125
bozor ulushini oshirish yoki qayta investitsiyalash.
-«Yulduzlar»
(tezkor o‘sish/yuqori ulush): tezkor o‘sib borayotgan bozordagi
peshqadam tovarlar. Bu tovarlar ham o‘sishni qo‘llab-quvvatlash uchun katta
mablag‘larni talab qiladi, ammo bunday tovarlar raqobatbardosh bo‘lganligi tufayli
katta daromad keltiradi; bozor etilib borgan sari avvalgi «sog‘in sigirlar»ning o‘rnini
egallaydi.
Punktir chiziqlar - ushbu ob’ektlarning xarajatlarini anglatadi.
To‘g‘ri chiziqlar - “sog‘in sigirlar” dan tushgan mablag‘larni taqsimlash
yo‘nalishini belgilaydi.
Kelgusida BKG matritsasini qo‘llash ko‘lami bir muncha kengayadi. U bir
tarmoqda raqobatda bo‘lgan firmalar mavqeini tahlil qilishda qo‘llana boshladi.
Bundan tashqari, “yovvoyi mushuklar” guruhiga kiruvchi raqobatchilarni “so‘roq”
yoki bo‘lmasa “murakkab go‘dak” tarzida ham ifodalash ko‘pgina chet el adabiyotida
uchraydi. Ba’zi adabiyotlarda esa gorizontal o‘qlarning joylashuvi chapdan o‘ngga
qarab o‘sib borish tartibida tasvirlanadi. SHu tufayli ushbu BKG matritsasining bir
muncha takomillashgan tasvirda uchrashiga ijobiy yondashish kerak.
Demak, keltirilgan BKG matritsasi yordamida 2 vazifani hal etish mumkin:
1) bozordagi mavqe xususida qaror qabul qilish;
2) SXZ(strategik xo‘jalik zonalari) ni kegusida moliyaviy ta’minlash xususida
axborot olish.
SHu bilan birga, BKG matritsasidan foydalanishda ayrim kamchiliklar ham
mavjud.
Jumladan, nobarqarorlikni nazarda tutish mumkinligi, har bir
Dostları ilə paylaş: