• Основные стратегические варианты



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/169
tarix20.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#166096
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   169
Strategik marketing (1)

Raqobat dinamikasi.
Raqobatchi kuchlarni tahlil qilishni yakunlar ekanmiz, 
shuni ham qayd qilib o‘tish mumkinki, bozor kuchi va potensial daromad bozordagi 
vaziyatga qarab juda keng diapazonda o‘zgarib turishi mumkin.
Daromad potensiali juda kichik bo‘lganda va aksincha, juda yuqori bo‘lgan 
holatlarni ko‘rib chiqamiz. Birinchi holatda quyidagi vaziyat vujudga keladi: 
-tovar bozoriga kirish erkin bo‘ladi; 
-mijozlar va etkazib beruvchilarga nisbatan bozordagi firmalar hech qanday 
savdolashish imkoniyatiga ega bo‘lmaydilar; 
-raqobatchi firmalar juda ko‘p bo‘lganligi tufayli raqobat cheklanmagan 
bo‘ladi; 
-barcha tovarlar bir-biriga o‘xshash bo‘lib, o‘rinbosar tovarlar ham juda ko‘p 


115 
bo‘ladi. 
Bu iqtisodchilar uchun juda qadrli bo‘lgan mukammal raqobatning shaklidir. 
Daromad potensiali juda yuqori bo‘lgan ikkinchi holat uchun esa, vaziyat mutlaqo 
teskari bo‘ladi: 
-yangi raqobatchilarning kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaydigan qudratli to‘siqlar 
mavjud bo‘ladi; 
-raqobatchilar bo‘lmaydi yoki ular juda kam va kuchsiz bo‘ladi; 
-xaridorlar o‘rinbosar tovarlarga murojaat qila olmaydilar; 
-xaridorlar bosim ko‘rsata olmaydilar va narxning pasaytirilishiga erisha 
olmaydilar; 
-etkazib beruvchilar yuqori xarajatlarning tan olinishiga erishish uchun bosim 
ko‘rsata olmaydilar. 
Firma uchun mukammal bo‘lgan ushbu vaziyatda firma bozorda o‘ta yuqori 
mavqega ega bo‘ladi. Hayotiy voqelikda uchraydigan haqiqiy bozor vaziyatlari esa 
ushbu ikki holatning oralig‘ida joylashadi va raqobatchi kuchlarning o‘zaro ta’siri 
goh u, goh bu vaziyatga tomon yaqinlashib turadi. 
 
5.4.
 
Xarajatlar bo‘yicha ustunlik 
Raqobatli ustunlikka erishishning yo‘llaridan biri - tovarni muvaffaqiyatli 
differensiasiyalash bo‘lsa, ikkinchi yo‘l - unumdorlikni yaxshilash va xarajatlarni 
to‘g‘ri boshqarish vositasida xarajatlar bo‘yicha ustunlikka erishishdir. Xarajatlarni 
kamaytirishning bir necha yo‘llari bor bo‘lib, ulardan biri shuki, qo‘l mehnatidan 
ko‘p foydalaniladigan sohalarda, ya’ni qo‘shilgan qiymat jami xarajatlarning katta 
qismini tashkil qilgan tarmoqlarda tovarni ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba oshgan 
sari, xarajatlarni kamaytirish imkoniyati vujudga keladi. Bunda xarajatlarning 
kamayishiga ishchilarning o‘z ish usullarini tinimsiz takomillashtirib borishi, 
firmaning yangi ishlab chiqarish jarayonlarini o‘zlashtirishi, tovar konsepsiyasini 
takomillashtirishi sabab bo‘ladi. 
Bunday «o‘rganish jarayoni»ning mavjudligini birinchi bor Rayt va Boston 
konsalting guruhi tomonidan aniqlangan edi. 60-yillarning oxirida BKG turli xil 


116 
tovarlarning juda katta guruhiga nisbatan tajriba samarali ekanini tasdiqladi va tajriba 
qonuni deb atalgan qonunni kiritdi. Bir qator firmalar tomonidan tanlab olingan 
strategiyalarga katta ta’sir ko‘rsatgan ushbu qonun iqtisodchilar umumlashgan holda 
o‘rganadigan masalalarni - mehnat unumdorligini oshirish muammosini 
shakllantiradi. 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin