Absolyut (mutlaq) xatolik. Bu xatolik kattalik qanday birliklarda ifodalanayotgan bo‘lsa, shu birlikda tavsiflanadi. Masalan, 0,2 V; 1,5 m va h.k. Mutlaq xatolik quyidagicha aniqlanadi:
= Ax - Ach Ax - Ao; bunda, Ax - o‘lchash natijasi;
Ach - kattalikning chinakam qiymati;
Ao - kattalikning haqiqiy qiymati.
Absolyut xatolikni teskari ishora bilan olingani tuzatma (- popravka) deb ataladi.
-= δ; Odatda, o‘lchash asboblarining xatoligi keltirilgan xatolik bilan belgilanadi.
Absolyut xatolikni asbob ko‘rsatishining eng maksimal qiymatiga nisbatini protsentlarda olinganiga keltirilgan xatolik deb ataladi.
; Nisbiy xatolik- absolyut xatolikni haqiqiy qiymatga nisbatini bildiradi va foiz (%) da ifodalanadi:
= [(Ax - Ao)/Ao]∙100 = ( /Ao)∙100%. O‘lchash sharoiti tartiblariga ko‘ra xatoliklar quyidagilarga bo‘linadi:
1. Statik xatoliklar -vaqt mobaynida kattalikning o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmagan xatoliklar. O‘lchash vositalarining statik xatoligi shu vosita bilan o‘zgarmas kattalikni o‘lchashda hosil bo‘ladi. Agar o‘lchash vositasining pasportida statik sharoitlardagi o‘lchashning chegaraviy xatoliklari ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda bu ma’lumotlar dinamik sharoitlardagi aniqlikni tavsiflashga nisbatan tadbiq etila olmaydi.
Dinamik xatoliklar -o‘lchanayotgan kattalikning vaqt mobaynida o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan xatoliklar sanaladi. Dinamik xatoliklarning vujudga kelishi o‘lchash vositalarining o‘lchash zanjiridagi tarkibiy elementlarning inersiyasi tufayli deb izohlanadi. Bunda o‘lchash zanjiridagi o‘zgarishlar oniy tarzda emas, balki muayyan vaqt davomida amalga oshirilishi asosiy sabab bo‘ladi.
Kelib chiqishi sababi (sharoitiga) qarab:
asosiy;
qo‘shimcha xatoliklarga bo‘linadi.
Normal (graduirovka) sharoitda ishlatiladigan asboblarda hosil bo‘ladigan xatolik asosiy xatolik deyiladi. Normal sharoit deganda temperatura 20 S 5 S havo namligi 65 % 15 %, atmosfera bosimi (750 30) mm.sim.ust., ta’minlash kuchlanishi nominalidan 2 % o‘zgarishi mumkin va boshqalar.
Agar asbob shu sharoitdan farqli bo‘lgan tashqi sharoitda ishlatilsa, hosil bo‘ladigan xatolik qo‘shimcha xatolik deyiladi.
IV. Mohiyati, tavsiflari va bartaraf etish imkoniyatlariga ko‘ra:
Muntazam xatoliklar;