• Основные стратегические варианты


-rasm. Raqobatli ustunlik tushunchasi



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/169
tarix20.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#166096
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   169
Strategik marketing (1)

5.1-rasm. Raqobatli ustunlik tushunchasi 
Quyidagi ikki savoldan foydalangan holda raqobatli ustunlikni aniqlash 
mumkin bo‘lgan ikki jihati ko‘rsatilgan 
Bozor kuchi:
bozor tomonidan qabul qilinadigan maksimal sotish narxi 
imtiyozli raqobatchining narxiga qanday nisbatda? 
Unumdorlik:
mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan xarajatlar imtiyozli 
raqobatchidan ko‘p yoki kammi? 
5.1-rasmdagi gorizontal o‘q bozor qabul qiladigan maksimal narxga, vertikal 
o‘q esa ishlab chiqarish xarajatlariga mos keladi. 
Bu ikki kattalik imtiyozli raqobatchidagi shu kattaliklarga nisbatan foiz 


105 
hisobida keltirilgan. 
-chapdagi yuqori va o‘ngdagi quyi kvadratlar mos ravishda eng yomon va eng 
yaxshi vaziyatlarga to‘g‘ri keladi; 
-chapdagi quyi kvadrat xarajatlar bo‘yicha peshqadamlikni anglatadi; 
-o‘ngdagi yuqori kvadrat differensiasiya strategiyasiga mos keladi; 
-bissektrisa qulay va noqulay hududlarni ajratib turadi. 
Raqobatbardoshlikni tahlil qilishning vazifasi strategik xulosalar chiqarish va 
ustuvor maqsadlarni belgilash uchun firmaga shu o‘qlarda joylashishga imkon 
berishdan iboratdir. «Bozor kuchi» o‘qidagi o‘rinni tanlash uchun avvalgi boblarda 
ko‘rib chiqilgan markaning imijini tadqiq qilishda olingan ma’lumotlardan 
foydalanish kerak. Bu tadqiqotlar bozor qabul qiladigan qiymatni o‘lchash va narx 
bo‘yicha egiluvchanlikni baholashga imkon beradi. «Unumdorlik»ni tahlil qilishda 
tajriba egri chizig‘idan kelib chiqish yoki «bozorni razvedka qilish» xizmati 
ma’lumotlarini hisobga olish lozim, bu xizmat raqobatchilar ustidan kuzatuv 
o‘rnatish vazifasini bajaradi. 
 
5.2. Raqobatning kengaytirilgan konsepsiyasi 
Maykl Porter tomonidan 1982 yili kiritilgan kengaytirilgan raqobat 
konsepsiyasining mazmuni shuki, firmaning asosiy bozordagi raqobatli ustunlikdan 
foydalana olish qobiliyati faqatgina o‘zi duch kelayotgan bevosita raqobatga emas, 
balki shu bozordagi potensial raqobatchilar, o‘rinbosar tovarlar, mijozlar va etkazib 
beruvchilar kabi kuchlarning ta’siriga ham bog‘liqdir. Potensial raqobatchilar va 
o‘rinbosar tovarlar firma uchun bevosita xavf uyg‘otsa, mijozlar va etkazib 
beruvchilar o‘zlarining talablari bilan bilvosita tahdid solib turadi (5.2-rasmga 
qarang). Mana shu kuchlarning o‘zaro ta’siri oxir-oqibatda tovar bozorining 
rentabelligini belgilaydi. Tabiiyki, raqobat muhitini tashkil qiluvchi asosiy kuchlar 
turli bozorlarda turlicha bo‘lishi mumkin.

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin