9.2. Banklarning funksiyalari
anklarning mohiyati ularning funksiyalarida yanayam yaqqolroq
namoyon bo‗ladi. Banklarning funksiyalari ularning nazariy masalalari sifatida
e‘tirof etiladi. SHu bois ham banklarning mohiyatini yoritishda vujudga kelgan
qator mulohazali holatlar ularning funksiyalarini yoritishda ham mustasno emas.
Xususan, iqtisodiy adabiyotlarda banklarning funksiyalari haqida qator mulohazali
va tushunmovchilik holatlar mavjud. Masalan, ayrim manbalarda banklar
bajaradigan operatsiyalar ularning funksiyalari sifatida qayd etiladi. Bu erda bank
faoliyati natijasida ular tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalari nazarda
tutiladi. Biroq, shuni ta‘kidlash joizki, banklarning barcha operatsiyalari ham
ularning funksiyalari bo‗la olmaydi. Bank funksiyasi uning ma‘lum ko‗rinishdagi
faoliyatini ifodalaydigan iqtisodiy kategoriya bo‗lishi lozim.
Shunga qaramasdan, ayrim iqtisodiy manbalarda banklar to‗lov aylanmasi,
kassaga naqd pullarni qabul qilish va berish, kredit berish, qimmatli qog‗ozlarni
saqlash va boshqarish, naqd va naqdsiz ko‗rinishda xorijiy valyutani sotish va sotib
olish, shuningdek, bank tomonidan bajaraladigan boshqa operatsiyalar ularning
funksiyalari sifatida ta‘kidlanadi.
B
Bundan tashqari, iqtisodiy adabiyotlarda banklarning qimmatbaho metallar va
buyumlarni saqlash uchun maxsus seyflar berish, xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning
kapitalini shakllantirishda ishtirok etishi, kreditlash uchun resurslarni jalb etish va
boshqa shu kabi operatsiyalari ularning funksiyalari sifatida talqin etiladi. Albatta,
bu banklarning pul – kredit siyosatini amalga oshiruvchi muassasa sifatidagi
faoliyatini aniqroq tushinishda va ularning imkoniyatlari kengligidan dalolat
beradi. Biroq, ushbu operatsiyalarning barchasi banklarning funksiyalari bo‗lib
hisoblanmaydi. Chunki yuqorida ta‘kidlaganimizdek, banklarning har – bir
operatsiyasini ularning funksiyalari sifatida e‘tirof etadigan bo‗lsak, demak
zamonaviy banklar 300 dan ortiq funksiyani bajaradi degan fikr paydo bo‗ladi.
Banklarning funksiyalari haqida gap ketganda, bu jarayonni nafaqat banklar
nuqtai nazaridan, balki uning mijozlari manfaatlaridan ham kelib chiqib so‗z
yuritish lozim. Shu jihatdan banklarning funksiyalarini o‗rganishda ularni quyidagi
mezonlariga e‘tibor qaratish lozim:
1.
makroiqtisodiy darajada, banklar va real sektor ishtirokchilari o‗rtasida
iqtisodiy munosabatlar;
2.
banklarning tashkiliy – huquqiy va mulkiy shakli jihatidan amal qilishi
(Markaziy bank, tijorat banki, ixtisoslashgan bank va boshqalar).
Banklarning funksiyalari to‗g‗risida fikr yuritganda quyidagi masalalarni
e‘tibordan chetda qoldirish kerak emas. Birinchidan, banklarning funksiyalari
ularning mohiyatini kengroq ochishga xizmat qilishi lozim, ikkinchidan,
banklarning funksiyasi sifatida ta‘kidlangan iqtisodiy kategoriya barcha moliyaviy
institutlarning xususiyatlariga xos bo‗lgan jarayon emas, balki faqat banklargagina
xos bo‗lgan iqtisodiy kategoriya bo‗lishi lozim.
Ma‘lumki, banklarning asosiy operatsiyalaridan biri iqtisodiyotdagi bo‗sh pul
mablag‗larini tegishli shartlar asosida o‗ziga jalb etishga qaratilgan. Bu
banklarning funksiyasi bo‗la oladimi, degan savol tug‗iladi. Markaziy bankda
tijorat banklarining majburiy zaxiralari jamg‗ariladi, banklarda esa aholi va
mijozlarning vaqtinchalik bo‗sh pul mablag‗lari jamg‗ariladi. Iqtisodiyotda
vaqtinchalik bo‗sh pul mablag‗larni jamg‗arish banklarning qadimiy
operatsiyalaridan biri hisoblanadi. Bu erda asosiy masala shundan iboratki,
vaqtinchalik bo‗sh pul mablag‗larni jamg‗arish faqatgina banklarga xos bo‗lgan
operatsiya emas, ushbu operatsiyani jismoniy shaxslar yoki boshqa yuridik
shaxslar ham amalga oshirishi mumkin. CHunki, har qanday sub‘ekt u yoki bu
ob‘ektni moliyalashtirish uchun dastlab ma‘lum miqdordagi moliyaviy
mablag‗larni jamg‗arishi lozim. Biroq, masalaga yanayam chuqurroq
yondashadigan bo‗lsak, banklar ushbu operatsiyani bajarganda boshqa xo‗jalik
yurituvchi sub‘ektlar bajaradigan operatsiyalardan jiddiy farq qiladi. Ular asosan
quyidagi holatlarda namoyon bo‗ladi:
1. Banklar pullarni jalb etganda o‗z pullarini emas, balki begona shaxslarning
mablag‗larini jamg‗aradi;
2. Banklar jamg‗argan mablag‗larni o‗zining ehtiyoji uchun emas, balki
boshqa shaxslarning ehtiyojlari uchun sarflaydi (qayta taqsimlash asosida).
Banklarning funksiyalari xususidagi mulohazalarni chuqurlashtirish fikridan
yiroq ekanligimizni ta‘kidlagan holda, ularning quyidagi funksiyalari mavjudligini
qo‗llab – quvvatlaymiz.
Birinchi funksiyasi, vaqtinchalik bo‗sh pul mablag‗larni jalb qilish,
jamg‗arish va ushbu mablag‗larni kapitalga aylantirish funksiyasi. Banklarning
juda qadimiy funksiyalaridan hisoblanadi. Banklar jamiyatdagi vaqtinchalik bo‗sh
pul mablag‗larini tegishli shartlar asosida o‗zlariga jalb qiladi va ushbu
mablag‗larni samarali yo‗nalishlarga joylashtiradi. Albatta, banklardan tashqari
turli investitsion fondlar, moliya – sanaot korxonalari ham pul mablag‗larini jalb
qilish va jamg‗arish bilan shug‗ullanadi, biroq ularning pul mablag‗larini jalb
qilish va jamg‗arishi bilan banklarnikidan jiddiy farqlar mavjud. Banklarning
itiyorida bo‗lgan mablag‗larning deyarli 90 foizi chetdan jalb qilingan pul
mablag‗lari hisoblanadi. Bu banklarning asosiy faoliyati boshqa shaxslarning
mablag‗lari hisobiga amalga oshirilishi anglatish bilan birga, yuqori darajada
riskka bog‗liqligini keltirib chiqaradi.
Ikkinchi funksiyasi, korxona va tashkilotlar, davlat, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sub‘ektlarini kreditlash. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish
va mehnat taqsimotining chuqurlashuvi mulkiy shaklidan qa‘tiy nazar barcha
xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarni aylanma mablag‗larga bo‗lgan ehtiyojini oshiradi.
Xususan, korxona va tashkilotlar ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiyalash va
kengaytirish, mehnat taqsimotini takomillashtirish, qo‗shimcha aksiyalarni sotib
olish va boshqa maqsadlarni amalga oshirishda qo‗shimcha moliyaviy
mablag‗larga kuchli ehtiyoj sezadi. Xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning bu
ehtiyojining asosiy qismi banklarning kredit berish funksiyasi orqali qondiriladi.
Albatta, banklar ushbu funksiyani amalga oshirishda kreditning tegishli
tamoyillariga (muddatlilik, ta‘minlanganlik, to‗lovlilik, qaytarishlik va
maqsadlilik) amal qilgan holda xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarga tijorat asosida
taqdim etadi.
Uchinchi funksiyasi, xo‗jalik sub‘ektlari pul hisob – kitoblarini amalga
oshirish hisoblanadi. Iqtisodiyotda faoliyat yuritayotgan xo‗jalik sub‘ektlari kun
davomida bir necha yuz minglab turli darajadagi pul aylanmalarini (asosan naqdsiz
pul ko‗rinishida) amalga oshiradi. Banklarning bevosita ishtiroki natijasida ushbu
o‗tkazmalar jo‗natuvchidan oluvchiga etib boradi. SHuningdek, banklar pul
o‗tkazmalari orqali iqtisodiyotning turli tarmoqlariga kapitalni joylashtiradi va
kredit liniyalari ochadi. Bularning barchasi banklarning pul hisob – kitoblarni
amalga oshirish funksiyasi orqali bajariladi va tartibga solinadi.
Banklarning pul aylanmasini tartibga solish funksiyasi orqali Markaziy bank
iqtisodiyotdagi tovar massasi va pul massasi o‗rtasidagi o‗zaro muvozanatlikni
ta‘minlaydi. Ma‘lumki, ushbu muvozanatning buzilishi iqtisodiyotda inflyasiya
darjasini ortib ketishi yoki pul taqchilligini vujudga kelishiga olib keladi. SHu bois
ham Markaziy bank o‗zining pul – kredit instrumentlari orqali pul aylanmasi uchun
zarur bo‗lgan to‗lov vositasining miqdorini tartibga solib turadi.
To‗lovni amalga oshirishda vositachilik qilishi banklarning to‗rtinchi
funksiyasi hisoblanadi. Banklar iqtisodiy munosabatlarga kirishuvchi tomonlar
o‗rtasida to‗lovlarni amalga oshirish orqali vositachilik ishlarini amalga oshiradi.
Banklar orqali bank mijozlarining, aholining, davlatning moliyaviy mablag‗lari
o‗tadi, bank ular o‗rtasida to‗lovlarni amalga oshiruvchi moliyaviy muassasa
sifatida vositachilik vazifasini amalga oshiradi. Banklar vositachilik funksiyasi
orqali nafaqat pullarni bir xo‗jalik yurituvchi sub‘ektdan ikkinchisiga o‗tkazadi,
balki iqtisodiyotdagi moliyaviy kapitalni bir tarmoqdan ikkinchisiga o‗tishini
nazorat qilib boradi va ushbu tarmoqlarning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb
etadi.
Kredit mablag‗larni muomalaga chiqarish banklarning beshinchi funksiyasi
hisoblanadi. Ta‘kidlash joizki, ushbu funksiyani barcha banklar bajarish huquqiga
ega emas. Bozor iqtisodiyoti sharoitida muomalaga kredit pullarni chiqarish
Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan. Markaziy bank muomalaga chiqarayotgan
pul
massasini
mamlakatda
yaratilayotgan
tovar
massasiga
nisbatan
muvozanatligini ta‘minlashga e‘tibor qaratadi. Markaziy bankning ushbu
funksiyani samarali bajarayotganligi milliy valyutaning sotib olish qobiliyatini
mustahkamligi va inflyasiya darajasining pastligi belgilaydi.
Demak, tijorat banklari kredit pullarini muomalaga emissiya qilish huquqiga
ega emas, ular muomaladagi mavjud pul hajmi doirasida faoliyat yuritadi.
Muomaladagi pul massasining hajmini o‗zgarishiga tijorat banklari bevosita ta‘sir
qila olmaydilar, bunga faqat Markaziy bankning huquqi mavjuddir.
Iqtisodiy va moliyaviy maslahatlarni berish banklarning oltinchi funksiyasi
hisoblanadi. Banklar iqtisodiyotdagi moliyaviy muassasa sifatida mulkiy shaklidan
qa‘tiy nazar mamlakatdagi barcha xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarga o‗zlarining
huquqiy imkoniyatlaridan kelib chiqib, turli darajadagi iqtisodiy va moliyaviy
maslahatlarni beradi. Albatta, ushbu maslahatlar mijoz va bank o‗rtasida tuzilgan
tegishli shartnomalar yoki o‗zaro kelishuvlar asosida amalga oshiriladi.
Xulosa qilib aytganda, banklarning funksiyalari ularning mohiyatini va
bajaradigan operatsiyalarining mazmunini anglashga xizmat qiladi. Banklarning
funksiyalari turli iqtisodiy adabiyotlarda turlicha talqin etilishining asosiy sababi
ijtimoiy – iqtisodiy hayotda yuz berayotgan va rivojlanib borayotgan
munosabatlarning doimiy ravishda yangi qirralarining vujudga kelayotganligi bilan
izohlanadi.
Dostları ilə paylaş: |