Takrorlash uchun savollar.
Standartlashtirish bo‘yicha davlat nazoratini tashkil etilishining sabablari nima?
Standartlashtirish bo‘yicha nazorat ob’ektlari deganda nimalarni tushunasiz?
Hujjatlarni ekspertiza qilish nima?
O‘zstandart funksiyalari haqida qanday ma’lumotlarga egasiz?
Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘yicha mutaxassislarni qaerda tayyorlanadi va malakasi oshiriladi?
16-Ma’ruza. Sertifikatlashtirish
Reja.
16.1. O‘zbekiston Respublikasining “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida” gi qonuni. Sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy atamalar va tushunchalar.
16.2. O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan va hududidan olib chiqilayotgan mahsulotlarini sertifikatlash-tirish.
16.3. Sertifikatlashtirish sxemalari.
Tayanch so‘zlar: sertifikat, sertifikatlashtirish, sertifikatlash-tirish tizimi, majburiy sertifikatlashtirish, ixtiyoriy sertifikatlashtirish, muvofiqlik, muvofiqlik bayonoti.
16.1. O‘zbekiston Respublikasining “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida” gi qonuni
Mazkur qonun 4 bob, 23 moddadan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida mahsulotlar, xizmatlar va boshqa ob’ektlarni sertifikatlashtirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini, shuningdek sertifikatlashtirish ishtirokchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilab beradi.
Qonunning 1-bobi 1-moddasida sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy tushunchalarga alohida ahamiyat berilgan, shuningdek qonunda O‘zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish organlari, ularning faoliyati, sertifikatlashtirish ob’ektlari va sub’ektlari, sertifikatlashtirishni o‘tkazish shartlari to‘g‘risida ham ma’lumotlar keltirilgan.
2-bob 7-moddasida ko‘rsatilishicha mahsulotni belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlangan taqdirda sertifikatlashtirish organi muvofiqlik sertifikati beradi. Tayyorlovchi ana shu sertifikat asosida muvofiqlik belgisini ishlatish huquqiga ega bo‘lishi ta’kidlangan va albatta muvofiqlik belgilari sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarining akkreditatsiya qilinganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari “O‘zstandart” agentligi tomonidan belgilangan tartibda Davlat reestridan o‘tkazilishi alohida ko‘rsatilgan.
Ma’lumki, sertifikatlashtirish ishlari davlat tomonidan moliyaviy ta’minlanadi.
Sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishini davlat tomonidan tekshirish va nazorat qilish “O‘zstandart” agentligining davlat inspektorlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda amalga oshiriladi.
“Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida” gi qonunda sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarining (markazlarning) javobgarligi haqida ham ma’lumotlar berilgan bo‘lib, 4-bobning 22-moddasiga binoan sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalari (markazlari) muvofiqlik sertifikatini asossiz va qonunga xilof ravishda berganligi uchun, sinov natijalari haqida norto‘g‘ri ma’lumot berganligi uchun qonun hujjatlariga belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Qonunda ko‘rsatilgan tadbir va tartiblar, albatta sertifikatlashtirish ishlarini yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |