― pul va banklar


XXR ayirboshlash kursining harakatlanishi ko‘rsatkichi



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   266
pul va banklar (2)

XXR ayirboshlash kursining harakatlanishi ko‘rsatkichi
74
(trln). 
Yuqoridagi rasmdagi ma‘lumotlarda Xitoy milliy valyutasining ayirboshlash 
kursi dinamikasi o‘zgarishini ko‘rishimiz mumkin. Xitoy milliy valyutasi yuan 
ya‘ni RMB (Renminbi) oxirgi oxirgi yillarda chet el valyutalarga nisbatan 
almashinuv kursi tushmoqda. Jumladan, Xitoy yuanining AQSH dollariga nisbatan 
doimiy revalvatsiya bo‘layotganini ko‘ramiz, ya‘ni 2010 yilda USD/RMB kursi 
6,75 bo‘lgan bo‘lsa, 2014 yilga kelib esa, bu almashinuv kursi 6,00 atrofida 
bo‘lgan. Shuningdek, Xitoy milliy valyutasining real va nominal xarid quvvati ham 
mustahkamlanmoqda.
Bunga sabab Xitoy savdo balansi doimiy profitsit bilan chiqmoqda. Xitoy 
savdo balansida eksport hajmi import hajmiga nisbatan oyiga 20-30 mlrd. AQSH 
dollariga teng miqdorda profitsit kuzatilmoqda. Shuningdek, Xitoy Xalq banki 
(Markaziy bank) doimiy ravishda valyuta intervensiyasini o‘tkazmoqda. Xalqaro 
ekspertlarning fikricha, agar Xitoy Xalq banki valyuta intervensiyasini o‘tkazib, 
AQSH dollarini sotib olmasa, 1 Xitoy yuani 1 AQSH dollariga teng bo‘lishini 
taxmin qilmoqda. Bu holat Xitoy iqtisodiyotiga juda katta salbiy ta‘sir ko‘rsatadi, 
chunki Xitoy iqtisodiyoti eksportga mo‘ljallangan iqtisodiyot hisoblanadi. Xitoy 
ichki iste‘mol darajasi past. Hozirda Xitoy hukumati jahon iqtisodiy inqiroziga 
qarshi ichki iste‘mol darajasini oshirishga harakat qilmoqda.
74
Annual report 2014 China. 
www.cpb.org
 


Xitoy pul massasi va kreditlarining o‘sishi
75
(2010-2014 yy.,%).
Xitoy Xalq banki iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash uchun, hamda 
birjadagi ortiqcha chet el valyutalarini intervensiya yo‘li bilan olish sababli 
muomalada yuan miqdorini doimiy oshirib bormoqda. Jumladan Xitoyda 2014 
yilda M2 monetizatsiya koeffitsienti 187 foizni tashkil etgan. Bu holat dunyoda 
Yaponiyadan keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi. Shu sababli hozirda Xitoy tijorat 
banklarida kredit resurslari yetarlicha katta salmoqqa ega. Yuqoridagi rasmdan 
ko‘rishimiz mumkinki, 2010 yildan 2014 yilga qadar Xitoy iqtisodiyoti bir 
maromda saqlangan, shu sababli tijorat banklarining kreditlash hajmi, qabul qilgan 
depozitlari hajmi bir maromda bo‘lib kelmoqda. Shunga qaramasdan, Xitoy tijorat 
banklarining kreditlash salohiyati dunyoda eng yuqori o‘rinda turadi. 
2014 yil noyabr oyidan boshlab Xitoy hukumati bank tizimida islohotlarni 
yanada chuqurlashtirish hamda ularni yanada erkinlashtirish chora-tadbirlar 
doirasida kredit va depozit foiz stavkalarini tijorat banklari ixtiyoriga sekinlik bilan 
topshirish yo‘lga qo‘yildi.

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin