–
muddatlilik tamoyili
(kreditlar kredit shartnomasiga asosan ma‘lum
muddatga beriladi. Mamlakatimiz bank tizimida
kreditlar muddatiga qarab, qisqa
yoki uzoq muddatli kreditlarga guruhlanadi);
–
to‗lovlilik tamoyili
(kreditor barcha kreditlar uchun tegishli to‗lovlarni foiz
ko‗rinishida kredit oluvchidan undiradi);
–
ta‘minlanganlik tamoyili
(berilgan kreditlarning barchasi u yoki bu darajada
tegishli risk bilan bog‗liq bo‗ladi, kreditor ushbu riskni
pasaytirish maqsadida
kredit oluvchidan uning ta‘minlanganligini talab etadi. Odatda, kreditlar mol –
mulklarni garovga qo‗yish, sug‗urta polisi va uchinchi shaxslarning kafolat xatlari
bilan ta‘minlanadi);
–
qaytarishlik tamoyili
(kreditor tomonidan vaqtincha
foydalanishga berilgan
mablag‗lar tegishli muddatlardan so‗ng to‗liq qaytaralishi lozim bo‗ladi);
–
maqsadlilik tamoyili
(kreditor berayotgan kredit bo‗yicha
tuzilgan
shartnomada kreditni yo‗naltirilishi lozim bo‗lgan aniq maqsadlarni qayd etadi va
olingan kreditni shu maqsadga ishlatishi belgilab qo‗yiladi).
Xulosa qilib aytganda, kreditning funksiyalari va tamoyillarini to‗laqonli
amal qilishiga qator omillar ta‘sir etadi. Mazkur omillar mamlakat bank tizimining
holati, milliy iqtisodiyotdagi ijtimoiy –
iqtisodiy munosabatlari, davlatning ichki
va tashqi siyosati natijalari sifatida namoyon bo‗ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida
aynan shu munosabat va siyosatlarni samarali jarayonlarini ta‘minlanganligi kredit
funksiyalari va tamoyillarida o‗z aksini topadi.
8.5.Kreditning ob‘ektlari va sub‘ektlari.
Kreditning mohiyatini yanada aniqroq va to‗liqroq
ochib berishda uning
sub‘ektiv va ob‘ektiv mohiyatiga e‘tibor qaratish lozim. Kredit munosabatlarining
vujudga kelishida,
shuningdek, uning mohiyatini ochib berishda kreditning
sub‘ektiv mohiyati ham alohida o‗rin tutadi.
Kreditning sub‘ektiv mohiyati bir – biriga bog‗liq bo‗lgan
―kreditor‖
va
―kredit oluvchi‖
ning munosabatlarida namoyon bo‗ladi.
―Kreditor‖ va ―kredit oluvchi‖ o‗rtasida vujudga keladigan
munosabatlarning
asosida tovar – pul aylanmasi yotadi. Jamiyatda vaqtinchalik bo‗sh mablag‗larning
mavjudligi va tovar aylanmasining mavjudligi kredit va qarz oluvchining
manfaatlarini bir – biriga to‗qnashishiga xizmat qiladi. Agar, ushbu manfaatlar bir
– biriga mos kelsa ular o‗rtasida kredit munosabatlari vujudga keladi.
Dostları ilə paylaş: