O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (1)
7.2. O‘lchash noaniqligini baholash
Umuman olganda noaniqliklarni baholash oddiy bo‘lib hisoblanadi. Qandaydir o‘lchash natijasiga xos bo‘lgan noaniqlikni baholash uchun quyidagi amallarni bajarish zarur.
1-bosqich. O‘lchanayotgan kattalikni tasvirlash. O‘lchash kattaligi va u bilan bog‘liq bo‘lgan parametrlar o‘rtasidagi nisbatni kiritgan holda aynan nima o‘lchanayotganligini aniq ifodalash zarur (masalan, o‘lchash kattaliklari, konstantalar, darajalash uchun etalonlar qiymatlari va boshqalar). Mumkin bo‘lgan joyda ma’lum sistematik effektlarga tuzatishlar kiritiladi. Bunday tasviriy axborot odatda muvofiq hujjatda metodikaga yoki metodning boshqa tasvirida keltiriladi.
2-bosqich. Noaniqlik manbalarini aniqlash. Noaniqlik manbalarining ro‘yxati tuziladi. U 1 bosqichda belgilangan xuddi o‘sha nisbatda parametrlar noaniqligiga hissa qo‘shadigan manbalarni o‘z ichiga oladi, lekin noaniqlikning boshqa manbalarini, masalan, ximiyaviy taxminlardan kelib chiqadigan manbalarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
3-bosqich. Noaniqlikni tashkil etuvchilarning miqdoriy tasvirlanishi. Har bir aniqlangan potensial manbaga xos bo‘lgan noaniqlik qiymati aniqlanadi va baholanadi. Ko‘pincha noaniqlikning bir qancha manbalar bilan bog‘liq bo‘lgan yagona hissasini baholash yoki aniqlash mumkin. Shuningdek mavjud ma’lumotlar noaniqlikning barcha manbalarini yetarli darajada hisobga olayotganligini ko‘rib chiqish muhim va noaniqlikning barcha manbalarining adekvat hisobga olinishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha eksperimentlar va tadqiqotlarni puxta rejalashtirish zarur.
4-bosqich. Yakuniy noaniqlikni hisoblash. 3-bosqichda olingan axborot umumiy noaniqlikka bo‘lgan yoki alohida manbalar bilan yoki bir qancha manbalarning yakuniy effektlari (samaralari) bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha mikdoriy tasvirlangan xossalardan iboratdir. Bu xossalarni standart og‘ishlar ko‘rinishida ifodalash va mavjud qoidalarga muvofiq yakuniy standart noaniqlikni olish uchun ularni jamlash zarur. Kengaytirilgan noaniqlikni olish uchun tegishli qamrov koeffitsientidan foydalanish zarur.