101
Aslini olganda birinchi mezon
miqdoriy usullarni intuitsiya, ijod va tasavvur
ustunlik qiladigan sifat usullariga qarshi qo‘yadi.
Sodda usullar.
Bashorat o‘rganilayotgan o‘zgaruvchining (masalan, birlamchi
talab darajasining) avvalgi evolyusiyasini kuzatish asosida, asosiy harakatlantiruvchi
omillarni ochiq-oydin hisobga olmagan holda shakllantiriladi.
Sabab-oqibat usullar.
Talabni belgilovchi omillar aniqlangan bo‘lib, ularning
kelgusi ehtimoliy kattaliklari
oldindan aytib berilgan; ulardan talabning ehtimoliy
qiymati keltirib chiqariladi. Ushbu ikkinchi mezon
ekstrapolyasiya usullarini,
ularning sifat yoki miqdoriy xarakterdaligidan qat’iy nazar, o‘zaro munosabatlarni
izohlovchi usullarga qarshi qo‘yadi.
Ekspert baholashda bashorat bu holda ob’ektiv ma’lumotga emas,
balki
ekspertlar mulohazasiga menejer yoki iste’molchi fikriga asoslanadi. Bu
yondashuvning asosini bitta yoki bir necha ko‘rinish doirasida ularni amalga oshirish
ehtimoli va birlamchi talab omillariga kiruvchi sabablarni muhokama yig‘indisi
yotadi. Bunda ekspertning shaxsiyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Muhokamaga asoslangan 3 ta uslubi keng qo‘llanadi:
1) qaror qabul qiluvchi shaxsning muhokamasi;
2) savdo xodimini baholash;
3) xaridorlarning niyat-mayllari.
Birinchi menejer tajribasidan kelib chiqib bashorat qiladi. Bu uslubning qadri
bashoratni tuzayotgan shaxsning tajribasi va his-tuyg‘ulariga bog‘liq.
Asosiy
kamchiligi kommunikasiya qiyinchiligi va bashoratni yolg‘on yoki haqiqiy ekanligini
tekshirish imkoniyati yo‘qligi hisoblanadi.
Savdo personalini baholashda mijozlarni ta’minlayotgan savdo xodimlari
odatda sotish imkoniyati haqida aniq ma’lumotga ega bo‘ladi.
Xizmat qilayotgan
hududi bo‘yicha bozor salohiyatini baholash imkoniyatiga ega.
Agar
Dostları ilə paylaş: