― pul va banklar


kredit tushunchasi  yuzaga keladi.  Kredit orqali jamiyatimizda quyidagi ijobiy natijalarga erishish mumkin:  birinchidan



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   266
pul va banklar (2)

kredit
tushunchasi 
yuzaga keladi. 
Kredit orqali jamiyatimizda quyidagi ijobiy natijalarga erishish mumkin: 
birinchidan
, fondlar aylanishi jarayonida chetga chiqib, bo‗sh qolgan 
mablag‗larning harakatsiz turib qolishining oldi olinadi; 
ikkinchidan, 
takror ishlab chiqarishni keng doirada uzluksiz davom ettirishga 
imkoniyat yaratiladi. 
Kreditning vujudga kelishi reallikka aylanishi uchun muayyan sharoitlar 
bo‗lishi zarur. SHu masala bo‗yicha ba‘zi iqtisodiy adabiyotlarda keltirilgan 
fikrlarni tahlil qilib, iqtisodchilar tomonidan kredit yuzaga kelishining quyidagi 
shartlariga ko‗proq e‘tibor berilganini ko‗rsatib o‗tish mumkin. Kredit munosabati 
bo‗lishi uchun: 
birinchidan, 
kredit munosabati ishtirokchilari – qarz beruvchi va qarz 
oluvchi – huquqiy jihatdan mustaqil sub‘ekt bo‗lishi kerak. Mustaqil sub‘ekt 
sifatida har ikkala tomon birbiri bilan o‗zaro aloqalardan kelib chiquvchi 
majburiyatlarni bajarishini moddiy jihatdan kafolatlay olishi kerak. Majburiyatlarni 
bajara olish qobiliyatini hisobga olgan holda mustaqil huquqiy sub‘ekt sifatida 
tomonlar iqtisodiy munosabatga kirishishlari kerak.
ikkinchidan, 
qarz beruvchi va qarz oluvchi manfaatlari birbiriga mos 
tushgan taqdirdagina kredit zaruriyatga aylanadi. Bu manfaatlar, avvalambor
ob‘ektiv jarayonlar, o‗zaro manfaatlarni taqozo etuvchi aniq vaziyat bilan bog‗liq. 
Kreditor(qarz beruvchi) tomonidan pul mablag‗larini qarzga berish bo‗yicha, 
qarz oluvchi tomonidan esa shu mablag‗larni olish bo‗yicha qiziqish tug‗ilgan 
taqdirdagina kredit munosabatlari vujudga keladi. 
Kreditning 
vujudga 
kelishi 
kredit 
munosabatlari 
ishtirokchilari 
manfaatlarining yo‗nalishiga bog‗liq. Tomonlar manfaatlarining mos kelishi kredit 
shartnomasi tuzilishini ta‘minlaydi. Lekin kredit munosabatlari ishtirokchilari 
manfaati nafaqat vaqt va makon jihatdan, shuningdek, sifat jihatdan ham mos 
tushgan taqdirdagina bu munosabatlar reallikka aylanadi. SHu bilan birga, 
kreditning bu muhim sifatlari kredit munosabatlari sodir bo‗lishining asosiy sababi 
bo‗lolmaydi. Kredit vujudga kelishi uchun, yuqorida aytilgandek, aniq bir iqtisodiy 
asos fondlarning doiraviy aylanishi va shunga o‗xshash boshqa aniq sharoitlar 
bo‗lishi zarur. Faqatgina ana shu ta‘sir etuvchi omillar bo‗lgan taqdirdagina 
kreditning vujudga kelishi reallikka aylanadi.
Ba‘zi iqtisodiy adabiyotlarda kreditning zarurligi xususida bir necha boshqa 
fikrlar ham uchraydi. Masalan, kredit korxonalar faoliyatini nazorat qilishni 
amalga oshirish uchun zarur, deb ta‘kidlanadi. Agar bu fikr to‗g‗ri deb qaraydigan 


bo‗lsak, kreditning zarurligi faqat kreditor uchun tushunarli bo‗ladi, chunki u qarz 
berish orqali qarz oluvchi faoliyatini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‗ladi.
Bunday sharoitda kreditning chegarasi ishlab chiqarish fondlarining doiraviy 
aylanishiga asoslangan ob‘ektiv jarayonlarga emas, balki bankning kredit 
operatsiyalari orqali qarz oluvchining faoliyatini nazorat qilish istagiga bog‗liq 
bo‗lib qoladi. 
Bu mulohazalardan kelib chiqqan holda xulosa qilib aytish mumkinki

kreditning ob‘ektiv zarurligi takror ishlab chiqarish jarayonida fondlarning 
doiraviy aylanishi qonuniyatlariga asoslangandir.
Kreditga zarurat tug‗ilganda quyidagi manbalardagi bo‗sh mablag‗lardan 
kredit resurslar sifatida foydalanish mumkin. Bu manbalar asosan quyidagilardir: 

asosiy fondlarni tiklash, kapital tamirlash uchun ajratiladigan amortizatsiya 
sifatidagi pul mablag‗lari; 

tovarlarni sotish va yangi moddiy resurslarni sotib olish vaqtlarining 
birbiriga mos kelmaganligi tufayli yuzaga kelgan bo‗sh pul mablag‗lari;

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin