103
5-BOB. FIRMANING RAQOBATBARDOSHLIGI TAHLILI
5.1. Raqobatli ustunlik tushunchasi
Raqobatli ustunlik - tovar yoki markaning firmaga o‘zining
bevosita
raqobatchilariga nisbatan ma’lum bir ustunlik beradigan ta’rif va xususiyatlaridir. Bu
tavsiflar g‘oyatda xilma-xil bo‘lishi va tovarning o‘ziga, asosiy va qo‘shimcha
xizmatlarga, ishlab chiqarish, savdo shakllariga ham taalluqli bo‘lishi hamda firma
yoki tovarga xos bo‘lishi mumkin. Demak, bunday ustunlik nisbiy bo‘ladi
va tovar
bozorida yoki bozor segmentida eng yaxshi mavqega ega bo‘lgan raqobatchiga
nisbatan belgilanadi. Bu eng xavfli raqobatchi imtiyozli raqobatchi deb ataladi.
Raqobatchining nisbiy ustunligi turli omillar bilan belgilanadi.Umuman
olganda, bu omillarni ular vujudga keltiradigan ichki va tashqi ustunliklaridan kelib
chiqqan holda ikki toifaga ajratish mumkin.
Agar raqobatli ustunlik tovarning ajralib turuvchi sifatlariga asoslangan bo‘lsa,
u “tashqi”
ustunlik deb ataladi, bu sifatlar xarajatlarning qisqartirilishi yoki
samaradorlikning oshirilishi hisobiga xaridor uchun muhim bo‘ladi.
Binobarin, tashqi raqobatli ustunlik firmaning “bozor salohiyatini” oshiradi,
ya’ni u bozorni imtiyozli raqobatchiga nisbatan yuqoriroq
sotish narxlarini qabul
qilishga majbur qila oladi, chunki imtiyozli raqobatchi bunday ajralib turuvchi
sifatlarni taklif eta olmaydi.
Tashqi raqobatli ustunlikdan kelib chiqadigan
strategiya differensiasiya
strategiyasi bo‘lib,
Dostları ilə paylaş: