110
va yangi raqobatchilarning kelishini
kuzatib borish muhimdir, chunki bu baholar
dinamikasin oldindan ko‘ra bilish imkonini beradi. Uzoq muddatli o‘sishda firmaning
manfaati o‘z tovarlarining o‘rnini o‘sish darajasini kamaytirish
maqsadida ularni
differensiasiyalash yoki xaridorlar uchun o‘tish xarajatlarini yaratish orqali sof
raqobatning namoyonligidan xalos bo‘lishdan iborat. Marka imidjini mustahkamlash
siyosati bilan birga amalga oshiriladigan sifatni jiddiy nazorat
qilish orqali shunday
natijaga erishish mumkin. Bu strategiyaga bir qator oziq-ovqat mahsulotlarini eksport
qiluvchi mamlakatlar amal qiladi, shu bilan o‘z mahsulotlariga bo‘lgan
talab va
narxni saqlab qolishga harakat qiladi: masalan, kolumbiya kofesi,
ispaniya
apelsinlari, Janubiy Afrika mevalari bu o‘rinda differensiatsiyaga intilish to‘g‘risida
gap ketmoqda.
Oligopoliya -
raqobatchilar soni kam yoki bozorda bir necha firmalar o‘zaro
kuchli bog‘liqlikni yaratib hukmronlik qilish holatidir. Bunday bozorda har bir firma
amal qilayotgan kuchlar bilan yaxshi tanish va istalgan raqobatchining qiyofasini
qolgan firmalar his etadi. Strategik qiyofaning natijasi unga raqobatchilar ta’sir
ko‘rsatishiga bog‘liq. Raqobatchilar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik
ularning tovarlari
qanchalik kam differensiyalangan bo‘lsa, shunchalik kuchlidir. Oligopoliya vaziyati
ko‘proq tovarlar bozorida
etilish darajasida uchraydi, bunda birlamchi talab
kengaytirilib bo‘lmaydigan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: