― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   266
pul va banklar (2)

8.7.Kreditning turlari. 
 
Kreditning turi deganda uning ma‘lum belgilariga ko‗ra o‗ta aniqlikda 
shakllantirilgan tavsifi tushuniladi.
 
Kreditlar muddatiga ko‗ra uch turga bo‗linadi: 
– qisqa muddatli kreditlar; 
– o‗rta muddatli kreditlar;
– uzoq muddatli kreditlar. 
Kreditlarning muddati bo‗yicha turlarga ajratish dunyo mamlakatlarida bir-
biridan farq qiladi. Masalan, AQSHda muddati 1 yildan 8 yilgacha bo‗lgan 
kreditlar o‗rta muddatli kreditlar hisoblanadi. Germaniyada esa, 1 yildan 6 yilgacha 


muddatdagi kreditlar o‗rta muddatli kreditlar hisoblanadi
110
. O‗zbekistonda esa, 
umuman o‗rta muddatli kreditlar toifasi mavjud emas. Demak, respublikamizda 1 
yilgacha muddatga berilgan kreditlar qisqa muddatli, 1 yildan ortiq har qanday 
muddatga berilgan kreditlar uzoq muddatli kreditlar hisoblanadi. 
Tijorat banklarining qisqa muddatli kreditlari xo‗jalik yurituvchi 
sub‘ektlarning aylanma mablag‗larini to‗ldirish maqsadiga berilsa, ularning o‗rta 
va uzoq muddatli kreditlari investitsion xarajatlarni moliyalashtirish maqsadiga 
beriladi. 
Kreditlar ta‘minlanganligiga ko‗ra quyidagi turlarga bo‗linadi: 
– ta‘minlanmagan kreditlar; 
– qisman ta‘minlangan kreditlar; 
– to‗liq ta‘minlangan kreditlar. 
Ta‘minlanmagan kreditlar deganda hech qanday ta‘minotsiz berilgan 
ishonchli kreditlar tushuniladi. Bunday kreditlar tijorat banklarining to‗lovga 
qobilligi yuqori bo‗lgan ishonchli mijozlariga beriladi. 
Qisman ta‘minlangan kreditlar deganda ta‘minot summasi kreditning asosiy 
qarz summasi va foizini to‗liq qoplashga etmaydigan kreditlarga aytiladi. 
To‗liq ta‘minlangan kreditlar deganda ta‘minot summasi kreditning asosiy 
qarz summasi va foizini to‗liq qoplashga etadigan kreditlarga aytiladi. 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining talabi bo‗yicha, tijorat 
banklari kreditlari uchun qabul qilingan ta‘minot summasi kredit bo‗yicha 
qarzdorlik summasiga nisbatan kamida 125% bo‗lishi lozim. 
Kreditlar takror ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko‗rsatishiga ko‗ra 
quyidagi turlarga bo‗linadi: 
– ishlab chiqarish jarayoniga beriladigan kreditlar; 
– ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish uchun beriladigan kreditlar; 
– iste‘mol maqsadi uchun beriladigan kreditlar. 
Tovarlar ishlab chiqarishning uzluksizligini ta‘minlashda tijorat banklari 
beradigan kreditlar muhim rol o‗ynaydi. SHuningdek, ishlab chiqarilgan tovarlarni 
xarid qilish uchun iste‘molchilar har doim etarli darajada pul mablag‗lariga ega 
bo‗lmaydi. Shu sababli, ular tovarlarning ma‘lum qismini tijorat banklarining 
kreditlari hisobidan xarid qiladilar. 
Kredit bahosiga ko‗ra quyidagi turlarga bo‗linadi: 
– bepul (tekin) kreditlar; 
– arzon kreditlar; 
– qimmat kreditlar. 
Garchi foiz to‗lashlilik kreditning prinsiplaridan biri bo‗lsa-da, ba‘zan 
kreditlar foizsiz beriladi. Bunga misol qilib, Xalqaro ta‘mirlash va taraqqiyot banki 
tomonidan qashshoq mamlakatlarga berilayotgan foizsiz kreditlarni keltirish 
mumkin. Xususan, Afrikaning Sahara davlatidan janubda joylashgan barcha 
mamlakatlarda ocharchilik hukm surmoqda. Mazkur mamlakatlarga ijtimoiy 
maqsadlar uchun foizsiz kreditlar berilmoqda. 
110
Деньги, кредит, банки. Учебник. – М.: КНОРУС, 2009. - С. 268. 


Arzon kredit deganda, odatda, foiz stavkasi, ya‘ni bahosi bozor stavkasidan 
past bo‗lgan kreditlarga aytiladi. 
Kreditlarning bahso ssuda kapitallari bozorida shakllanadi. Ssuda kapitallari 
bozorining ikki segmenti mavjud bo‗lib, pul bozori segmentida qisqa muddatli 
kreditlarning bahosi shakllanadi. Kapitallar bozori segmentida esa, o‗rta va uzoq 
muddatli kreditlarning bahosi shakllanadi. 
Qimmat kreditlar deganda foiz stavkasi bozor stavkasidan yuqori bo‗lgan 
kreditlarga aytiladi. Odatda, risk darajasi yuqori bo‗lgan bitimlar banklarning 
qimmat kreditlari hisobidan moliyalashtiriladi. 
Shuningdek, 
2-jadval 
ma‘lumotlari respublikamiz tijorat banklari 
kreditlarining foiz stavkasining ijobiy darajaga ega ekanligini, ya‘ni inflyasiya 
darajasidan yuqori ekanligini ko‗rsatadi. 
Kreditlar foiz stavkasining turiga ko‗ra ikkiga bo‗linadi: 
– suzuvchi stavkaga ega bo‗lgan kreditlar; 
– qat‘iy belgilangan stavkaga ega bo‗lgan kreditlar. 
Tijorat banklari har doim suzuvchi stavkada kreditlar berishdan manfaatdor 
bo‗ladi. Buning sababi shundaki, kredit suzuvchi stavkada berilganda, uning foiz 
stavkasi qanday o‗zgarishidan qat‘iy nazar, bank oladigan daromad, ya‘ni marja 
yoki spred, o‗zgarmasdan qoladi. 
Kredit oluvchi har doim qat‘iy belgilangan stavkaga ega bo‗lgan kreditlarni 
olishdan manfaatdor bo‗ladi. Chunki, bunda kreditning bahosi o‗zgarmasdan 
saqlanib qoladi. Agar kredit suzuvchi stavkada olingan bo‗lsa, u holda, kreditning 
bahosining oshishi kredit oluvchining foiz to‗lovlari miqdorining oshishiga olib 
keladi. 
Kreditlar tarmoq xususiyatiga ko‗ra quyidagi turlarga bo‗linadi: 
– sanoatga berilgan kreditlar; 
– qishloq xo‗jalik kreditlari; 
– qurilish kreditlari; 
– savdo kreditlari va h.k. 
Kreditlash ob‘ektlariga ko‗ra kreditning quyidagi turlarini ajratib ko‗rsatish 
mumkin: 
– tovar-moddiy qimmatliklarni sotib olish uchun berilgan kreditlar; 
– ishlab chiqarish xarajatlarini moliyalashtirish uchun berilgan kreditlar 
(masalan, respublikamizda paxta va g‗allani etishtirish xarajatlari imtiyozli 
kreditlar hisobidan moliyalashtiriladi); 
– mijozlarning to‗lov aylanmasidagi uzilishni qoplash uchun berilgan 
kreditlar. 
Kreditning maqsadi yo‗nalishi va kredit munosbatlarida ishtirok etuvchi 
sub‘ektlarga ko‗ra kreditning quyidagi turlarini ajratib ko‗rsatish mumkin: 
– sinditsiyali kreditlar; 
– ipoteka kreditlari; 
– xalqaro kreditlar. 
Sinditsiyali kredit deganda bitta ob‘ektni yoni loyihani kreditlash uchun ikki 
yoki undan ortiq bank tomonildan berilgan kreditga aytiladi. 


Bosh bank bilan ishtirokchi banklar o‗rtasida Bosh bitim tuziladi va ushbu 
bitimga asosan bank sindikati tashkil etiladi. 
Bank sindikati bilan kredit oluvchi o‗rtasida kredit shartnomasi tuziladi.
Sinditsiyali kreditlar berish quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi: 
A. Etakchi bankning to‗lovga qobil va likvidli bo‗lishi. 
B. Etakchi bank sinditsiyali kreditning kamida 25 foizini o‗zining resurslari 
hisobidan beradi.
V. Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining kreditlash faoliyatiga 
nisbatan o‗rnatilgan iqtisodiy normativlarni buzmaslik: 
– bir mijozga yoki o‗zaro bog‗liq mijozlar guruhiga beriladigan ta‘minlangan 
kreditlarning maksimal miqdori; 
– bir mijozga yoki o‗zaro bog‗liq mizojlar guruhiga beriladigan 
ta‘minlanmagan kreditlarning maksimal miqdori; 
– tijorat banki tomonidan beriladigan yirik kreditlarning maksimal miqdori; 
– insayderlarga beriladigan kreditlarning maksimal miqdori. 
G. Kredit oluvchi sub‘ektning kredit to‗loviga layoqatli bo‗lishi.
D. Kredit bilan bog‗liq bo‗lgan hujjatlarni (kredit shartnomasi, Bosh bitim va 
boshqalar) yuridik jihatdan to‗g‗ri rasmiylashtirish va ushbu jarayonni nazorat 
qilish. 
Hozirgi kunda taraqqiy etgan mamlakatlarda suzuvchi stavkadagi sinditsiyali 
kreditlardan keng ko‗lamda foydalanilmoqda. Buning sababi shundaki, mazkur 
mamlakatlar tijorat banklarining depozitlari tarkibida suzuvchi stavkalarda jalb 
qilingan depozitlarning salmog‗i oshib bormoqda. Bu esa, suzuvchi stavkalardagi 
sinditsiyali kreditlar hajmining oshirish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Buning 
sababi shundaki, suzuvchi stavkalarda jalb qilingan depozitlar hisobidan qat‘iy 
belgilangan stavkalardagi sinditsiyali kreditlarni berish tijorat banklari faoliyatida 
kredit riskini chuqurlashish xavfini yuzaga keltiradi. 
Sinditsiyali kreditlar bo‗yicha marja miqdori 0,5 foizdan 2,5 foizgacha 
bo‗lgan darajani tashkil etadi. 
Ipoteka krediti deganda qo‗zg‗almas mulkni garovga olish yo‗li bilan 
beriladigan kreditlarga aytiladi. 
Ipoteka kreditlari berish amaliyoti quyidagi ikki yo‗nalishga ega: 
1. Xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarga va aholiga ipoteka kreditlari berish
2. Ipoteka kreditlarini ikkilamchi bozorda sotish. 
O‗zbekiston Respublikasida ipoteka kreditlari bilan bog‗liq bo‗lgan huquqiy 
munosabatlar O‗zbekiston Respublikasining ―Ipoteka to‗g‗risida‖gi qonuni bilan 
tartibga solinadi. Shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 7 
yanvardagi PQ-2282-sonli ―2015 yilda Qishloq joylarda namunaviy loyihalar 
bo‗yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi dasturi va 2016 yilgi qurilishning asosiy 
parametrlari to‗g‗risida‖gi qarori ipoteka kreditlari berish amaliyotining muhim 
huquqiy asosi hisoblanadi. 
Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‗yicha yakka tartibda uy-joy qurish 
uchun beriladigan ipoteka kreditlari eng kam ish haqining 1000 barobari 
miqdorida, Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 50% darajasidagi foiz 
stavkasi bo‗yicha beriladi. 


Uy-joy qurish yoki sotib olish uchun beriladigan ipoteka kreditlari uy-joy 
qiymatining 75 foizigacha miqdorda beriladi. Uy-joy qiymatining qolgan 25% 
kredit oluvchining o‗z mablag‗lari hisobidan dastlabki badal sifatida to‗lanishi 
lozim. 
Xalqaro kreditlar – bu ssuda kapitalining davlatlararo harakati bo‗lib, ushbu 
hara kat valyuta va tovar ko‗rinishidagi mablag‗larni qaytarib berishlik, foiz 
to‗lashlilik va muddatlilik shartlari asosida berish natijasida berish natijasida 
yuzaga keladi. 
Xalqaro kreditlarning ikki asosiy turi mavjud: 
1. Xalqaro bank krediti. 
2. Xalqaro tijorat krediti. 
Xalqaro bank krediti banklar tomonidan valyutalarda beriladi. 
Xalqaro tijorat krediti firmalar, kompaniyalar tomonidan tovarlar 
ko‗rinishida beriladi. 
Xalqaro kreditlarning bahosi xalqaro ssuda kapitallari bozorida shakllanadi 
va ular har kuni e‘lon qilinadi. Dunyodagi eng yirik xalqaro ssuda kapitallari 
bozori bo‗lib, London ssuda kapitallari bozori hisoblanadi. 
London ssuda kapitallari bozorida har kuni mahalliy vaqt bilan soat 11.00 da 
etakchi xorijiy valyutalardagi depozitlar va kreditlarning foiz stavkalari aniqlanadi 
va butun dunyoga e‘lon qilinadi. 
Xorijiy valyutalardagi depozitlarning bozor stavkasi 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin