― pul va banklar


LIBOR deb,  kreditlarning bozor stavkasi esa,  LIBID



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   266
pul va banklar (2)

LIBOR
deb, 
kreditlarning bozor stavkasi esa
LIBID
deb ataladi. 
Xalqaro kreditlar ikki xil stavkada – suzuvchi va qat‘iy belgilangan 
stavkalarda beriladi. 
Xalqaro kreditlarning prinsiplari quyidagilardan iborat: 
– qaytarib berishlik; 
– muddatlilik; 
– foiz to‗lashlilik; 
– ta‘minlanganlik. 
Hozirgi davrda tijorat banklari amaliyotida qo‗llanilayotgan zamonaviy 
kreditlash usullariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
a) aylanma bo‗yicha kreditlash usuli;
b) qoldiq bo‗yicha kreditlash usuli; 
v) aylanma-qoldiq usuli 
Aylanma bo‗yicha kreditlash usulida kredit, mijozning, ya‘ni kredit oluvchi 
mijozning xarajatlarini, uning resurslari bo‗shagunga qadar, moliyalashtirishga 
beriladi. Kredit miqdori ssudaga bo‗lgan ehtiyoj oshib borishi bilan ortib boradi va 
ushbu ehtiyojning kamayishiga qarab qoplanib boradi. 
Aylanma bo‗yicha kreditlash usuli kredit oluvchining ishlab chiqarish 
faoliyatining uzluksizligini ta‘minlash imkonini beradi. 
Qoldiq bo‗yicha kreditlash usulida kredit kredit oluvchining tovar-moddiq 
qimmatliklarining qoldig‗i va xarajatlarining o‗zgarishi natijasida yuzaga kelgan 
ehtiyojga qarab beriladi. Masalan, korxona tovar-moddiy qimmatlikni o‗zining 
mablag‗lari hisobidan sotib oldi va shundan keyingina bankka ssuda so‗rab 


murojaat qildi. Bunday sharoitda kredit xarajatlarni avanslash uchun emas, balki 
tovar-moddiy qimmatliklarning qoldig‗iga, qoplash tartibida beriladi. 
Amaliyotda kreditlashning yuqorida qayd etilgan har ikkala usuli 
uyg‗unlashib, kreditlashning yangi usulini, ya‘ni aylanma-qoldiq usulini yuzaga 
keltiradi. 
Ushbu usulda kredit dastlab tovar-moddiy qimmatliklar va xarajatlar 
shakllanishining dastlabki bosqichida beriladi, keyingi bosqichda esa, kredit 
mijozning bank oldidagi muddatli majburiyatining qoldig‗i asosida so‗ndiriladi. 
Kreditlashning aylanma-qoldiq usulida kredit aniq belgilangan muddatlarda 
so‗ndiriladi, biroq, bu muddatlar resurslarning bo‗shash muddatlariga mos 
kelmasligi mumkin. 
Kreditlashning har uchala uslida kreditlarning harakati mijozning ssuda 
hisobraqami orqali amalga oshiriladi.
Berilgan kreditlar ssuda hisobraqamining debetida, kreditning qaytarilishi 
uning kreditida aks etadi. 
Kredit oluvchi korxonaning aylanmasiga bog‗liq ravishda ssuda 
hisobraqamlarining uch turini ajratib ko‗rsatish mumkin: 
– aylanma-to‗lov ssuda hisobraqami; 
– qoldiq-kompensatsion ssuda hisobraqami; 
– aylanma-qoldiq ssuda hisobarqami. 
Aylanma-to‗lov ssuda hisobraqami mijozga barcha majburiyatlari bo‗yicha 
to‗lovlarni, jumladan, etkazib berilgan tovarlar va ko‗rsatilgan xizmatlar bo‗yicha 
yuzaga kelgan kreditor qarzdorlikni, soliqlar bo‗yicha qarzdorlikni va boshqa 
to‗lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. 
Aylanma-qoldiq ssuda hisobrami ham barcha to‗lovlarni amalga oshirish 
imkonini beradi. Ammo qoldiq-kompensatsion ssuda hisobraqami bo‗yicha 
to‗lovlarni amalga oshirish uchun mijozning kreditlash ob‘ekti qancha bo‗lsa, 
shuncha qoldiq-kompensatsion ssuda hisobraqami ochish kerak. 
Zamonaviy kreditlash usullaridan foydalanish samaradorligi bevosita 
qo‗llanilayotgan to‗lovlarning ketma-ketligiga bog‗liq. 
Taraqqiy etgan mamlakatlar amaliyotida to‗lovlarning kalendar ketma-
ketligi qo‗llaniladi. Bunda qaysi qarzdorlik oldin paydo bo‗lgan bo‗lsa, o‗sha 
birinchi bo‗lib to‗lanadi. Shu sababli, tijorat banklari kredit olgan mijozning pul 
oqimini aniq baholash imkoniga ega bo‗ladi. 
O‗tish 
iqtisodiyoti mamlakatlarining ko‗pchiligida, shu jumladan, 
O‗zbekiston Respublikasida to‗lovlarning maqsadli ketma-ketligi qo‗llaniladi. 
Bunda bank mijozining davlat byudjeti oldidagi qarzdorligini to‗lashga ustuvorlik 
beriladi. Ayrim hollarda, soliq inspeksiyalari kelgusi davrdagi soliq qarzdorligi 
bo‗yicha inkasso talabnomasi qo‗yadilar. Natijada, mijozning joriy davrdagi pul 
mablag‗lari oqimi zaiflashib, berilgan kreditni o‗z vaqtida undirish imkonini 
bermasligi mumkin. 
O‗zbekiston Respublikasida lizing ob‘ektini qabul qilish dalolatnomasi 
rasmiylashtirilmagunga qadar tijorat banklarining lizing kreditlariga foiz 
hisoblashning mumkin emasligi, Respublika valyuta birjasining konvertatsiya 
uchun tashlab berilgan kreditlarga konvertatsiya amalga oshirilgunga qadar foiz 


hisoblamasligi ssuda hisobraqamlaridan foydalanish jarayonida hisobga olinadigan 
muhim omillardan biri hisoblanadi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin