Ko‘pchilik SN lar uchun, ayniqsa laboratoriyalararo eksperiment metodi bilan attestatlanayotgan SN lar uchun metrologik tavsifnoma sifatida xatolik tushunchasidan ko‘ra noaniqlik tushunchasidan foydalanish mantiqiyroqdir. Shu sababli SN ishlab chiquvchilar, ayniqsa G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining SN ishlab chiquvchilari SN ga sertifikatda ko‘rsatilganidek ularning attestatlan-gan qiymatlarini belgilash noaniqligi tavsifnomalarini keltiradilar.
SN ning attestatlangan qiymatlarining noaniqligi quyidagi tarzda ifodalanishi mumkin:
Sertifikatda «kengaytirilgan» yoki «jamlangan» sifatlarsiz noaniqlik belgilangan. Masalan, «MVN Analytical Ltl» (Angliya) firmasi chiqargan O`z DSN 03.0305:2004 SN «Noaniqlik» tavsifnomasiga ega.
Sertifikatda qandaydir (R)ishonchli ehtimolligida va (K) qamrov koeffitsientida kengaytirilgan noaniqlik belgilangan. Masalan, «Raragon Scientific Ltd» (Angliya) firmasi chiqargan O`z DSN 03.0241:2004 SN «R=95% ishonchli ehtimolligida va K=2 qamrov koeffitsientida (U) kengaytirilgan noaniqliq tavsifnomasiga ega.
Sertifikatda qandaydir (R) ishonchli ehtimolligida qamrov koeffitsientini ko‘rsatmasdan kengaytirilgan noaniqlik belgilangan. Masalan, «Petrolet Analyzer Corporation Gmbn» (Germaniya) firmasining SN «(S(p)) o‘rtacha kvadrat og‘ishga ega bo‘lgan metodika bo‘yicha (R) ishonchli ehtimolligi laboratoriyalar (n) ishtirokida olingan o‘rtacha qiymatning kengaytirilgan noaniqligi».
Xatolik va noaniqlik tavsifnomalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqqoslanishi to‘g‘ri emas, shuning uchun qoidaga ko‘ra bu metrologik asboblarning statistik baholari taqqoslanadi.
Agar standart yoki yakuniy noaniqlik berilgan bo‘lsa, u holda ularning baholariga o‘rtacha kvadratik og‘ishlar mos bo‘ladi:
yoki
bu yerda u(A) va uc(A) - SN ning attestatlangan qiymatini belgilashning mos standart va yakuniy noaniqligi;
A - SN ning attestatlangan qiymati;
(A) - SN ning attestatlangan qiymatining o‘rtacha kvadratik og‘ishi.
Agar (R) ishonchli ehtimolligi va (k) qamrov koeffitsientida kengaytirilgan noaniqlik berilgan bo‘lsa yoki (Up) ishonchli ehtimolliligini ko‘rsatish bilan va (kP) ishonchli ehtimolligini ko‘rsatib qamrov koeffitsientini ko‘rsatish bilan kengaytirilgan noaniqlik berilgan bo‘lsa, u holda uning bahosiga o‘rtacha kvadratik og‘ish mos bo‘ladi:
yoki
bu yerda U(A) va Up(A) - SN ning attestatlangan qiymatini belgilashning muvofiq kengaytirilgan va belgilangan ishonchli ehtimolligi bilan kengaytirilgan noaniqlik.
Agar qandaydir (R) ishonchli ehtimolligida qamrov koeffitsientini ko‘rsatmasdan kengaytirilgan noaniqlik berilgan bo‘lsa va bunda yoki laboratoriyalar, standart namunalarning metrologik tavsifnomalarini baholash bo‘yicha laboratoriyalararo eksperiment qatnashchilari soni yoki erkinlik darajasining muvofiq soni bilan (t-kriteriy) St’yudent kriteriysi ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda uning bahosiga o‘rtacha kvadratik og‘ish mos keladi:
.
Noaniqlikni o‘rtacha kvadratik og‘ish ko‘rinishida ifodalangandan so‘ng SN tanlash xuddi o‘lchash vositalari (SN) xatoligi teng ehtimolliklar qonuni bo‘yicha taqsimlanganidek o‘lchash vositalari uchun amalga oshirilganidek aniqlik bo‘yicha amalga oshiriladi.