― pul va banklar


-2014 yillarda muomaladagi yevro banknotalarining soni



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   266
pul va banklar (2)

2008-2014 yillarda muomaladagi yevro banknotalarining soni
84
Yevropa Markaziy banki quyidagi birlikdagi banknotalarni emissiya qiladi
ya‘ni, 1,5,10,20,50,100,200,500 yevrolarni emissiya qiladi. Yuqoridagi rasmdagi 
ma‘lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, 200 va 500 yevrolik banknotalar emissiyasi 
2008 yildan 2014 yilga qadar o‘zgarmay qolgan. 5,10,20,100 yevrolik banknotalar 
emissiyasi shu yillar davomida qisman ortgan. Ammo faqat 50 yevrolik banknota 
emissiyasi 2008 yildan 2014 yilga qadar juda katta tezlikda ortib borgan. Jumladan 
2008 yilda 50 yevrolik banknota 4,2 mlrd. dona emissiya qilingan bo‘lsa, 2014 
yilga kelib esa 7,5 mlrd. donaga yetgan. Bu holat shundan dalolat beradiki, 
aholining talabi nisbatan 50 yevrolik banknotalarda yuqori darajada. Shu bilan 
birga YMB pul siyosati Yevrohudud aholisining iste‘mol darajasini oshirishga 
qaratilgan. 
 
7-mavzu: Inflyatsiya va unga qarshi kurashish yo‘llari 
 
REJA: 
 
7.1. Inflyatsiya, uning mazmuni, kelib chiqish sabablari va shakllari. 
Muomaladagi pul massasi va uni boshqarish. 
7.2.Inflyatsiyaning ijtimoiy, iqtisodiy oqibatlari.
7.3.O‘zbekiston Respublikasida inflyatsion jarayonlarning o‘ziga xosligi 
7.4.Inflyatsiyaga qarshi kurashish maqsadida pul- kredit siyosati va
uning amaliy ahamiyati 
7.1. Inflyatsiya, uning mazmuni, kelib chiqish sabablari va shakllari. 
Muomaladagi pul massasi va uni boshqarish

84
Annual report 2014. 
www.ecb.eu
  


nflyatsiya lotincha «inflatio» so‘zidan olingan bo‘lib «ish», 
«bo‘rtish», «ko‘pchish» degan ma‘noni anglatadi. Bu so‘z
XIX asrning o‘rtalaridan boshlab iqtisodchilar tomonidan
iqtisodiy termin sifatida ishlatilguncha qadar, u tibbiyotda
xavfli o‘sma kasalini ifodalashda qo‘llanilgan. Tarix
haqiqatda ham bu so‘zning har tomonlama xavfli ekanligini 
ko‘rsatdi. Chunki inflyatsiya qandaydir alohida olingan
bozorda tovarlar va xizmatlar narxining o‘sishidangina iborat bo‘lmasdan,
bu umumiqtisod uchun xavfli hodisadir. Inflyatsiya so‘zining iqtisodiy
tarjimasi – muomalada mavjud bo‘lgan tovarlar va ularning bahosiga
nisbatan ko‘p pul chiqarish degan ma‘noni anglatadi. Iqtisodda
inflyatsiyaning yakuni tovarlar bahosining o‘sishiga, qoniqtirilmagan, lekin
qisman to‘lanishi mumkin bo‘lgan talablarning vujudga kelishga olib
keladi. Odatda inflyatsiyaning bu turi - klassik inflyatsiya deb yuritiladi.
Inflyatsiya so‘zi pul muomalasi sohasida AQSh ning Shimoliy va Janubiy
shtatlari o‘rtasida fuqarolar urushi bo‘lganda muomalaga juda ko‘p
miqdorda (450mln. grin bek) qog‘oz dollar chiqarilgan boshlab qo‘llanila
boshlagan. Ularning sotib olish qobiliyati ikki yildan keyin 50
foizlargacha tushib ketgan . Agar tarixga e‘tibor beradigan bo‘lsak, urush
va boshqa ofatlar sababli davlat xarajatlarning oshib ketishi, inflyatsiya
bilan uzviy bog‘liq. Masalan, Angliyada kuchli inflyatsiya XIX asrning
boshida Napoleon bilan urush davrida, Frantsiyada - Fransuz
revolyutsiyasi davrida, Rossiyada XIX asrning o‘rtalarida namoyon
bo‘lgan. Germaniyada juda yuqori sur‘atlardagi inflyatsiya 1923 yillarda
bo‘lib, muomaladagi pul massasi 496 kvintillion markagacha etgan va
pul birligi trillion marta qadrsizlangan. Bu tarixiy misollar ko‘rsatadiki, 
inflyatsiya hozirgi davr jarayoni bo‘lmasdan, tarixan mavjud bo‘lgan 
jarayondir. Inflyatsiya va uning rivojlanishi alohida olingan mamlakatda
ma‘lum xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Hozirgi davr inflyatsiyasi, 
o‘tgan davr inflyatsiyasidan farq qiluvchi xususiyatlarga ega. Oldingi
inflyatsiyalar vaqtinchalik bo‘lib, ular odatda urush vaqtida harbiy
xarajatlarni qoplash uchun qog‘oz pullar chiqarilishi natijasida yuzaga
kelgan. Biror daromad olmasdan turib, ya‘ni ishlab chiqarish va 
tovarooborot sur‘atlarini oshirmasdan yoki bu ko‘rsatkichlar kamayib
ketgan holda davlat tomonidan bo‘ladigan xarajatlarni moliyalashtirishning
asosiy yo‘llaridan biri qog‘oz pullarni muomalaga chiqarishdan iborat
bo‘lgan. Natijada muomalaga chiqarilgan pullar, muomala uchun zarur
bo‘lgan oltin miqdoridan oshib ketgan va pulning real qiymati uning
nominal qiymatidan tushib ketgan, ya‘ni, xaqiqatda pul birligi o‘zida 
ko‘rsatilganidan kam oltin miqdorni ifoda qila boshlagan. Oldingi
inflyatsiyalarning yana bir xususiyati shundaki, ular ma‘lum davrda
namoyon bo‘lgan. Hozirgi davr inflyatsiyasi esa odatda doimiy (xronik) 
xarakterga ega bo‘lib xo‘jalik hayotining barcha sohalarini qamrab olishi
bilan, pul omillaridan tashqari boshqa iqtisodiy omillarga ta‘sir qilishi 



bilan farqlanadi. Oxirgi yillarda inflyatsiya tez-tez uchrab turadigan jarayon
bo‘lib, sifati ham o‘zgarib bormoqda. Buning sababi shundaki, hozirgi
kunlardagi inflyatsiya: birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan
pul muomalasi qonunining buzilishi natijasida umumxo‘jalik mexanizmining 
ishdan chiqishiga olib keladi. XX asr inflyatsiyasining asosiy sababi tovar 
kamyobligigina bo‘lib qolmasdan, ishlab chiqarish va qayta ishlab 
chiqarishda krizislar mavjudligi bilan ifodalanadi. Hozirgi davr inflyatsiyasi
birinchidan; pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomalasi 
qonunining buzilishi; ikkinchidan; - ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlar
salmog‘ining o‘sishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul 
massasining ortib borishi bilan ifodalanadi. Inflyatsiyaning asosiy sababi - bu 
xalq xo‘jaligining turli sohalari o‘rtasida vujudga kelgan nomutanosiblikdir.
Bu avvalambor, jamg‘arma va iste‘mol o‘rtasidasidagi, talab va taklif, davlatning
daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi muomaladagi pul massasi va
xo‘jaliklarning naqd pulga bo‘lgan talabi o‘rtasidagi nomutanosibliklardan
iboratdir.
1960-yillarning boshida inflyatsiya darajasi AQSHda 1-2%ni tashkil etgan. 
Oxirgi yillarda bu ko‘rsatkich yuqori bo‘lib, nobarqarorligi bilan ajralib turadi. 
1960-yilning oxirida inflyatsiya 5%ni tashkil etdi, 1974 yilda esa, ikki sonli 
ko‘rsatkichga yetdi. 1975-1978 yillarda inflyatsiya darajasi bir muncha sekin 
o‘sgan bo‘lsada, 1979-1980 yillarda 10%dan o‘sib ketdi. 1982 -1990 yillarda 
inflyatsiya darajasi 5%gacha pasaydi.
85
Qisqa qilib aytganda, ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishida yuzaga 
keluvchi disproportsiyalar sababli tovarlar va xizmatlar bahosining
umumiy yoki to‘xtovsiz o‘sishi va natijada pul muomalasi qonunining 
buzilishi oqibatda pul biriligining qadrsizlanishiga inflyatsiya deb aytiladi.
Inflyatsiya quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: 
1. Tovar va xizmatlar bahosining uzluksiz va tartibsiz o‘sib borishi
natijasida p ulning qadrsizlanishi va uning sotib olish qobiliyatining tushib 
borishi; 
2. Chet el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushib ketishi; 
3. Milliy pul birligida oltin narxining oshib borishi va boshqalar. 
Ba‘zi bir iqtisodchilarimizning fikricha inflyatsiya - bu barcha
tovarlar baholarining oshishini bildirmaydi. Inflyatsiya juda tez o‘sgan
taqdirda ham ayrim tovarlar bahosi barqaror bo‘lib qolishi, boshqalarniki
tushishi ham mumkin ekan.
86
Bizning fikrimizcha, bunday xulosalar 70-
80 yillarning inflyatsiyasiga mos kelishi mumkin. Albatta, inflyatsiya
davrida baholarning oshishi doim bir xil sur‘atlarda bo‘lmasdan, sakrab
turadigan bo‘lishi mumkin. Lekin, ba‘zi tovarlar bahosining tushishi yoki
85
Frederic S.Mishkin. The economics of money, banking and financial markets. Pearson 
Education Limited. 2013. 610 page. 
2. 
Jo‘raev T.T., Jo‘raev A.D. «Pul kapital va xazina mollari bozori. Moliya, kredit-bank tizimi 
va davlatning soliq siyosati» T.: 1994 y
.


barqaror bo‘lib turishi XX asrning inflyatsiyasi uchun mos deb to‘liq
ishonch bilan uqtira olmaymiz. Ba‘zida davlat aralashuvi bilan aholi
iste‘moli uchun zarur bo‘lgan ayrim bir tovarlar bahosining ma‘lum
davrda barqaror ushlab turish mumkin, ammo inflyatsiyaning kuchayib
borishi shu tovarlar baholarining ham oxir oqibatda oshishiga olib
keladi. Bizning fikrimizcha, baholar oshishi to‘g‘risida gapirganda, inflyatsiya
darajasida baholar oshishi va umuman baholar oshishi tushunchalarini
to‘g‘ri talqin qila olish kerak. Masalan, xamma vaqt ham ba‘zi tovarlar
bahosining oshishi inflyatsiyani anglatmasligi mumkin. Tovarlar bahosi
oshishi inflyatsiya bo‘lmagan davrda, oltin pul muomalasi sharoitida
ham bo‘lishi mumkin. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin