― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   266
pul va banklar (2)

funksiyalari 
arkaziy bankning vazifalari va funksiyalari to‗g‗risidagi fikrlar 
O‗zbekiston Markaziy bankiga ham tegishlidir. Bu paragrafda biz O‗zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki faoliyatining ba‘zi bir xususiyatli tomonlari 
to‗g‗irisida to‗xtalib o‗tmoqchimiz. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida O‗zbekiston Rsspublikasida Markaziy bankning 
asosiy maqsadi pul-kredit tizimi va milliy valyuta barqarorligini ta‘minlash asosida 
iqtisodiy o‗sishga erishishdan iborat. 
Pul-kredit siyosatini samarali amalga oshirish uchun Markaziy bank pul-
kredit siyosatini rivojlantirishning bir yilga mo‗ljallangan asosiy yo‗nalishlarini 
ishlab chiqadi. Bu yo‗nalishlar Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangandan keyin 
harakat dasturi sifatida qabul qilinadi. Markaziy bankning vazifalari xilma-xil 
bo‗lib, bu qonunda aks ettirilgan. 
O‗zbekiston Resnublikasi Markaziy banki huquqiy shaxs sifatida, davlat 
mulkiga asoslangan bo‗lib, iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasa sifatida o‗z 
xarajatlarini daromadlari hisobidan qoplashi kerak. O‗zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki o‗z miqyosi va faoliyat darajasiga ko‗ra respublikamizdagi eng 
yirik bank hisoblanadi. 
Hozirgi kunda O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki 1995 yil 21 
dekabrda qabul qilingan «O‗zbekiston Respublikasi Mar-kaziy banki to‗g‗risida»gi 
qonun asosida faoliyat ko‗rsatmoqda. Bu qonunning 3-moddasida ko‗rsatilganidek, 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bosh maqsadi milliy valyutaning 
barqaror-ligini ta‘minlashdir. Valyuta barqarorligi pul massasi, narx-navo va milliy 
valyuta kursining barqaror bo‗lish tushunchasini o‗z ichiga oladi. Albatta, pul 
massasi, valyuta kursi, narx-navoga ta‘sir qiluvchi boshqa omillar ham mavjud. 
Milliy valyutaning barqarorligini ta‘minlash uchun O‗zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki qator muhim vazifalarpi hal etadi. Ularning asosiylari 
quyidagilardir: 
– monetar siyosatni va valyutani boshqarish siyosatini shakl-lantirish, qabul 
qilish hamda amalga oshirish; 
– O‗zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil 
qilish va ta‘minlash; 
– banklar faoliyatini tartibga solish va banklar faoliyati usti-dan nazorat 
qilish; 
– O‗zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta zaxirasini saqlash va 
ularni boshqarish; 



– Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat byudjetining kassa ijrosini tashkil 
etish. 
Markaziy bankka ayrim bank korxona va tashkilotlarning kapitalida 
qatnashishi, ularga moliyaviy yordam ko‗rsatishi, tijorat turi-dagi faoliyatlarni olib 
borishi man qilinadi. Markaziy bankni boshqarishning yuqori tashkiloti boshqaruv 
bo‗lib, u monetar siyosat-ni hamda o‗z zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarni 
amalga oshirishda boshqa davlat tashkilotlarining bevosita va bilvosita arala-
shuvidan holi hisoblanadi. 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‗z zimmasiga yuklatilgan 
vazifalarni bajarish uchun quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi. 
1. Iqtisodiyotni pul-kredit dastaklari yordamida boshqarish. 
2. Hisob-kitob va pul o‗tkazish operatsiyalarini bajarishni yo‗lga qo‗yish. 
3. Tijorat banklari faoliyatini boshqarish va nazorat qilish. 
4. Boshqa kredit muassasalarining kassa zaxiralarini saqlash. 
5. Rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini saqlash. 
6. Hukumat uchun hisob-kitob va kredit operatsiyalarini bajarish. 
7. Tijorat banklariga kredit berish. 
8. Pul emissiyasi. 
Markaziy bank o‗z sarf xarajatlarini daromadlari hisobidan qoplovchi 
iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasadir. Markaziy bankning mol-mulki uning pul 
va boshqa moddiy boyliklardan ibo-rat bo‗lib, ularning qiymati Markaziy bank 
balansida aks ettiri-ladi. 
Respublika Markaziy bankining nizom kapitali 2 mlrd. so‗m deb belgilangan. 
Shuningdek, Markaziy bank soliqlar va bojlardan «O‗zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki to‗g‗risida»gi qonunning 23-moddasiga muvofiq ozoddir. 
Markaziy bank kelgusi yil uchun O‗zbekiston Respublikasi monetar siyosatining 
asosiy yo‗nalishlarini ishlab chiqadi va har yili keyingi moliya yili boshlanishidan 
30 kun oldin Oliy Majlisga bu haqda axborot beradi. Markaziy bank pul-kredit, 
moliya, valyuta va narx munosabatlari-ning ahvoliga asoslanib, muomaladagi pul 
muassasining bitta yoki bir qancha ko‗rsatkichlari o‗zgarishining aniq maqsadli 
mo‗ljal-larini belgilashi mumkin. 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosati iqtisodiyot 
vaziyatni tahlil qilish va oldindan aytishni, pul miq-dorini yillik o‗stirish 
sur‘atlarining maqsadli ko‗rsatkichlarini, kredit, foiz va valyuta siyosatini amalga 
oshirish yo‗nalishlarini o‗z ichiga olib muhim makroiqtisodiy jarayonlar: pulning 
qadrsiz-lanishi, milliy ishlab chiqarishning umumiy hajmi hamda mehnat 
resurslarining bandligi, to‗lov balansini barqarorlashtrishga yo‗naltirilgan bo‗ladi. 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‗zaro hisob-kitoblarning 
O‗zbekiston tijorat banki tomonidan belgilangan va hamma bank hamda mijozlar 
uchun majburiy bo‗lgan qoidalar asosida olib borilishini nazorat qiladi. CHunki 
belgilangan qoidalarning bir taxlitda qo‗llanilishi butun respublika hududida hisob-
kitoblar-ning uzluksizligini ta‘minlaydi. 
«O‗zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‗g‗risida»gi Qonunning 50-
moddasiga muvofiq, banklarni nazorat qilishdan asosiy maqsad bank tizimining 
barqarorligini ta‘minlash, omonat-chi va kreditorlar manfaatlarini himoya 


qilishdan iborat. O‗zbe-kiston Respublikasi Markaziy banki bank faoliyatini 
amalga oshirishga ruxsat beradi. Bundan tashqari, O‗zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki bank muassasalarining rivojini xar tomonlama hi-sobga olib va 
kuzatib boradi, kapitalning aynan bir xilligi, lik-vidlikka doir talablarni o‗z ichiga 
oluvchi iqtisodiy me‘yorlarni (52-modda), shuningdek, kreditlash hajmi, limitlarini 
belgilaydi. Kapitalning etarliligi, aktivlarining sifati, foydaligi va likvidliligiga 
qarab tijorat banklarining moliyaviy ahvoli bahola-nadi. 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyutani tartibga solish va 
valyutani nazorat qilish davlat organidir. SHu bilan bir-ga, Markaziy bank yuridik 
va jismoniy shaxslarga chet el valyutasida operatsiyalar o‗tkazishga litsenziyalar 
beradi va milliy valyutani chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlash shartini 
belgilaydi. 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki xalqaro hisob-kitob-larda 
zaxiradagi aktiv va kafolatli sug‗urta fondi vazifasini bajarish bilan birga dunyo 
moliya bozorlarida operatsiyalarni amalga oshirish yo‗li bilan mamlakatimizning 
oltin-valyuta zaxiralari qiymatini ham yaratadi. Boshqa moliya muassasalari, 
korxonalar va xususiy shaxslar ham xorijiy valyutaga ega bo‗lish va valyuta opera-
siyalari o‗tkazish huquqi borligiga qaramasdan, O‗zbekiston Respub-likasi 
Markaziy banki valyuta zaxiralarini saqlovchi asosiy depo-zitariy bo‗lib qolishi 
lozim. 
Markaziy 
bank 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
hukumatining 
bankiri, 
maslahatchisi va xazina vakili sifatida ish tutadi. 
«O‗zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‗g‗risida»gi qonunning 44-
moddasiga muvofiq Markaziy bank hukumat bankiri sifatida hukumat muassasalari 
va tashkilotlarining hisob varaq-larini yuritadi, ana shu hisob varaqlarda 
mablag‗larni jamg‗aradi va ulardan to‗lovlarni amalga oshiradi; davlat 
qimmatbaho qog‗ozlari bilan operatsiyalar o‗tkazib turadi; davlatga bevosita qisqa 
muddatli va uzoq muddatli ssudalar shaklida yoki davlat obligatsiyalarini xarid 
qilish tarzida kredit beradi; hukumat idoralarining topshirig‗iga binoan oltin bilan 
yoki xorijiy valyutada operatsiyalar bajaradi. 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki hukumatning xazina vakili sifatida 
hukumat hisobvaraqlarini yuritadi, Hukumatning moliya operatsiyalariga 
ko‗maklashadi byudjet daromad va xarajatlari masalalari yuzasidan maslahatlar 
beradi, davlat qimmatli qog‗oz-larini joylashtiradi, ular bo‗yicha hisobvaraqlar 
yuritadi va dav-latning boshqa qarz majburiyatlari bo‗yicha to‗lovlarni amalga 
oshi-radi. 
Banklar banki sifatida O‗zbekiston Respublikasi Markaziy ban-ki hisob-
kitob-to‗lov operatsiyalarini o‗tkazish, banklararo to‗lov-larning hisob-kitob-
kliring xizmatini uyushtirish tartibini bel-gilaydi, tijorat banklariga kreditlar, 
tegishlicha ko‗rsatmalar beradi. 
Tijorat banklari O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi o‗z hisob 
varaqalaridan o‗zaro hisob-kitoblar uchun foydalanadilar. Bundan tashqari, 
ularning o‗z mablag‗lari kamlik qilsa, Markaziy bankdan kredit olishlari, naqd pul 
bo‗yicha ham Markaziy bankka murojaat qilishlari mumkin. 


SHuningdek, o‗z hisob va kredit operatsiyalari bo‗yicha stavkalarni mustaqil 
ravishda belgilaydi. Markaziy bank O‗zbekiston Respub-likasi hududida qonuniy 
to‗lov vositasida banknotalar va tanga ko‗rinishidagi pul belgilarini muomalaga 
chiqaradi. 
Markaziy bank va u vakolat bergan talabga ko‗ra bir nominal qiymatdagi 
banknota va tangalarni boshqasiga hech qanday to‗lovsiz yoki vositachilik haqisiz 
almashtirib beradi. Naqd pul mablag‗larini muomalaga chiqarish va qaytarib 
olishni faqat Markaziy bank amalga oshiradi. 
Markaziy bank tijorat banklari uchun majburiy zaxira miq-dorini belgilab 
beradi. Hozirgi kunda bu ko‗rsatkich milliy valyutada 15 % va xorijiy valyutada 8 
%ni tashkil qiladi. U pul muomalasini barqarorlashtirish va banklar likvidligini 
ta‘minlashda ahamiyatga ega. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin