish mashinalarining tavsifnomalariga, yangi mato-gazlamalar va boshqalarga 
yaxshiroq moslashtirish maqsadida 55 marta o‘zgartirildi. 
Ko‘rinib turibdiki, markaning hayotiylik davri asosan firmaning nazorati 
ostidagi omillar tomonidan - qabul qilingan marketing strategiyasi va uni qo‘llab-
quvvatlash bo‘yicha harakatlar ko‘lami bilan belgilanadi. Kelgusida biz muayyan 
markaning emas, balki faqat tovar bozorining hayotiylik davrini ko‘rib chiqamiz. 
Hayotiylik davrining strategik oqibatlari.
Birlamchi talab evolyusiyasining 
xarakteri vaqt bo‘yicha differensiyalanganligi muhim oqibatlarga olib keladi, 
marketing strategiyalari ularni hayotiylik davrining har bir bosqichida hisobga olish 
lozim. Ushbu to‘rtta asosiy xulosani chiqarish mumkin: 
- iqtisodiy va raqobatli muhim tovar hayotiylik davrining har bir bosqichida 
o‘zgarib boradi; 
- har bir bosqich uchun ustuvor strategik maqsadni qaytadan belgilab olish 
lozim; 
- tovarning hayotiylik davridagi har bir bosqich uchun xarajatlar va daromadlar 
tarkibi turlichadir;


93 
- marketing dasturi tovarning hayotiylik davridagi har bir bosqichiga 
moslashtirilgan bo‘lishi lozim. 
Tovarlar hayotiylik davrining texnologik o‘zgarishlar bosimi ostida qisqarishi 
o‘z kapital qo‘yilmalarini oqlash uchun tobora kam vaqt qolayotgan firmalar uchun 
asosiy muammodir. 
Global 
Kirish 
O`sish 
Turbulеntlik 
Еtuklik 
Tushish
IITTI 
Vati 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin