• Основные стратегические варианты



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/169
tarix20.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#166096
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   169
Strategik marketing (1)

tajriba samarasi
 
va 
xarajatlar bo‘yicha ustunlik ayniqsa qo‘l mehnati ulushi katta bo‘lgan sohada muhim 
ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. 
O‘rinbosar tovarlar xavfi.
O‘rinbosar tovarlar - muayyan iste’molchilar 
guruhi uchun ma’lum funksiyani bajaruvchi, biroq boshqa texnologiya asosida ishlab 
chiqarilgan tovarlardir. O‘rinbosar tovarlarning bozorga kirib kelishiga, fan-texnika 
taraqqiyoti yoki narx siyosatining o‘zgarishi sabab bo‘lishi mumkin - 
mikrokompyuterlar narxining pasayib borishi an’anaviy pochtaning elektron aloqa 
tomonidan siqib chiqarilishiga sabab bo‘ldi. O‘rinbosar tovarlarning narxi tovar 
bozoridagi firmalar belgilashi mumkin bo‘lgan eng yuqori chegara vazifasini o‘taydi. 
O‘rinbosar tovarning narxi xaridor uchun qanchalik foydali bo‘lsa, tovar bozorida 
narxni ko‘tarish imkoniyati shunchalik cheklangan bo‘ladi . 
Bu qonuniyat ayniqsa energiya bozorida yaqqol namoyon bo‘ldi va energiya 
manbalarining yangi turlarini ishlab chiqishga katta ta’sir ko‘rsatdi. Neft bozorlarida 
narx-navoning ko‘tarilib borishi atom va quyosh energetikasining rivojlanishiga 
turtki bo‘ldi. 
Mijozlar
o‘z ta’minotchilari bilan ma’lum miqdorda savdolashish qobiliyatiga 
egadir. Ular firmani narxni pasaytirishga majbur qilib, keng xizmatlar kompleksini va 
yanada yaxshi to‘lov shartlarni talab qilib, firma u yoki bu harakatining potensial 
rentabelligiga ta’sir etishlari mumkin. YAxshi sharoitlarga erishish qobiliyati darajasi 
qator omillarga bog‘liq: 

markazlashgan mijozlar guruhi yoki uni xaridining hajmi ta’minotchi 
savdosining anchagina qismini tashkil etdai: bu yirik sotish tarmoqlari va savdo 
markazlari holatidir; 

mijoz tomonidan xarid qilinadigan tovarlar uning o‘z xarajatlarining muhim 
qismini tashkil etadi, bu esa uni yanada ko‘proq savdolashishga undaydi; 

sotish tarmoqlariga kirish: yangi tovarlarni kiritishda ehtiyotkor bo‘lish 
kerak, ko‘pincha yangi firmalar yangi sotish kanalini tashkil etishga majbur bo‘ladi; 

tajriba samarasi va xarajatlar bo‘yicha ustunliklar; 


108 

tovarlar kuchsiz differensiyalangan va mijozlar boshqa ta’minotchilarni 
topishga ishonadilar; 

ta’minotchilar almashinuvi bilan bog‘liq o‘tish xarajatlari mijoz uchun 
muhim emas; 

mijoz talab, bozordagi haqiqiy narx va ta’minotchining xarajatlari to‘g‘risida 
etarli ma’lumotlarga ega. 
Bundan kelib chiqadiki, xaridorlarni tanlash muhim strategik qarordir. Firma 
mijozni tanlash siyosatiga amal qilgan holda o‘z raqobat sharoitini anchagina 
yaxshilab olishi mumkin. 
Ta’minotchi
larning mijozlardan manfaatli shartlarga erishish qobiliyati 
shundan iboratki, ular o‘z ta’minoti uchun narxni oshirishi, ma’lum mijozga etkazib 
beradigan tovarlar sifatini pasaytirish yoki hajmini chegaralash imkoniyatiga ega. 
SHu yo‘l bilan kuchli ta’minotchilar mijozlar harakati rentabelligiga ta’sir etishlari 
mumkin. 
Ta’minotchilarga tijorat tomonidan yordam beruvchi sharoitlar quyidagilardir: 

ta’minotchilar guruhi mijozlar guruhiga qaraganda ko‘proq markazlashgan; 

ta’minotchilar o‘rinbosar tovarlar tomonidan xavfni his etmaydilar; 

firma ta’minotchi uchun muhim mijoz sanalmaydi; 

tovar mijoz uchun muhim ishlab chiqarish vositasi bo‘lib hisoblanadi. 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin