― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   266
pul va banklar (2)

1.
 
Pul tizimining barqarorligi va elastikligi prinsipi. Pul tizimining 
barqarorligi deganda pulning barcha funksiyalarini to‘liq bajarilishini ta‘minlash 
tushuniladi. Pul tizimining elastikligi deganda pul tizimining iqtisodiyotning pul 
mablag‘lariga bo‘lgan talabini o‘zgarishiga o‘z vaqtida javob bera olishiga aytiladi.
2.
 
Muomalaga chiqarilgan pullarning ta‘minlanganlik prinsipi. XX asrning 
70-yillariga qadar muomalaga chiqarilgan naqd pullar oltin bilan ta‘minlanar edi. 
Muomaladagi har bir AQSh dollari 1$=0.88 gramm sof oltin asosiga ega edi. 1 
unsiya = 35$ bahoda almashtirib berdi. 1 unsiya = 31.1 gramm sof oltinga teng. 
Milliy valyutaning oltin bilan ta‘minlanishi baho masshtabi deb ataladi. 1976-1978
yillarda bo‘lib o‘tgan Yamayka jahon valyuta tizimida oltinni demonitizatsiya 
qilish tugatildi. Bu oltindan to‘lov vositasi sifatida foydalanishni ta‘qiqlash. 
Natijada baho masshtabi dunyo mamlakatlarida bekor bo‘ldi, eng oxirgi davlat 
Shvetsariya baho masshtabini 2011-yilda bekor qildi. Hozirgi davrda muomalga 
chiqarilayotgan pullar Markaziy bankning aktivlari bilan ta‘minlanadi.
3.
 
Pul aylanmasini rejalashtirish va prognoz qilish prinsipi. 
4.
 
Pul aylanmasini nazorat qilish prinsipi
Pul tizimlari XVI-XVII asrlarda ishlab chiqarish kapitalistik usulining yuzaga 
kelishi va qaror topishi munosabati bilan shakllangan, biroq shunday bo‘lsa ham, 
uning ayrim elementlari bundan ancha oldin paydo bo‘lgan. Tovar-pul 
munosabatlari va ishlab chiqarishning kapitalistik usuli rivojlanishi bilan pul 
tizimida sezilarli o‘zgarishlar yuz beradi.
Pul tizimi turlari pul qanday shaklda amal qilishiga bog‘liq, ya‘ni umumiy 
ekvivalent - tovar sifatida yoki qiymat belgisi sifatida bo‘lishiga qarab quyidagicha 
pul tizimlar mavjud bo‘lgan.
1. Metall pul muomalasi tizimlari.
2. Qog‘oz va kredit pullar muomalasi tizimlari.



Birinchi tizimda metall pul bevosita muomalada bo‘ladi va pulning barcha 
funksiyalarini bajaradi, kredit pullar esa metallga almashinishi mumkin;
Kredit va qog‘oz pullar muomalaga kiritilishi bilan qog‘oz pullar muomalasi 
tizimi yuzaga kelgan.
Mamlakatda umumiy ekvivalent sifatida qabul qilingan metallga va pul 
muomalasi bazasiga qarab pul tizimi bimetalizm va monometalizm pul tizimlariga 
bo‘linadi.

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin