― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   266
pul va banklar (2)

Talab inflyatsiyasi.
Inflyatsiyaning bu an'naviy turi talab oshib kеtganda 
yuzaga kеladi. Ishlab chiqarish sohasi aholining talabini to`la qondira 
olmaydi, taklifga nisbatan talab oshib kеtadi. Natijada tovarlar bahosi o`sadi. 
Kam miqdordagi tovarlarga ko`p pul massasi to`g`ri kеladi.
Inflyatsiyada nafaqat chakana baxo, balki ulgurji baxo ham oshib
boradi. G‘arb mamlakatlarida inflyatsiyaning asosiy ko‘rsatkichi qilib
chakana baxolarning o‘zgarishi (oshishi) qabul qilingan. Agar ma‘lum davrda
baxolar ikki marta oshsa, pul ham ikki marta qadrsizlangan deb
hisoblanadi. Chakana baxolar o‘sishini hisoblash maxsus davlat organlari
tomonidan aniqlanadigan baxolar indeksiga asoslanadi. Baxolar indeksini
hisoblashning boshlang‘ich nuqtasi sifatida (yuz foiz deb) bazis yili
olinadi va joriy yilda baxolar o‘zgarishi, o‘rtacha yillik o‘sish sur‘ati
hisoblanishi mumkin. Baxolar indeksi bu joriy yildagi tovarlar va xizmatlar
baxosi yig‘indisi, ya‘ni tovarlar bozor savati baxosining shu tovar va
xizmatlarning bazis yildagi umumiy baxosi, ya‘ni bozor savati baxosiga
nisbati sifatida aniqlanishi mumkin. Yuqoridagi fikrni quyidagi formula
orqali ifoda qilish mumkin. 
𝐵𝐼
𝑗𝑜𝑟𝑖𝑦
=
𝐵𝑆
𝑗𝑜𝑟𝑖𝑦
𝐵𝑆
𝑏𝑎𝑧𝑖𝑠
Bunda 
𝐵𝐼
𝑗𝑜𝑟𝑖𝑦
-joriy yilda baxolar indeksi 
𝐵𝑆
𝑏𝑎𝑧𝑖𝑠
- bazis yildagi bozor savati baxosi
𝐵𝑆
𝑗𝑜𝑟𝑖𝑦
- joriy yildagi bozor savati baxosi 
Baxolar indeksini hisoblashda iste‘mol tovarlar baxosining indeksi
katta ahamiyatga ega. Baxolar indeksi turli usullarda baxolar darajasini
solishtirishga imkon beradi. Joriy yildagi baxolar indeksi bazis yildagi
baxolar indeksiga nisbatan oshishi- inflyatsiya deb nomlansa, ― Baxolar
darajasining oshishi‖dan, baxolar indeksining kamayishideflyatsiya ya‘ni
baxolar darajasining kamayishidan dalolat beradi. 
Aytaylik, bazis davr 2010- yil bo‘lsin (baxolar darajasi 100% deb
olamiz) va 2015 –yilda baxo darajasi 400. Demak 2010-2015- yillarda
baxolar 4 marta yoki 300% ga oshgan, yoki 2010- yilda biror Tovar 100
so‘m bo‘lsa, 2015-yilda shu tovar 400 so‘m turadi. 
Iste‘mol tovarlar baxosi indeksidan tashqari ba‘zi guruh tovarlar va
xizmatlar, masalan: oyoq kiyimlar, transport, uy-joy xizmatlari va boshqalar
bo‘yicha baxolar indekslarini hisoblash mumkin. Baxolar indeksiga asoslanib,
inflyatsiya sur‘atlarini aniqlash mumkin. Buning uchun joriy yil baxolar
indeksidan bazis davr baxolar indeksini chegirib, bazis davr indeksiga
bo‘lamiz. 
Masalan, 2005- yilda iste‘mol tovarlarning baxo indeksi 110, 2007 –yilda
140 bo‘lsa, 2007-yilda inflyatsiya sur‘ati quydagicha aniqlanadi. 
Inflyatsiya darajasi =
140−110
110
× 100 = 27.27%


Demak, 2007-yilda inflyatsiyaning o‘sish sur‘atlari taxminan 27.3% teng 
bo‘lgan. Inflyatsiyaning o‘sish sur‘atlari to‘g‘risida gapirganda, uning
rivojlanishining boshqa yo‘li ham mavjud. Bu usul << 70 lar qoidasi>>
deb ataladi. Agar har yillik inflyatsiya darajasi ma‘lum bo‘lsa, baxolar ikki
marta oshishi uchun necha yil kerak ekanligini aniqlash mumkin. Buning 
uchun 70ni har yilgi inflyatsiya darajasiga bo‘lish kerak. Masalan,
inflyatsiyaning har yillik darajasi 5% bo‘lsa , baxolar darajasi 14 yildan
keyin ikki marta oshishi kerak. Agar har yillik inflyatsiya darajasi 20%
bo‘lsa, baxolar darajasi 3 yildan keyin ikki marta oshishi kerak. 
Iste‘mol narxlar indeksidan tashqari inflytsiyni hisoblashning boshqa usullari 
ham mavjud.
Ishlab chiqaruvchlar indeksi (Producer Price Index)-ishlab chiqarishni 
yetkazish, soliq va boshqa qo‘shimcha ustamalarsiz sof o‘z qiymatida 
ifodalanishini bildiradi, PPIning ko‘rsatkichi vaqt jihatdan CPI ko‘rsatkichidan 
oldinroq bo‘ladi.
Yashash xarajatlari indeksi (Cost-of-living Index, COLI)-daromad va 
xarjatlarning o‘sishini hisobg olgan holda inflyatsiyani hisoblash usulidir.
YAIM deflyatori (GDP deflator)-bir xil turdagi tovarlar guruhi narxlarini 
o‘zgarishi orqali inflyatsiya darajasini hisoblash usuli. 
Paashe indeksi-joriy yildagi iste‘mol xarajatlarining o‘tgan yilda huddi shu 
assortimentdagi maxsulotlarni olish uchun ketgan xarajatlar summasi nisbatini 
ifodalaydi.
Shuni ta‘kidlash kerakki, bu usul hamma vaqt ham masalan 
inflyatsiyaning o‘sish sur‘atlari yuqori (har kuni, oyda o‘zgarib boradigan ) 
bo‘lsa, qulay hisoblanmaydi. << 70 lar qoidasi >> aholi jamg‘armalarining, real
yoki milliy maxsulot hajmining ikki marta oshishi uchun necha yil kerak 
ekanligini to‘g‘ri aniqlab berishga imkon beradi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin