Davlatlarning belgilangan talablarni bajargan holda Yevropa Ittifoqiga kirish jarayonlari 79 Yil
EVI ga qo‗shilgan davlatlar
1999
Portugaliya, Ispaniya, Irlandiya, Fransiya, Italiya, Germaniya,
Gollandiya, Belgiya, Lyuksemburg, Avstriya, Finlandiya
2001
Gretsiya
2007
Sloveniya
2008
Malta, Kipr
2009
Slovakiya
2011
Estoniya
2014
Latviya
2015
Litva
Yevroning muomalaga kiritilishi orqali Yevropa Valyuta Ittifoqi o‗zining
to‗laqonli faoliyatini boshladi. Jumladan Yevropa Markaziy banki YVIga a‘zo
davlatlarning pul-kredit siyosatlarini muvofiqlashtirib turuvchi yagona markazga
aylandi. U tomonidan qabul qilinadigan yagona valyuta va kredit siyosatining aniq
bajarilishi nazorat ostiga olindi. YMBning Boshqaruv Kengashi a‘zo davlatlar
zaxirasida asosiy foiz stavkalari va pul agregatlarini belgilab, shu bilan bir qatorda
oltin valyuta zaxiralari ustidan umumiy nazoratni o‗rnatadigan bo‗ldi. Yevroning
muomalaga kiritilishi natijasida yillar davomida oldindan rejalashtirilgan bir qator
ijobiy maqsadlarga erishildi:
1. Asosiy maqsad bo‗lgan narxlar barqarorligiga erishildi. 15 yillik
muomalada bo‗lish jarayonida yevrohududda barqaror narx darajalariga va past
darajadagi inflyasiya ko‗rsatkichlariga erishildi.
2. Narxlar barqarorligidan kelib chiqqan holda past darajadagi foiz stavkasiga
ega bo‗lindi. Past foizlarda pul va kapital bozorlarida kredit resurslarini yig‗ish
osonlashdi va investitsiya tavakkalchiligini kamaydi.
3. Valyuta Ittifoqi savdo va investitsiyalarni rag‗batlantirdi. Yagona
valyutaning kiritilishi yevrohududda valyutalarni ayirboshlash bilan bog‗liq
xarajatlar va tavakkalchiliklarga barham bergan holda, kompaniyalar uchun ichki
savdo va investitsiyalarda ishonch darajasini oshirdi.
4. Yevro moliyaviy bozorlar integratsiyasini tezlashtirdi. Yevropada
moliyaviy bozorlarni birlashtirgan holda yagona moliyaviy bozorni tashkil qilish
va bu orqali iqtisodiyotning real sektoriga qilinadigan qo‗yilmalarda foiz darajasini
pasaytirishga erishish maqsad qilingan va unga erishilganini ijobiy baholash joiz.
5. Katta valyuta hududi iqtisodiy tavakkalchilik darajalarini pasaytirdi.
Yevropa Valyuta Ittifoqining ijobiy ta‘sirlaridan biri yirik valyuta hududini tashkil
79
http://en.wikipedia.org/euro/
etilishi va buning natijasida, moliyaviy bozorlardagi tavakkalchilik darajasini
pasayishiga olib kelishi bo‗ldi.