96
-
endilikda maqsadli guruh yangilikni erta qabul
qiladigan kishilar segmenti
bo‘ladi;
-
yangi raqobatchilar bozorga ko‘p miqdorda chiqadilar;
-
texnologiya bozorda keng tarqaladi.
Ushbu vaziyatdan unumli foydalanish uchun marketingning ustuvor maqsadlari
ham quyidagicha o‘zgarishi kerak bo‘ladi:
-bozorni talab kengayib borayotgan sharoitlarda kengaytirish va rivojlantirish;
-bozorni qamrab olish darajasini imkon qadar kengaytirish;
-markaning kuchli obrazini yaratish;
-markaga qiziquvchanlikni yaratish va qo‘llab-quvvatlash.
Ushbu yangi maqsadlarga erishish uchun marketing dasturi yangilanishi, ya’ni
quyidagilarga qaratilishi lozim:
-tovarni avvalo unga, yangi xususiyatlar qo‘shish orqali yaxshilash;
-intensiv savdoga o‘tish va sotish tarmoqlarining sonini ko‘paytirish;
-xaridorlarning yangi guruhlarini jalb qilish uchun narxni pasaytirish;
-kommunikasiya vositasida markaning yangi obrazini yaratish.
Birlamchi talabni ishlab chiqishdan maqsad odatda katta moliyaviy xarajatlarni
talab qiladi,
vaholanki, agar pul oqimi musbat bo‘lib,
rentabellik yaxshilanib
borayotgan bo‘lsa-da, moliyaviy muvozanat chegarasiga etilmasligi ham mumkin.
Bunday bozorda faoliyat ko‘rsatayotgan firma o‘zining o‘sishini
moliyaviy
ta’minlash uchun anchagina katta moliyaviy bazaga ega bo‘lishi kerak.
Ushbu bosqichda talab kengayib borganligi tufayli, raqobatchilar ko‘p bo‘lgan
taqdirda ham raqobat muhiti o‘zgarishsiz qoladi.
Har bir firmaning marketing
harakatlari bozorning taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shmoqda, bozor bilan hamqadam
o‘sib borish maqsadi barchaga to‘g‘ri keladi.
Dostları ilə paylaş: