Xitoy va Global iqtisodiyotning o‘zgarish dinamikasi 73 (2010-2014 yy.,%) Yuqoridagi rasmda jahon iqtisodiyoti hamda Xitoy iqtisodiyotining YaIM
o‘sish ko‘rsatkichlari namoyon bo‘lgan. 2008 yilda AQSHda boshlangan iqtisodiy
inqiroz qolgan davlatlarga ham yoyildi. Shunga ko‘ra ko‘pchilik rivojlangan va
rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyoti qiyin vaziyatga tushib qoldi. Bu murakkab
vaziyatdan ko‘pgina davlatlar hali hanuz chiqib keta olgani yo‘q. So‘zimiz tasdig‘i
sifatida yuqoridagi rasmdan ko‘rishimiz mumkinki, jahon iqtisodiyotining o‘rtacha
rivojlanish ko‘rsatkichi yildan-yilga tushish tendensiyasida. Jumladan, 2010 yilda
bu ko‘rsatkich 5 foiz atrofida bo‘lsa, 2014 yilga kelib esa 3 foiz atrofida bo‘lgan.
Jahon iqtisodiyotidagi inqiroz hatto Xitoy iqtisodiyotiga ta‘sir qilmay
qolmadi. Oxirgi yigirma yilda Xitoy iqtisodiyoti o‘sish ko‘rsatkichi ikki xonali
raqam bilan ifodalangan bo‘lsa, 2010 yildan boshlab hozirga qadar bu davlat
iqtisodiyoti orqaga ketmoqda. Jumladan, 2010 yilda Xitoy YaIM o‘sish
ko‘rsatkichi 10 foizdan ortiq bo‘lgan bo‘lsa, 2014 yilga kelib 7,4 foizga tushgan.
Xalqaro Valyuta fondi ekspertlarining fikricha agar iqtisodiy islohotlar o‘z vaqtida
amalga oshirilmasa, Xitoy iqtisodiyotining o‘sish ko‘rsatkichi 2015 yilda 7 foizga
tushishini taxmin qilmoqda.
Xitoy iqtisodiyotining pasayishiga sabab jahon iqtisodiyotining pasayishi
bilan izohlanadi. Chunki Xitoy aholisi dunyo aholisining taxminan beshdan bir
qismini tashkil etsada ichki iste‘mol darajasi ya‘ni yalpi ichki talab pastligicha
qolmoqda. Shuning uchun ham rivojlangan davlatlardagi ishlab chiqarish Xitoyga
ko‘chgan, ya‘ni Xitoyda ishchi kuchi arzon hisoblanadi. Buning salbiy tomoni
shundaki, Xitoy iqtisodiyoti eksportga mo‘ljallangan iqtisodiyotga aylanib qoladi.
Demak, jahon iqtisodiyotidagi o‘zgarish Xitoy iqtisodiyotidaham ta‘sir qiladi.
73
Annual report.
www.cbc.org