O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2009 yil 1-
sentabrda o‘rnatilgan majburiy rezerv me‘yorlari
101
Yuridik
shaxslarning
talab qilinguncha
saqlanadigan va
muddati
1
yilgacha bo‘lgan
depozitlari
bo‘yicha
Yuridik
shaxslarning
muddati 1 yildan
3
yilgacha
bo‘lgan
depozitlari
bo‘yicha
Yuridik
shaxslarning
muddati 3 yildan
ortiq
bo‘lgan
depozitlari
bo‘yicha
Yuridik
shaxslarning
xorijiy valutadagi
depozitlari uchun
15 %
12 %
10.5 %
15 %
Bu guruhlashning avvalgisidan farqli jihati shundaki 2009 – yil 31 – avgust-
gacha yuridik shaxslarning muddati 3 yildan ortiq bo‘lgan depozitlari bo‘yicha
15% lik miqdor belgilangan bo‘lsa 2009 – yil 1 – sentabrdan e‘tiboran bu toifa
ham 2 guruhga ajratildi va yuridik shaxslarning muddati 1 yildan 3 yilgacha
bo‘lgan depozitlari bo‘yicha 12 %, yuridik shaxslarning muddati 3 yildan ortiq
bo‘lgan depozitlari bo‘yicha 10.5 % lik me‘yor o‘rnatildiqolgan guruhlar va
ularning foiz ko‘rsatkichlari o‘zgarishsiz ya‘ni 15 %lik miqdorda belgilanligini
ko‘rishimiz mumkin. Hozirgi paytda ham respublikamizda mazkur zaxira
me‘yorlari qo‘llanib kelinmoqda.
Markaziy bankning valyuta siyosati uning an‘anaviy pul-kredit
instrumentlaridan biri hisoblanadi. SHu sababli, valyuta siyosatining pirovard
maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta‘minlash hisoblanadi. 2016 yilda
valyuta siyosati milliy valyuta almashuv kursi keskin tebranishlari oldini olishga,
inflyatsion jarayonlarni jilovlashga hamda mahalliy ishlab chiqaruvchi
korxonalarning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini qo'llab-
quvvatlashga yo'naltirildi. Bunda valyuta bozorini samarali tartibga solish
maqsadida valyuta kursining o'zgarib boruvchi boshqariladigan strategiyasini
qo'llash orqali so'mning AQSh dollariga nisbatan kursini bosqichma-bosqich
pasaytirish choralari ko'rildi.
Mamlakatimiz tashqi savdo operatsiyalarining asosiy qismi AQSh dollarida
amalga oshirilishini inobatga olib, so'mning boshqa xorijiy valyutalarga nisbatan
almashuv kurslarini belgilashda operatsion mo'ljal sifatida so'mning AQSh
dollariga nisbatan almashuv kursidan foydalanildi. Shunga muvofiq, so'mning
AQSh dollaridan boshqa xorijiy valyutalarga nisbatan almashuv kurslari ushbu
valyutalarning tashqi valyuta bozorlaridagi AQSh dollariga nisbatan kurslari
dinamikasi va ichki valyuta bozorida so'mning AQSh dollariga nisbatan almashuv
101
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti
www.cbu.uz
ma‘lumotlari
kursi ta'siri ostida shakllandi. Mazkur davrda so'mning Buyuk Britaniya funt
sterlingiga nisbatan almashuv kursi 11 foizga, evroga nisbatan 2,8 foizga, Xitoy
yuaniga nisbatan 15,8 foizga, Yaponiya ienasiga nisbatan 17 foizga va Janubiy
Koreya voniga nisbatan 8,7 foizga pasaydi. Markaziy bank milliy valyuta
almashuv kursini maqsadli koridor doirasida ushlab turish uchun valyuta bozorida
xorijiy valyutalarni sotuvchi va sotib oluvchi sifatida qatnashib, valyuta
operatsiyalarini amalga oshirib bordi.
Markaziy bankning valyuta siyosati bilan pul-kredit siyosati o‗rtasida qarama-
qarshilik tez-tez uchrab turadi. Masalan, respublikamizda tijorat banklariga naqd
pul tushumi bo‗yicha «naqd pullarni qaytish koeffitsienti» deb nomlanuvchi
ko‗rsatkich sifatida majburiyat yuklangan. Bundan tashqari respublikamiz tijorat
banklarining aylanma kassalariga kelib tushgan naqd pullarning asosiy qismi (75-
80%) birinchi darajadi to‗lovlarni (davlat byudjetining kassa ijrosi bilan bog‗liq
bo‗lgan to‗lovlar) to‗lashga yo‗naltirilmoqda. Natijada, respublikamizning tijorat
banklarida so‗mdagi naqd pullarning etishmasligi muammosi yuzaga keldi.
Bunday sharoitda tijorat banklari naqd xorijiy valyutalarni sotib olishdan
manfaatdor bo‗lmaydi. CHunki naqd xorijiy valyutalarni bank tomonidan sotib
olinishi uning so‗mdagi chiqimlari summasining oshishiga olib keladi va buning
oqibatida naqd pullarning etishmasligi muammosi yanada chuqurlashadi. Xorijiy
mamlakatlarning amaliyotida ham pul-kredit siyosati bilan valyuta siyosati
o‗rtasidagi qarama-qarshilikni ko‗zatish mumkin. Masalan, Rossiyada 1998-2000
yillarda milliy bank tizimidagi zaxiralarning o‗sishi sharoitida rubldagi pul
massasining ma‘lum qismini muomaladan olish imkonini beradigan moliyaviy
instrumentlar etarli bo‗lmaganligi sababli pul agregatlarining o‗sishi yuz beradi.
Buning natijasida baholarning o‗sish jadallashdi. SHunday qilib, pul-kredit
munosabatlarini muvofiqlashtirish uchun Markaziy bank tomonidan pul-kredit
siyosatining diskont, ochiq bozorlardagi operatsiyalar, majburiy zaxira normalari
va valyuta siyosati instrumentlaridan foydalaniladi. Ushbu instrumentlardan
foydalanishdan bosh maqsad mamlakat pul birligi barqarorligini ta‘minlashdan
iborat. Bunga erishish uchun esa pul bozorida talab va taklifga ta‘sir ko‗rsatish
orqali muomaladagi pul massasini muvofiqlashtirishdan iboratdir.Markaziy
bankning valyuta siyosati doirasida amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalarining
uch asosiy turi xalqaro bank amaliyotida keng qo‗llanilmoqda. Ular quyidagi
operatsiyalardan iboratdir:
1. Valyuta intervensiyasini amalga oshirish maqsadida o‗tkaziladigan
operatsiyalar. Valyuta intervensiyasi doirasida amalga oshiriladigan valyuta
operatsiyalari xorijiy valyutani milliy valyutaga sotib olish va sotish
operatsiyalaridan iboratdir. Respublikamizda intervensiya vositasi sifatida
ishlatilayotgan bazaviy valyuta AQSH dollari bo‗lganligi sababli, shu maqsadda
amalga oshirilayotgan operatsiyalar AQSH dollarini sotib olish va sotish
operatsiyalaridan iboratdir. Odatda, markaziy banklar valyuta intervensiyasining
samaradorligini ta‘minlash maqsadida intervensiya fondidan sotilgan xorijiy
valyutadagi mablag‗larning miqdorini va intervensiya hisobarqamining qoldig‗ini
sir tutadilar. Buning sababi shundaki, valyuta intervensiyasining samaradorligi
deganda uning vositasida milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbatan almashuv
kursining favqulodda va keskin tebranishiga barham berilishi hisoblanadi. Agar
xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar Markaziy bank tomonidan xorijiy valyutani sotish
hajmining o‗sib borishi sharoitida milliy valyutaning qadrsizlanishi davom
etayotganligini sezib qolsalar, bu holat valyuta bozorida ruhiy vahima holatini
yuzaga keltiradi va buning natijasida xorijiy valyutaga bo‗lgan talab keskin ortishi
mumkin. Bunga xalqaro amaliyotdan ko‗plab misollar keltirish mumkin. Masalan,
1992 yilning sentyabr oyida G‗arbiy Evropadagi valyuta bozorlarida yuz bergan
inqiroz natijasida Buyuk Britaniya funt sterlingi va Italiya lirasining nominal
almashuv kursining keskin pasayib ketishi natijasida ular Evropa valyuta tizimidan
chiqib ketdi. Buning sababi shundaki, Angliya va Italiya markaziy banklari o‗z
milliy valyutalari kurslarining favqulodda tebranishiga valyuta intervensiyasi
orqali barham berishning uddasidan chiqa olmadilar. Masalan, Angliya Markaziy
banki valyuta intervensiyasi doirasida AQSH dollarini sotish hajmini oshirishi
bilan London valyuta bozori ishtirokchilari tomonidan AQSH dollarini sotib olish
hajmi ham oshib bordi. Buning oqibatida valyuta intervensiyasi samara bermadi.
CHunki bozorda ruhiy vahima kuchli edi. Bu esa, bozorda AQSH dollariga
nisbatan kuchli talabni yuzaga keltirdi.
2. Hukumatning tashqi qarzini to‗lash bo‗yicha Markaziy bank tomonidan
amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalari. Ma‘lumki, rivojlangan sanoat
mamlakatlarida, xususan, AQSH, GFR, Fransiyada hukumat xorijiy valyutalarda
zaxiralarga ega emas, chunki bu mamlakatlarda davlatga tegishli barcha oltin-
valyuta zaxiralari Markaziy bankning balansiga qonuniy asosda o‗tkazilgan.
Bunday sharoitda hukumatning tashqi qarzi Markaziy bankning balansidagi
oltin-valyuta zaxiralari hisobidan to‗lanadi. To‗lov amalga oshirilgandan so‗ng,
Markaziy bank, xorijiy valyutada to‗langan mablag‗ning milliy valyutadagi
ekvivalentini hukumatning joriy hisobraqamidan chegirib oladi. Hukumatning
tashqi qarziga xizmat ko‗rsatishning mazkur shakli hukumatning tashqi qarz
botqog‗iga botib qolishdan saqlaydi. CHunki Markaziy bank hukumatning
to‗lanishi lozim bo‗lgan tashqi qarzining milliy valyutadagi ekvivalenti mavjud
bo‗lmagan sharoitda to‗lov topshiriqnomasini qabul qilmaydi. SHu o‗rinda
ta‘kidlash joizki, hukumatning tashqi qarziga xizmat ko‗rsatishning mazkur
tartibidan foydalanishda Markaziy bankning iqtisodiy va siyosiy jihatdan
mustaqilligining ta‘minlanganligi muhim rol o‗ynaydi. Chunki Markaziy
bankning mustaqilligi to‗liq ta‘minlangan sharoitdagina uning Prezidenti
hukumatning tashqi qarzini qonuniy to‗lanishini talab qila oladi. Aks holda,
Hukumat Markaziy bankni tashqi qarzni to‗lashga majbur qiladi. Bunday
sharoitda hukumat Markaziy bankning kreditlaridan tashqi qarzni to‗lashda
manba sifatida foydalanishi mumkin. Xalqaro bank amaliyoti tajribalarini
o‗rganish natijalari shuni ko‗rsatadiki, hozirgi davrda, Markaziy bank o‗zining
balansidagi oltin valyuta zaxiralarini boshqarishda asosan quyidagi usullardan
foydalanadi:
– valyuta zaxiralarini diversifikatsiya qilish usuli;
– valyutaviy svop operatsiyalaridan foydalanish;
– Gold svop operatsiyalaridan foydalanish;
– ochiq valyuta pozitsiyalarini qisqartirish.
Valyuta zaxiralarini diversifikatsiya qilish deganda tarixan bir vaqtning
o‗zida bir nechta yetakchi va barqaror valyutalarda zaxiralar tashkil qilish
tushuniladi. Shunisi harakterliki, so‗nggi yillarda bir qator iqtisodchi olimlar
tomonidan (masalan, L. Krasavina, A. Kireev va boshq.) tomonidan valyuta
zaxiralarining tarkibini nobarqaror valyutalarni sotish va ularning o‗rniga barqaror
valyutalarni sotib olish yo‗li bilan yangilash operatsiyalari ham valyuta zaxiralarini
diversifikatsiya qilish sifatida e‘tirof etilmoqda. Fikrimizcha, bu e‘tirof
mantiqan
asoslidir.
CHunki
valyuta
zaxiralarining
tarkibini
oldi-sotdi
operatsiyalari orqali yangilash valyuta zaxiralarining diversifikatsiya
darajasining sifatini oshiradi va valyuta zaxiralarining riskka uchrash xavfini
pasaytirishga xizmat qiladi.
O‗zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishning hozirgi bosqichida
milliy
valyuta
bozorida
oldi-sotdi
ob‘ekti vazifasini AQSH dollari
bajarayotganligi,
xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning xorijiy valyutadagi
zaxiralarining 80 foizdan ortiq qismini AQSH dollarida shakllanganligi,
mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan chet el valyutasida berilgan kreditlarning
66 foizdan ortiq qismini (2006 yilning 1 yanvar holatiga) AQSH dollarida
berilganligi O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalardagi
zaxiralarining diversifikatsiya darajasiga salbiy ta‘sir qilmoqda. Oltinni xalqaro
oltin bozorlarida (asosan London va Syurix bozorlarida) qulay bozor baholarida
sotish malakali mutaxassislarning mavjud bo‗lishini taqozo etadi, mabodo,
respublikamiz Markaziy bankida bunday kadrlarning, ya‘ni oltin savdosi bilan
shug‗ullanuvchi kadrlarning etishmasligi muammosi mavjud bo‗lsa, u holda Gold
svop operatsiyalarini xalqaro hisob-kitoblar banki orqali amalga oshirish mumkin.
Halqaro hisob-kitoblar banki markaziy banklarga valyutalar va oltindagi
zaxiralarni svop sharti bo‗yicha joylashtirish, depozit-ssuda operatsiyalarini
amalga oshirishda amaliy yordam ko‗rsatadi. SHuningdek, Markaziy bank
O‗zbekiston hukumatiga, uning xorijiy investitsiyalar va xalqaro kreditlar
bo‗yicha bergan kafilliklari bo‗yicha majburiyatlarini bajarishda, Gold svop
operatsiyalari orqali amaliy yordam ko‗rsatishi mumkin. YA‘ni, Markaziy bank
hukumatning xorijiy valyutadagi to‗lovlari uchun zarur bo‗lgan miqdordagi
tushumni olish imkonini beradigan miqdordagi spot sharti bo‗yicha sotadi. Xorijiy
valyutada olingan tushumni hukumatga beradi. Undan keyin esa, Markaziy bank
bilan hukumat o‗rtasida to‗zilgan to‗lov shartnomasining muddatidan kelib
chiqqan holda, Markaziy bank xorijiy Markaziy bank bilan forvard valyuta
shartnomasini to‗zadi. Forvard shartnomasining muddati tugashi bilan
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki Hukumatdan olingan xorijiy
valyutadagi tushum hisobidan oltinni forvard kursi bo‗yicha sotib oladi. Milliy
valyuta kursining iste‘mol tovarlarining bahosiga nisbatan yuzaga kelishi
mumkin bo‗lgan salbiy ta‘siriga barham berish markaziy banklarning valyuta
siyosatida muhim o‗rin egallaydi. Buning boisi shundaki, inflyasiya va valyuta
kursi o‗rtasida o‗zviy aloqadorlik mavjud. Odatda, milliy valyuta kursining
pasayishi kelgusida inflyasiyaning o‗sishiga olib keladi. Inflyasion tayziq foiz
stavkalarining o‗sishi bilan susayishi mumkin, ammo foiz stavkalarining o‗sishi
investitsion va iste‘molchi talabining pasayishiga olib kelishi mumkin. Agar
milliy valyutaning qadrsizlanishi xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning investitsiya
portfelining o‗zgarishi natijasi bo‗lsa, u holda, bunday qadrsizlanish yuqori
darajadagi inflyasiyani yuzaga keltirishi mumkin. Bunday sharoitda foiz
stavkalarining o‗sishini ta‘minlash inflyasiyani jilovlashning oqilona yo‗li
hisoblanadi. Agar milliy valyutaning qadrsizlanishi tashqi savdo shartlarining
o‗zgarishi oqibati bo‗lsa, u holda foiz stavkalari pasaytirilishi lozim. CHunki
bunday sharoitda sof eksport va umumiy talab qisqaradi. SHunisi harakterliki,
milliy valyutaning qadrsizlanishi umumiy talabning qisqarishiga olib kelgan
sharoitda Markaziy bank tomonidan restriksion pul-kredit siyosatining qo‗llanilishi
milliy iqtisodiyotning rivojiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi, ya‘ni YAIMning o‗sish
sur‘ati sekinlashadi. O‗zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti rivojlanishining
hozirgi davrda foiz stavkalari va inflyasiya o‗rtasida bevosita aloqadorlik mavjud
emas. Masalan, 2003-2006- yillarda tijorat banklari kreditlarining o‗rtacha
tortilgan foiz stavkasining pasayishi tendensiyasi ko‗zatilmoqda. Buning
natijasida tijorat banklarining kredit emissiyasi hajmi sezilarli darajada oshishi,
inflyasiyaning o‗sishi ko‗zatilishi lozim edi. Lekin bu holatlar 2003-2006-
yillarda ko‗zatilmadi. Masalan, 2003- yilda inflyasiyaning yillik darajasi 3,8 foizni
tashkil etgan bo‗lsa, 2004- yilda — 3,7 foizni, 2005- yilda — 7,8 foizni, 2006-
yilda — 6,8 foizni tashkil etdi. Fikrimizcha, foiz stavkalari va inflyasiya o‗rtasida
bevosita aloqadorlikning mavjudligi ko‗zatilmagan sharoitda, milliy valyutaning
nominal va real almashuv kurslarining import qilinayotgan tovarlarning va eksport
qilinayotgan tovarlarning bahosiga ta‘sirini tahlil qilish va yuzaga kelishi mumkin
bo‗lgan salbiy ta‘sirning oldini olish O‗zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining valyuta siyosatida muhim o‗rin tutishi lozim.
Ochiq bozordagi operatsiyalar muomaladagi pul massasini boshqarish, bank
tizimi likvidligini tartibga solish va foiz stavkalari barqarorligini ta‘minlovchi
asosiy instrumentlardan biri sifatida Markaziy bank tomonidan muntazam
ravishda keng qo‗llanilib kelinmoqda.
Markaziy bank tomonidan pul-kredit ko‗rsatkichlarining maqsadli
parametrlaridan kelib chiqqan holda, to‗lov balansining ijobiy saldosi hisobiga
shakllangan qo‗shimcha likvidlikni sterilizatsiya qilish operatsiyalari o‗tkazilib
borildi.
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ochiq bozor operatsiyalarida
oldi-sotdi ob‘ekti bo‗lib hukumatning qisqa muddatli obligatsiyalari va o‗rta
muddatli xazina majburiyatlaridan foydalanilmoqda. SHu bilan birga,
respublikamizda muomalada O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
obligatsiyalari mavjud. Ammo bu obligatsiyalar tijorat banklarining vakillik
hisobraqamlaridagi likvidlilikning ma‘lum qismini olib qo‗yish maqsadida
emissiya qilingan. Bir qator rivojlangan sanoat davlatlarida, masalan, AQSH,
GFR, Buyuk Britaniya va Fransiyada Markaziy bankning qimmatli qog‗ozni
bevosita emitentning o‗zidan sotib olishi ochiq bozor operatsiyasi hisoblanmaydi,
balki kredit operatsiyasi hisoblanadi. Masalan, hukumatning qimmatli qog‗ozlarini
bevosita hukumatning o‗zidan sotib olish Davlat byudjeti harajatlarini Markaziy
bank tomonidan kreditlanishi hisoblanadi. SHuningdek, hukumatning qimmatli
qog‗ozlarining kursini saqlash maqsadida amalga oshiriladigan joriy operatsiyalar
ham ochiq bozor operatsiyalari hisoblanmaydi. Markaziy bank, odatda, ochiq
bozor siyosatini amalga oshirish yo‗li bilan milliy bank tizimining zaxiralariga
ikki usul bilan ta‘sir qiladi:
1. Agar Markaziy bank tijorat banklarining likvidliligini oshirishni va milliy
valyutadagi pullarning taklifini oshirishni maqsad qilib olgan bo‗lsa, u holda,
Markaziy bank bozorda qimmatli qog‗ozlarni sotib oluvchi bo‗lib ishtirok etadi.
Bunda Markaziy bank qimmatli qog‗ozlarga qat‘iy belgilangan kurs o‗rnatishi va
kurs shu belgilangan darajaga etishi bilan taklif qilingan barcha qimmatli
qog‗ozlarni sotib olish yo‗lidan foydalanishi mumkin. YOki Markaziy bank taklif
etilgan paytdagi kursning qanday bo‗lishidan qat‘iy nazar, ma‘lum turdagi
qimmatli qog‗ozlarni sotib olish miqdorini belgilashi mumkin.
2.Agar Markaziy bank milliy bank tizimidagi ortiqcha likvidlilikni
kamaytirishni maqsad qilib olgan bo‗lsa, u holda, Markaziy bank qimmatli
qog‗ozlar bozorida sotuvchi bo‗lib ishtirok etadi. Bunda ham Markaziy bank ikki
imkoniyatga ega bo‗ladi:
– Markaziy bank ma‘lum kursni e‘lon qilishi va qimmatli qog‗ozlarning kursi
e‘lon qilingan darajaga etishi bilan istalgan miqdordagi qimmatli qog‗ozni sotish
majburiyatini olishi mumkin;
– Markaziy bank qo‗shimcha tarzda ma‘lum miqdordagi qimmatli qog‗ozni
sotish majburiyatini olishi mumkin. Buning natijasida davlatning qimmatli
qog‗ozlaridan va boshqa yuqori likvidli qimmatli qog‗ozlardan keladigan
daromadlarning miqdori oshadi va shuning asosida ularning investitsion
jozibadorligi oshadi. Pirovard natijada, tijorat banklari va boshqa kredit
institutlarining mazkur qimmatli qog‗ozlarga bo‗lgan qiziqishi kuchayadi va
ularning kreditlash salohiyati pasayadi. Bu esa, o‗z navbatida, kreditlarning foiz
stavkalarining oshishiga olib keladi. Agarda foiz stavkalarining shu taxlitda o‗sishi
Markaziy bankni qoniqtirmasa, u yana qimmatli qog‗ozlarni sotib olishi mumkin.
Bunday holatni bir qator rivojlangan sanoat mamlakatlari markaziy banklarining
faoliyatida ko‗zatish mumkin. Masalan, GFR Federal banki (Bundesbank)
tomonidan ochiq bozorda qat‘iy foizli qimmatli qog‗ozlarni sotib olish 1975-
yilning ikkinchi yarmiga kelib o‗zining yuqori cho‗qqisiga chiqdi. Bu vaqtda
Bundesbank banklarning likvidliligini ta‘minlash va foiz stavkalarini o‗zining pul-
kredit siyosatining oraliq va taktik maqsadlariga mos keladigan darajasidan oshib
ketishiga yo‗l qo‗ymaslik maqsadida 7,5 mlrd. nemis markasi miqdoridagi
summaga yuqori likvidli qimmatli qog‗ozlar sotib olgan edi. 1976 yilda esa,
aksincha, Bundesbank bunday qimmatli qog‗ozlarni juda katta miqdorda sotdi34.
Buning sababi shundaki, Bundesbank qat‘iy foizli qimmatli qog‗ozlarning kursini
oshishi natijasida bank kreditlari va depozitlari foiz stavkalarining pasayish
jarayonini to‗xtatib qo‗ymasdan turib, bozordan katta miqdordagi likvidlilikni olib
qo‗yishi zarur edi. Birgina 1976- yilning o‗zida Bundesbankning qimmatli
qog‗ozlar portfeli 6,5 mlrd. nemis markasiga kamaydi. SHunisi harakterliki,
ko‗pchilik rivojlangan sanoat mamlakatlarida ma‘lum turdagi qimmatli
qog‗ozlarga nisbatan kursni belgilab qo‗yish siyosati qo‗llaniladi. Mazkur usulning
mohiyati shundaki, Markaziy bank, qisqa muddatli qarz majburiyatlari bilan
operatsiyalarni amalga oshirayotganida, minimal stavkani ko‗rsatadi. SHundan
keyin tijorat banklari, ularning kreditga bo‗lgan talablari qondirilgan sharoitda,
to‗lashga rozi bo‗lgan stavkani ko‗rsatib ariza beradilar. Markaziy bank tushgan
arizalar asosida o‗zining hisob stavkasini aniqlaydi. Bunda yuqori foiz stavkalari
taklif qilgan kredit institutlari katta miqdorda kredit resurslari oladilar. Ochiq bozor
operatsiyalarining e‘tiborga molik jihatlaridan biri shundaki, xalqaro bank
amaliyotida Markaziy bank bilan tijorat banklari o‗rtasida kursni belgilash
borasidagi shartnomani imzolashda quyidagi ikki xil standart mavjud:
1. Foiz stavkalari barcha tijorat banklari uchun yagona stavkada belgilanadi.
Ushbu standart «kreditlarni taqsimlashning gollandcha usuli» deb ataladi.
2. Foiz stavkalari har bir tijorat bankiga nisbatan alohida o‗rnatiladi. Ushbu
standart «amerikacha standart» deb ataladi.
Markaziy bankning ochiq bozor siyosati orqali tijorat banklari tomonidan
depozitlarga to‗lanadigan va kreditlardan olinadigan foiz stavkalariga ta‘sir
ko‗rsatish mumkin. Mazkur ta‘sir mexanizmi quyidagi ko‗rinishga ega: Markaziy
bank iqtisodiyotning nobank sektoridagi xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar bilan ochiq
bozor operatsiyalarini amalga oshirganida pul bozorini tartibga solish maqsadini
ko‗zlamaydi. Demak, Markaziy bank tomonidan sotib olinuvchi qimmatli
qog‗ozlar tarkibiga kirmaydigan qimmatli qog‗ozlarning sotilishi ham bank
tizimining likvidliligini kamaytiradi. Bundan tashqari, Markaziy bank, nobank
sektoridagi xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarga qimmatli qog‗ozlarni sotishda yuqori
foizlar belgilash yo‗li bilan, tijorat banklarining depozitlarga to‗laydigan foiz
stavkalariga faol tarzda ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. 2015- yilda bank ustav kapitalini
oshirish maqsadida aktsiyadorlik-tijorat banklari tomonidan jami 553,6 mlrd.
so'mlik aktsiyalar investorlar o'rtasida joylashtirildi va ularning 319,6 mlrd. so'mlik
qismi nodavlat sektori hissasiga to'g'ri keldi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining tegishli qarorlariga asosan «O'zsanoatqurilishbank» tomonidan 157
mlrd. so'mlik, Xalq banki tomonidan 54 mlrd. so'mlik aktsiyalar chiqarilib,
investorlar orasida joylashtirildi. Shuningdek, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy
bankining ustav kapitali – 35 mlrd. so'mga, «Agrobank»niki – 50 mlrd. so'mga,
«Mikrokreditbank»niki – 25 mlrd. so'mga va «Qishloq qurilish bank»niki – 25
mlrd. so'mga oshirildi. Tijorat banklarining kapitallashuv darajasini oshirish
bo'yicha amalga oshirilgan maqsadli chora-tadbirlar natijasida bank tizimining
umumiy kapitali so'nggi 5 yil davomida 2,4 martaga o'sdi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida inflyatsiya mavjudligi tabiyi bo`lgani kabi,
mamlakatning «soliq infratuzilmasi»da ham inflyatsiyaning qay darajada bo`lishi
olib borilayotgan chora -tadbirlarga bog`liqdir. Xususan, O`zbekiston
Respubliksi xukumati tomonidan tayinlangan ma`sul muassasalar (O`zbekiston
Respublikasi Moliya Vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bank,
O`zbekiston Respublikasi Soliq Qo`mitasi) tomonidan olib borilayotgan barcha iqti
o`sish choralari «soliq inflyatsiya» siga qarshi olib borilmoqda. Sababi shundaki,
«soliq inflyatsiya»sining dinamik pasayishi sodir bo`lganda quyidagi o`zgarishlar
kuzatiladi: Ishlab chiqarish samaradorligi barqarorlashadi, real daromadlar
ko`payadi. Demak, soliq to`lovchi xo`jalik yurituvchi sub`eklar xam kupayadi;
xukumat tomonidan byudjetdan ajratiladigan loyihalarni moliyalashtirish
bo`yicha investitsiyalar iqtisod qilinib, ularni real va effektiv moliyalashtirish
uchun xususiy sektor jalb etiladi; Umuman olganda, mamlakatda barcha tovar va
xizmat belgilangan yuqori soliq bojxona stavkalari iste`mol va noiste`mol tovar va
xizmatlarga belgilangan baholarning o`sishiga olib keladi. Inflyatsiya o‘zi bilan
birga katta iqtisodiy va ijtimoiy xarajatlarni olib keladi. Natijada resurslar
noto‘g‘ri joylashtiriladi, va bu o‘z navbatida iqtisodiy samaradorlikning
pasayishiga olib keladi. Shuningdek, inflyatsiya iqtisodiy vakillarga o‘z
faoliyatini kelgusida rivojlantirishga halaqit beradi, hamda ularning olib
borilayotgan iqtisodiy siyosatga bo‘lgan ishonch darajasini pasaytiradi. Bundan
tashqari u milliy daromadni aholining bir qismi foydasiga va ikkinchi qismi
zarariga qayta taqsimlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining monetar siyosatini asosiy
vazifalardan ham inflyatsiya sur‘atlarini pasaytirishdan iborat. Chunki
Markaziy bankning monetary siyosati to‘g‘ri olib borilishiga ta‘sir qiluvchi
omillardan biri bo‘lib inflyatsiya hisoblanadi. Yuqorida qayd etilgan masalalar
to‘la hal qilinsa, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining monetary
siyosatini yanada takomillashtirish, demakki, natijada bank tizimini yanada
rivojlantirish mumkin. Bu o‘z navbatida iqtisodiy o‘sish sur‘atlarini oshirishi
va natijada axolining turmush darajasini yanada oshirishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |