― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   266
pul va banklar (2)

Kreditor 
– kredit munosabatlarini tashkil etishda kredit beruvchi sifatida 
maydonga chiqadi. Kreditor pul mablag‗larini vaqtinchalik foydalanishga beruvchi 
sub‘ektlar hisoblanadi. Bunday sub‘ektlar banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit 
tashkilotlar, lombardlar, davlat va boshqa moliyaviy tashkilotlar bo‗lishi mumkin. 
Kreditor ssuda sifatida beradigan pul mablag‗lari ularning 
o‗z mablag‗lari va jalb 
qilingan mablag‗lari
 
hisobidan shakllantiriladi. Kreditor sub‘ektlar ichida, banklar 
va kredit uyushmalari nafaqat o‗z mablag‗lari hisobidan, balki chetdan jalb 
qilingan mablag‗lar hisobidan kreditlar beradi. Mablag‗larni jalb qilishning turli 
yo‗llari mavjud bo‗lib, bozor iqtisodiyoti sharoitida aksiyalar va obligatsiyalarni 
muomalaga chiqarish asosiy va samarali yo‗llaridan biri hisoblanadi.


Kreditor jamiyatdagi vaqtinchalik bo‗sh pul mablag‗larni tegishli shartlar 
asosida jalb qilib, ushbu mablag‗larni kreditning qayta taqsimlash funksiyasi orqali 
real sektorning zarur bo‗lgan bo‗g‗inlariga joylashtiradi. Bu jarayon 
iqtisodiyotdagi vaqtinchalik bo‗sh pul mablag‗larini samarali ishlashini, ya‘ni 
kapital aylanmasini to‗xtovsizligini ta‘minlash bilan birga, kreditor jamlangan 
mablag‗larni zarur maqsadlarga joylashtirish asosida ushbu mablag‗larni o‗z 
maqsadi va kredit munosabatlari ishtirokchilari manfaatlari yo‗lida xizmat 
qilishiga erishadi. 
Kredit oluvchi
 
– kredit munosabatlarida kredit oluvchi sifatida ishtirok etadi. 
Kredit oluvchi sub‘ektlar sifatida xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar, aholi, davlat, 
banklar va boshqa shaxslar maydonga chiqadi. Iqtisodiy adabiyotlarda kredit 
oluvchini qarzdor sifatida talqin etish holatlari uchraydi, shuningdek, kredit va 
qarzning bir – biridan iqtisodiy jihatdan farqlanishi xususida ham tortishuvlar 
ko‗zga tashlanadi. Albatta, ―kredit‖ va ―qarz‖ o‗rtasida o‗zaro bog‗liklik bo‗lishi 
mumkin, lekin iqtisodiy mohiyatan bu ikki tushuncha o‗rtasida bir – biridan jiddiy 
farq qiladigan jihatlari mavjud. Kredit iqtisodiy kategoriya sifatida tegishli ijtimoiy 
– iqtisodiy qonunlar va tamoyillar asosida amal qiladi. Kredit munosabatlarida 
ishtirok etuvchi har ikkala tomonning iqtisodiy manfaatlari mavjud bo‗lib, ushbu 
manfaatlar o‗zaro mujassamlashganda kredit munosabatlari ro‗y beradi.
Kreditor berilgan kredit uchun iqtisodiy manfaatdorlik (foyda)ni foiz 
ko‗rinishida undirsa, kredit oluvchi kredit yordamida ishlab chiqarish jarayonining 
uzluksizligini ta‘minlash orqali qo‗shimcha qiymat yaratish imkoniyatiga ega 
bo‗ladi. Kredit munosabatlarida kreditor uchun kredit oluvchi shaxsning qanday 
shaxs ekanligi, qanday faoliyat bilan shug‗ullanishi judayam muhim emas, asosiysi 
berilgan kredit o‗z vaqtida va tegishli foiz to‗lovi bilan to‗liq qaytishi muhim 
hisoblanadi. 
Qarz munosabatlarida esa qarz beruvchi uchun birlamchi masala shaxs 
hisoblansa, berilayotgan qarz summasi uchun tegishli manfaatdorlikni ustama 
to‗lov sifatida olishga umid bog‗lamaydi, ya‘ni ko‗pchilik hollarda berilgan qarz 
uchun qo‗shimcha haq talab etilmaydi.
Xulosa o‗rnida aytadigan bo‗lsak, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab 
chiqarish munosabatlarining chuqurlashuvi, tovar – pul munosabatlarining 
mavjudligi, ishlab chiqarish siklining davriyligi, o‗zaro iqtisodiy manfaatlarning 
bir – biriga mos kelishi kreditning zarurligiga zamin yaratuvchi asosiy omillar 
bo‗lib qolaveradi. Kredit munosabatlari jarayonida ishtirok etuvchilar, mavjud 
ijtimoiy – iqtisodiy holat esa uning mohiyatini u yoki bu darajada yoki ko‗rinishda 
namoyon bo‗lishiga xizmat qiladi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin