― pul va banklar


 Inflyatsiyaga qarshi kurashish maqsadida pul- kredit siyosati va



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   266
pul va banklar (2)

 
7.4. Inflyatsiyaga qarshi kurashish maqsadida pul- kredit siyosati va
uning amaliy ahamiyati 
 
nflyatsiyaning har tomonlama avj olib ketishi
mamlakatda ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan qarama- qarshi
qarshiliklar yuzaga kelishiga olib keladi.
Shuning uchun davlat inflyatsiyaning oldini olish, pul
muomalasini barqarorlashtirish chora- tadbirlarini ishlab
chiqadi. Inflatsiyaning qarshi kurashning asosiy shakllari:
94
B.Andrew. B.Bernanke ―Macroeconomics‖ eight edition, 2010. 239 page 
95
http://lenta.ru//news/2008/12/22/ japan sayti ma‘lumotlari.



inflyatsiyaning qarshi siyosat va pul islohati hisoblanadi. Har davlatda pul
muomalasi ma‘lum qonun qoidalar asosida tartibga solib turiladi. Oldingi
markazlashgan rejali boshqaruv asoslangan iqtisodiy tizimda pul muomalasi
rejalashtirish asosida boshqarib kelingan. Axolining daromadi va
xarajatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirib turilgan. Tovar ishlab
chiqarishni kengaytirish axoliga kreditga tovar berish, baxolar tizimini
o‘zgartirib turish va hokazolar. Barcha jarayonlar davlat tomonidan
boshqarilgani uchun pul muomalasi qonuni buzilganda davlat o‘z vakolati 
doirasida narxlarni o‘zgartirish yo‘li bilan pul reformasi bilan pul
muomalasini tartibga solib kelgan.
Bozor iqtisodi sharoitida pul
muomalasini ma‘lum usullar yordamida tartibga solib turadi. 
Inflyatsiyaga qarshi kurashish quyidagicha amlga oshirilishi mumkin: 
Pul 
islohatlari 
(revolvasiya, 
devolvatsiya, 
nulifikasiya 
va 
denominasiya); 
Antiinflatsion siyosat: daromadlar siyosati va deflyatsion siyosat. 
Daromadlar siyosati (ijtimoiy noroziliklarni yuzaga keltirishi mumkin) ish 
haqi va narxlar o‘sishini parallel nazorat qilgan holda, ish haqi o‘sishini 
chegaralash yoki muzlatishdir. Deflatsion siyosat pul-kredit siyosati va soliq 
mexanizmlari orqali boshqarish bo‘lib, unda davlat xarajatlari kamaytiriladi va 
soliq stavkalari oshirilishi yoki Markaziy bankning pul-kredit siyosati 
instrumentlari orqali pul massasini boshqarishdir.
96

Markaziy bank pul muomalasini barqarorlashtirish va inflyatsiyani oldini
olish borasida quyidagi pul-kredit siyosatini olib boradi: 
1.
Qayta moliyalashtirish siyosati 
2.
Majburiy rezervlar me‘yorlari 
3.
Ochiq bozordagi operatsiyalar 
4.
Valyuta siyosati 
 
Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati Markaziy bank tomonidan 
tijorat banklarini kreditlash bilan bog‗liq bo‗lgan tadbirlarning majmui bo‗lib, 
ushbu siyosat quyidagi uch xil kreditlash usulidan foydalanilgan holda amalga 
oshiriladi: 
a) 
tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan ularning balansidagi 
trattalarni qayta hisobga olish yo‗li bilan kreditlash usuli; 
b) tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan ularning balansidagi qimmatli 
qog‗ozlarni garovga olish yo‗li bilan kreditlash usuli; 
v) tijorat banklarini to‗g‗ridan to‗g‗ri kreditlash usuli
97

Mazkur usulda berilgan kreditlar overdraft shaklida yoki muddatli kreditlar 
shaklida beriladi. Mamlakatimizda Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan qayta 
moliyalashtirish stavkasi haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak u quyidagi 
ko‘rinishga ega bo‘lgan: 
Mamlakatimizda ham O‘zbekiston Respublikasining Markaziy bankining
tijorat banklari beriladigan kreditlari uchun o‘rnatiladigan qayta moliyalash 
96
B.Andrew. B.Bernanke ―Macroeconomics‖ eight edition, 2010. 239 page 
97
P.Salin ―International monetary system and the theory of monetary system‖ 2016, 217 page 


stavkasi inflyatsiyaga qarshi kurashda asosiy stavkalardan biri sifatida xizmat
qiladi. Respublikamizda milliy valyuta so‘m muomalaga kiritiladigan paytda
qayta moliyalash stavkasi yiliga 150% ni tashkil etar edi.Ammo milliy valyuta
kiritiladiguncha bo‘lgan inflyatsiyaning inersiya kuchi shu darajada katta ediki
tezda qayta moliyalash bu darajasi yetarli emasligi ma‘lum bo‘lib qoldi. 
Inflyatsiyani kamaytirish borasida yanada qat‘iyroq siyosat yuritish maqsadida
markaziy bank 1994-yil oktabrdan boshlab qayta moliyalash stavkasini 150% 
dan 225 %gacha ko‘tardi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin