― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   266
pul va banklar (2)

 

tovarlar realizatsiyasidan tushgan tushum bilan ish haqini to‗lash vaqtlari 
orasida vaqtincha bo‗sh turib qolgan pul mablag‗lari;
 

kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida yig‗iladigan va 
kapitallashtirish uchun mo‗ljallangan qo‗shimcha mablag‗lar;
 

shaxsiy sektor daromadlari, jamg‗armalari va boshqa bo‗sh pul mablag‗lari.
 
Kreditning zarurligini ifodalovchi omillar mohiyatini ochishda, ularning har 
birining ahamiyatini kredit shartnomasini tuzish darajasigacha olib kelish xato 
hisoblanadi. Alohida olingan bir omilning o‗zi kredit berilishi uchun u yoki bu 
darajada etarli bo‗lmasligi mumkin. 
Masalan, aytaylik korxonalarda ishlab chiqarish fondlarining doiraviy 
aylanishi jarayonida ularda kreditga ehtiyoj tug‗iladi. SHunga asosan kredit takror 
ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta‘minlash zarurligidan kelib chiqadi, 
degan shartga asoslangan holda kredit berilishi kerak. Ammo bunda qo‗shimcha 
resurslarga muhtojlik o‗zo‗zidan avtomatik tarzda kredit berilishi kerakligini 
ifodalamaydi. Buning uchun kreditning zarurligini ifodalovchi boshqa sharoitlar 
ham mavjud bo‗lishi kerak. 
Iqtisodiyotni 
rivojlantirishning muhim yo‗nalishlaridan biri kredit 
munosabatlarini rivojlantirishda banklar kredit uchun xarakterli muhim shartlar va 
qonunlarga asoslangan holda kreditlash jarayonini amalga oshirishlari zarur. 
Xulosa qilib aytganda, korxonalarning xo‗jalik hisobida ish yuritishida 
ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta‘minlash, korxonaning asosiy va 
aylanma fondlarining doiraviy aylanishining to‗xtab qolishiga yo‗l qo‗ymaslik, 
korxonalarning moliyaviy resurslar bilan ta‘minlanganlik darajasining 
maromiyligini saqlash, korxonalar tomonidan tovar mahsulotini sotganda sotilgan 
tovar uchun to‗lov summasini olish ob‘ektiv va sub‘ektiv sabablar tufayli 
kechiktirgan holda kreditning zarurligi kelib chiqadi. 
Ammo kredit berish uning zarurligi bilangina kifoyalanib qolmasdan uning 
maqsadli ishlatilishi shartsharoitlari bilan ham belgilanadi. 


Iqtisodiyotning bir tekisda rivojlanishini ijtimoiy ishlab chiqarish 
ta‘minlaydi. Ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini esa kredit vositasida 
uzluksiz davom ettirib, bir zum bo‗lsada, to‗xtab qolishiga yo‗l qo‗yilmaydi.
Demak, kredit iqtisodiyotning bir tekisda rivojlanishini ta‘minlovchi 
dastaklardan biri degan xulosaga kelishimiz mumkin. 
 
Bizga ma‘lumki, pul mablag‗lariga ko‗p hollarda kreditlarni, korxonalarning 
hisobvarag‗dagi mablag‗larini va naqd pullarni, aylanma mablag‗larini va 
moliyaviy resurslarni kiritadilar. 
Bu iqtisodiy kategoriyalar tashqi tomondan o‗xshagani bilan, ularning ichki 
xususiyatlari juda xilma-xil va bir-biriga o‗xshamaydi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin