o`zgarishi yuzaga chiqadi. Inflyatsiyaning ijtimoiy salbiy ta`siri eng avvalo
qat`iy belgilangan daromadlari oluvchi shaxslar hisoblangan – nafaqaxo`rlar,
nogironlar, ko`p farzandli oilalar va davlat xizmatchilari (o`qituvchilar, vrachlar,
bog`cha xodimlari va boshqalar) uchun juda og`ir kechadi;
4) Debitorlar va kreditorlar o`rtasida. Ushbu holatda olingan qarzlarni pul
qadrsizlanishi natijasida debitorlar daromad oladi va buning aksi, kreditorlar
qo`shimcha zarar ko`radi. Biz yuqorida keltirgan inflyatsiyaning
iqtisodiy va
ijtimoiy salbiy oqibatlari qo`shimcha ravishda mamlakatning tashqi iqtisodiy
aloqalarga ham faol ta`sir ko`rsatadi. Inflyatsiya darajasi yuqori mamlakatlar
bilan qo`shimcha sug`urta va 18 turli kafolatlar asosida o`zaro munosablar olib
boradilar. Xalqaro amaliyotda ushbu munosabatlar savdoning kamsitilishi
yoki diskriminatsiya deb nomlangan. Mamlakat iqtisodiyotiga ayniqsa
jilovlanmagan (giperinflyatsiya) juda salbiy ta`sir etadi. Buning natijasida iqtisodiy
va ijtimoiy qarama-qarshiliklar keskinlashadi, aholi o`rtasida xukumatga
bo`lgan norozilik kuchayadi.
Shuning uchun, xukumat qarama-qarshiliklarni
ijobiy hal qilish, milliy pul tizimining barqarorlashtirish uchun oqilona ishlab
chiqilgan inflyatsiyaga qarshi choratadbirlarni amalga oshirishi lozim bo`ladi
Inflyatsiya jamiyatning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko`rsatadi.
1. Mamlakat iqtisodiy ahvolini tang holga olib kеladi:
- ishlab chiqarish hajmi tushib kеtadi baholarning oshib borishi
ishlab chiqarish istiqbollariga tug`onoq bo`ladi.
- kapitalning asosiy qismi ishlab chiqarishdan savdo sohasiga,
vositachilik sohasiga oqib o`tadi. Chunki ishlab chiqarishdan ko`ra savdo
sohasidagi kapital tеzroq va ko`proq
foyda kеltiradi;
- baholarning o`zgarib turishi olib-sotarlikni rivojlantiradi, arzon
vaqtida olib, qimmat bo`lganda sotish jarayoni, tovar zaxiralarini yashirish
jarayonlari avj oladi;
- krеdit bеrish jarayonlari chеklangan bo`ladi. Qarz oluvchilar ko`payadi-
yu, qarz bеruvchilar soni qisqaradi, chunki
qarz bеrgan yutqazishi
mumkin. Davlatning moliya rеsurslari qadrsizlanadi va hk.
2. Aholining kam daromad oluvchi qismining ijtimoiy jihatdan
ahvoli yomonlashadi. Ularning rеal daromadlari kamayadi. Nominal
daromadning baholar o`sishidan tushib kеtishi natijasida aholining hayot
darajasi pasayadi. Ayniqsa, nafaqa, davlat tashkilotlaridan maosh
oluvchilarning ahvoli qiyinlashishi mumkin. Inflyatsiya aholi
jamg`armalarininig qadrsizlanishiga olib kеladi. Ba'zida inflyatsiya aholi
ba'zi qatlamlarining (savdo-sotiq sohasida) boyishiga olib kеladi.
Davlat
aholining daromadlar darajasini tеnglashtirish maqsadida daromad va
soliqlarni indеksatsiya qilib boradi.
Mamlakat tomonidan inflyatsiyaning samarali tashkil qilinmasligi
natijasida quydagi oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
a) harbiy xarajatlarning o`sishi va iqtisodning militarlashuvi. Harbiy
tеxnika sotib olish va boshqa harbiy xarajatlarni qoplash bilan bog`liq bo`lgan
jarayonlar muomalaga kеragidan ortiqcha pul chiqarishga sabab bo‘ladi.
b) davlat qarzlarning o`sishi va budjеt dеfitsitining mavjudligi.
Budjеt dеfitsiti odatda zayomlar chiqarish yoki banknotalar emissiya
qilish yo`li bilan qoplanadi. Bu o`z navbatida qo‘shimcha muomala
vositalari bo`lishiga, qo`shimcha talab yuzaga kеlishiga olib kеladi.
O`zbеkistonda byudjеti dеfitsitini qoplash yuqorilardagidan tashqari 1996-
yildan boshlab davlat qisqa muddatli majburiyatlarini (DQM) sotish orqali
ham qoplanmoqda.
Barchamiz singari hukumat ham o‘z harajatlari bo‘yicha to‘lovlarni
amalga oshirishi lozim. Albatta uning ham bujet cheklovlari bor. O‘z
xarajatlarimizni to‘lash uchun pulni ishlab topishimiz yoki qarzga olib
turishimiz mumkin. Davlat huddi shu usullardan foydalanadi: davlat bujetini
yangi soliqlarni kiritish yoki qarzga mablag‘larni davlat obligatsiyalarini
chiqarish orqali jalb qilishi mumkin. To‘g‘risi bizdan farqli ravishda davlat
uchinchi imkoniyati ham mavjud: pulni emissiya qilish va maxsulot va
xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish.
Davlat xarajatlarini moliyalashtirish usullari davlat bujetini chegaralash
shartlariga bo‘ysunadi va quyidagicha tashkil etiladi: davlat bujeti difisiti
DEF (davlat xarajatlari G va soliq daromadlarining Tning farqi) monetary
baza АМВ va aholi qo‘lidagi obligatsiyalarning АВ summasi o‘zgarishiga teng
bo‘lishi kerak. Matematik nuqtai nazardan quyidagicha bo‘ladi:
Dostları ilə paylaş: