98
sektorlarining ko‘pchiligi odatda eng uzun bo‘lgan ushbu bosqichda bo‘ladi.
Birlamchi talabning barqarorlashishiga quyidagilar sabab bo‘ladi.
-bozorni
qamrab olish va unga kirib borish darajasi
juda yuqori bo‘lib,
uning yanada o‘sish ehtimoli juda kichik bo‘ladi;
-bozorning
savdo tarmoqlari bilan qoplanishi jadal
bo‘lib, bundan ham
kattalasha olmaydi;
-
texnologiya barqarorlashdi;
endi tovar sezilarli darajada yangilanmaydi.
Ushbu bosqichda bozor kuchli darajada segmentlangan bo‘ladi, firmalar ko‘p
sonli ehtiyojlarning barchasini qondirishga urinadilar. Aynan shu bosqichda takroriy
texnologik takomillashish ehtimoli eng yuqori bo‘ladi, chunki raqobatchilar tovarning
hayot davrini uzaytirishga intiladilar.
Etuklik
bosqichida
iqtisodiy va raqobat
muhitining
asosiy tavsifnomasi
quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- talab kengaymay qo‘yadi va global iqtisodiy o‘sish sur’atlarida ortib boradi;
-uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarga bo‘lgan talabda almashtirishga
bo‘lgan talab ustunlik qiladi;
- bozorlar o‘ta segmentlangan bo‘ladi;
- tovar bozorlarida bir necha kuchli raqobatchilar ustunlik qiladi va bozorning
tuzilmasi oligopoliyaga mos keladi;
- texnologiyalar standartlashtiriladi.
Bundan kelib chiqqan holda firmaning ustuvor strategik maqsadi o‘z
bozor
ulushini saqlab qolish va iloji bo‘lsa, kengaytirish hamda bevosita raqobatchilar
oldida barqaror raqobatli ustunlikka erishishdan iborat bo‘ladi.
Ushbu maqsadlarga
erishish uchun qo‘llaniladigan vositalarga quyidagilarni kiritish mumkin:
- tovarlarni sifat bo‘yicha differensiasiyalash, bozorga
yangi xususiyatlarni
taklif qilish;
- bozor bo‘shliqlarini yoki segmentlarini qidirish;
- tovardan boshqa turli marketing o‘zgaruvchilaridan: imidj, talabni
rag‘batlantirish va narxdan foydalangan holda raqobatli ustunlikka erishishdir.
Talabning o‘sishidagi sekinlashish raqobat muhitiga muqarrar ravishda ta’sir
99
ko‘rsatadi. Raqobatning kuchayishiga ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlarining paydo
bo‘lishi sabab bo‘ladi. Narx bo‘yicha raqobat tobora ko‘proq
uchraydi; u narx
bo‘yicha noelastik bo‘lib borayotgan global talabga sust ta’sir ko‘rsatadi yoki
mutlaqo ta’sir etmaydi. SHuning uchun narx kurashi faqatgina
bozor ulushlarining
safi tobora kamayib borayotgan raqobatchilar o‘rtasida qayta taqsimlanishiga olib
keladi. Tarmoq narx kurashlariga qanchalik kam uchraganligiga qarab, ushbu bosqich
rentabellik eng yuqori bo‘lgan davr bo‘lib, bozor ulushi qanchalik katta bo‘lsa,
rentabellik shunchalik yuqori bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: