Inflyatsiya darajasining o‘zgarish dinamikasi
81
(2009-2014 yy., %).
Yuqoridagi rasm ma‘lumotlaridan ko‘rinib
turibdiki, dunyoning yetakchi
davlatlarida inflyatsiya pasayish tendensiyasiga ega.
Jumladan, 2011 yilda Xitoy,
AQSH, Buyuk Britaniya va Yevrohududda inflyatsiya
darajasi yuqori va yaxshi
holatda bo‘lgan bo‘lsa, oxirgi uch yilda bu ko‘rsatkich pasaymoqda.
Yevrohududda inflyatsiya 2011 yilda 3 foiz atrofida bo‘lgan bo‘lsa, 2014 yil
oxiriga kelib Yevrohududda deflyatsiya kuzatilmoqda. Bu inflyatsiya darajasi o‘zi
iqtisodiyoti muammoli holatda bo‘lgan Yevrohudud davlatlaridagi holatni yanada
qiyinlashtirmoqda.
Yevropa Markaziy bankining bosh maqsadi inflyatsiyani 2-2,7 foiz atrofida
saqlash hisoblanadi. Yevrohududni hozirgi holatdan chiqarish maqsadida 2015 yili
YMB pul emissiyasini oshirishni maqsad qilib qo‘ydi.
2008-2014 yillardagi M3 va xususiy sektorga qarzlar miqdorining
o‘zgarishi
Dostları ilə paylaş: