– tijorat banklar;
– maxsus-kredit institutlar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ikki pog‗onali kredit bank tizimi ko‗p
mamlakatlar iqtisodining asosi hisoblanadi. Bu Markaziy bank, bank institutlari va
nobank kredit muassasalaridir.
Bank institutlariga quyidagi banklar kiradi:
– tijorat banklar;
– investitsiya banklari;
– jamg‗armalar jalb qiluvchi banklar (O‗zbekistonda Xalq banki);
– ipoteka banki;
– savdo banklari;
– tashqi iqtisodiy aloqalar bo‗yicha banklar;
– tarmoqlar bo‗yicha ixtisoslashgan banklar va boshqalar.
Nobank kredit tashkilotlarga:
– investitsiya kompaniyalari;
– sug‗urta kompaniyalari;
– nafaqa va boshqa fondlar kiradi.
Kredit tizimida asosiy o‗rinni bank institutlari, bank ins-titutlari tarkibida
salmoqli o‗rinni tijorat banklari egallaydi. Tijorat banklari kredit tizimining boshqa
bo‗g‗inlariga nisbatan ko‗proq bo‗sh resurslarni jalb qiladi va ko‗p miqdorda
mijozlarga kreditlar beradi.
Maxsus ixtisoslashgan kredit institutlari (banklar) tijorat banklari faoliyatini
to‗ldiradi va ular iqtisodiyotning kam renta-bellik, kam foydali tarmoqlariga
(qishloq xo‗jaligi, uy-joy quri-lish, tadbirkorlikni rivojlantirish va boshqalar) engil
sharoitda kreditlar berish yo‗li bilan ularning faoliyatini rag‗batlantirib,
rivojlantirib boradi.
Dostları ilə paylaş: