― pul va banklar


-mavzu: Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimi va uning tarkibi



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   266
pul va banklar (2)

10-mavzu: Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimi va uning tarkibi 
 
REJA

10.1. Bank tizimi va uning rivojlanish bosqichlari
 
10.2. Oʻzbeksiton Respublikasi bank tizimi pogʻonalari
 
10.3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki vazifalari va funksiyalari 
10.4. Tijorat banklari vazifasi va funksiyalari 
10.1.Bank tizimi va uning rivojlanish bosqichlari 
ank tizimi bozor iqtisodiyotining muhim va ajralmas qismi-dir. Tovar 
pul munosabatlarining keng miqyosda rivojlanishi bank-lar oldida 
yangidan-yangi operatsiyalar bajarishga imkoniyatlar ochib beradi. 
SHuning uchun ham, respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablari-ga mos 
keluvchi zamonaviy bank tizimini yaratish zaruriyati tug‗ildi. O‗zbekiston 
Respublikasi bank tizimining bosh maqsadi jahon tala-biga mos keluvchi, 
rivojlangan milliy kredit tizimiga ega bo‗lish, xo‗jaliklar va aholining bo‗sh turgan 
mablag‗larini jalb qilish va uni samarali taqsimlash asosida aholining talablarini 
qondirish uchun zamin yaratish va yashash sharoitini yaxshilashga erishishdan 
iborat. Bu maqsadga erishishni taminlash uchun davlatimiz tomonidan 
mamlakatimiz bank sektorining rivojlanishini ta‘minlovchi zaru-riy makroiqtisodiy 
sharoitlarni hamda bank tizimi barqarorli-gini ta‘minlash, shuningdek, bank 
nazorati tizimini va banklar faoliyatini boshqarish usullarini takomillashtirish, 
banklarning depozit, kredit, va investitsiya faoliyatini yanada rivojlantirishga 
erishish va banklar o‗rtasida raqobat bo‗lishini ta‘minlashga asos yaratishdan
nobank tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, moliya-kredit sektorining huquqiy 
bazasini yaxshilash, ularning moddiy-texnik jihatdan samarali taminlanganligiga 
erishish kabi choralarni amalga oshirish ko‗zda tutilgan. 
Bank tizimini qayta tashkil qilishni amalga oshirish quyidagi tamoyillarga 
acoclangan holda olib borilishi mumkin: 
– xorijiy va mahalliy investorlarning ishonchini qozonish maqsadida bank-
moliya tizimi barqarorligiga erishish; 
– Bank tizimidagi islohotlar umumiqtisodiy islohotlarning o‗tkazilishi bilan 
mos kelishi; 
–bank-moliya tizimini bosqichma-bosqich takomillashtirish yo‗li bilan jahon 
bank tizimiga yaqinlashtirish; 
– pul-kredit siyosatini olib borishda mamlakatning ichki ehtiyoj-lari va 
iqtisodiyotning xususiyatini hisobga olish; 
– banklar faoliyatida mijozlar manfaatini ustun qo‗yish va boshqalar. 
Bizning zaminimizda mavjud bo‗lgan banklarning rivojlani-shini ikki yirik 
davrga bo‗lib qarash mumkin. Birinchi davr bu –O‗z-bekiston mustaqillikka 
erishgungacha bo‗lgan davrdagi bank tizimi va ikkinchi davr O‗zbekiston 



mustaqillikka erishgandan keyingi davrdagi bank tizimi va uning rivojlanish 
bosqichlarini o‗z ichiga oladi. 
Biz ta‘kidlaganimizdek, O‗zbekistonda bank tizimi ikki pog‗ona-li bo‗lib, 
banklar tizimining birinchi pog‗onasi – bu O‗zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki, ikkinchi pog‗onasi – tijorat bank-lari, ularning sho‗‗balari, chet el banklari 
sho‗balari hisoblanadi. 
O‗zbekiston Respublikasi banklar tizimini kengaytirgan holda quyidagicha 
chizmada keltirish mumkin. 1991 yilning 31 avgustida Respublikamiz 
mustaqilligining e‘lon qilinishi tarixiy voqea bo‗ldi. Mustaqillik bizga o‗z-o‗zi-
mizni boshqarish, imkoniyatlarimizdan o‗zimiz foydalanish, shaxsiya-timizni 
qaytib olishimizga katta yo‗l ochib berdi.
Butun dunyo mamlakatlari tomonidan tan olingan bozor iqtiso-diyoti bizning 
respublikamizga ham kirib keldi. SHuning uchun ham respublikamizda bozor 
iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimini yaratish zaruriyati 
tug‗ildi. 
O‗zbekiston mustaqillikka erishgunga qadar bo‗lgan bank tizimining 
rivojlanishini tahlil qilib qaraydigan bo‗lsak, uning rivoj-lanishining quyidagi 
bosqichlarini keltirish mumkin: 
– birinchi bosqich XIX asrning oxiridan 1930-32 yillargacha bo‗lgan davrni 
o‗z ichiga oladi. Bu davr ichida oldingi mavjud bo‗lgan banklar zaminida Sobiq 
Sovet Ittifoqining kredit tizimi tashkil qilindi. Bu davrda 30-yillarda iqtisodning 
rivojlanishiga mos keluvchi banklar: tarmoq banklari, o‗lka banklari, tijorat 
banklari, maxsus banklar, davlat banklari kabi banklar faoliyat ko‗rsatgan; 
– ikkinchi bosqich 1932 yildan 1959 yillargacha bo‗lgan davrni o‗z ichiga 
oladi. Bu davrda banklar faoliyatida o‗zgarishlar yuz berdi va banklar veksel orqali 
kreditlashdan (o‗sha davrlarda bu kreditlash amaliyotda «egri» kreditlash deb nom 
olgan) to‗g‗ridan-to‗g‗ri korxonalarni kreditlashga o‗tkazilgan. Bu davrda 
xo‗jaliklar o‗rtasidagi vazifalar taqsimlangan va iqtisodiyot sohalari bo‗yicha 
banklar tashkil qilingan hamda bu banklar faqat shu sohalarni uzoq muddatli 
kreditlash va moliyalashtirish bilan shug‗ullangan. Davlat banki esa asosan qisqa 
muddatli kreditlash jarayonlarini olib borgan; 
– uchinchi bosqich 1959 yildan 1988 yilgacha bo‗lgan davrni o‗z ichiga oladi. 
Bu davrda mavjud tarmoq banklari qayta tashkil qili-nib, mamlakatdagi barcha 
kredit munosabatlarini olib borish maqsadida uchta bank tashkil qilindi. Bular: 
Davlat banki, qurilish banki, tashqi savdo banki bo‗lgan. Davlat banki 
iqtisodiyotning barcha sohalariga faqat qishloq xo‗jaligining ba‘zi ehtiyojlari 
uchun uzoq muddatli kreditlar berilgan) qisqa muddatli kreditlar berish bilan 
shug‗ullangan. Qurilish banki kapital qo‗yilmalar bilan bogg‗liq bo‗lgan 
xarajatlarni, qurilishni moliyalashtirish, uzoq muddatli kreditlar berish bilan 
bog‗liq operatsiyalarni bajargan. Tashqi savdo banki Moskvada joylashgan bo‗lib, 
mamlakatning eksport-import bilan bog‗liq faoliyatini boshqarib borgan; 
– to‗rtinchi bosqich bank tizimini qayta tashkil qilish davri bo‗lib, u 1988 
yildan 1990 yilgacha bo‗lgan davrni o‗z ichiga olgan. Bu davrda bank tizimida 
katta o‗zgarishlap ro‗y berdi va Davlat banki bilan bir qatorda maxsus tarmoq 
banklari tashkil qilindi. 


Bu banklar jumlasiga, Sanoat Qurilish banki, Agrosanoat banki, Uy-joy 
qurilish va ijtimoiy ta‘minot banki, jamg‗arma bank va tashqi iqtisodiy faoliyat 
banki kabilar kiradi. Bu banklar faoliyatining xususiyatli tomoni shunda ediki, ular 
o‗zi xizmat ko‗rsatadi-gan sohaga uzoq va qisqa muddatli kreditlar berish 
huquqiga ega edilar. 
SHu davrdan boshlab Davlat bankidan kreditlash funksiyasi olib tashlandi va 
u emission bank sifatida faoliyat ko‗rsatadigan bo‗ldi. 90-yillarda bank tizimini 
qayta tashkil qilishdan asosiy maqsad mamlakatda yuz berayotgan asosiy 
o‗zgarishlarni hisobga olgan holda banklar zimmasiga korxonalar va tashkilotlarga 
kompleks xizmat ko‗rsatishni ta‘minlash va korxonalar bilan banklar o‗rtasidagi 
munosabatlarni xo‗jalik hisobiga o‗tkazish, quyi bank muassasalari-ning huquq va 
majburiyatlarini oshirishdan iborat edi. 
Mustaqillikka erishgunga qadar O‗zbekiston hududidagi bank muassasalari 
SSSR bank tizimi tarkibiy qismiga kirar edi. SHu bilan birga bu banklar sobiq 
«Ittifoq» bank tizimi doirasidan tashqarida faoliyat ko‗rsata olmasdilar. Sobiq 
SSSR bank tizimida Davlat banki monopol mavqega ega bo‗lib, u bir vaqtning 
o‗zida emis-siya instituti, qisqa muddatli kreditlashtirish va xo‗jaliklarga hisob-
kitob operatsiyalari bo‗yicha xizmat ko‗rsatuvchi markaz hisob-lanardi. Davlat 
bankining ham emissiya funksiyalarini ham hisob-kitoblar va 90-yillargacha 
kreditlar bo‗yicha mijozlarga xizmat ko‗rsatish funksiyalarini bajarishga 
mononollashuvi uni davlat boshqaruv va nazorat organiga aylangan edi. 
Ma‘muriy buyruqbozlik davrida kredit munosabatlari iqtisodiyotni 
boshqarishda normal xarakterga ega. Davlat banki kredit resurslari bo‗yicha 
cheklanmagan monopol mavqega ega edi. Kredit resurslari harakatini ham 
boshqarish ham nazorat qilish Davlat bankining monopol ta‘siri ostida edi. 
Rivojlangan mamlakatlar bank tizimiga xos barcha xususiyatlarining inkor etilishi, 
sobiq «Ittifoq» bank tizimining tor doirada rivojlanishiga olib keladi. 
Markazlashtirilgan bank tizimi boshqaruv asosida faoliyat ko‗r-satayotgan 
respublika banklar tor doirada pul resurslari haraka-tini boshqarar, lekin resurslarni 
taqsimlash, emission jarayonlarni amalga oshirish va nazorat qilish sobiq «Ittifoq» 
Davlat banki qo‗lida edi. 
Iqtisodiyotni boshqarishning markazlashtirilgan usulidan voz kechish va 
bozor iqtisodiyoti tomon dastlabki qadamlar qo‗yilishi bilanoq markazlashtirilgan 
bank tizimini qator kamchiliklari ro‗yobga chiqdi. Bu esa bank tizimida tub 
o‗zgarishlarni amalga oshirishni talab etardi. Albatta, bu bozor iqtisodiyotiga ilk 
qadamlar qayta qurish sharofati bilan bozorga xos ba‘zi bir belgilarni totalitar 
iqtisodiyotga tatbiq etilishi bilan tushuniladi. Bu jarayonda bank tizimining 
tashkiliy strukturasini o‗zgartirish, banklarning rolini oshirish, iqtisodiy tizimni 
rivojlanishiga ularning ta‘sirini kuchaytirish, kreditni harakatdagi iqtisodiy 
dastakka aylantirish ko‗zda tutilgandi. 
Bank tizimi rivojlanishining ikkinchi davri asosan O‗zbekiston mustaqillikka 
erishgandan keyingi davrni o‗z ichiga oladi. Bu davrni quyidagi bosqichlarga 
bo‗lib tahlil qilish mumkin: 
– mustaqil O‗zbekiston bank tizimini tashkil qilishning birin-chi bosqichi. Bu 
1991-1994 yillarni o‗z ichiga oladi. Bu davrda 1992 yilning sentyabrgacha 


O‗zbekiston davlat banki sobiq SSSR Davlat bankining respublika bo‗limi sifatida 
faoliyat ko‗rsatdi va u kredit resurslarni davlat korxonalari miqyosida taqsimlash, 
emission operatsiyalarni olib borish bilan shug‗ullandi. Qolgan tarmoq bank-lar 
ham davlat mulkiga asoslangan edi. 
O‗zbekistonda ikki pog‗onali bank tizimini tashkil qilishga 1988 yildan 
boshlab kirishilgan bo‗lsa-da, bu maqsadning to‗liq amalga oshirilishiga sharoit 
1994 yildan boshlab yuzaga keldi. Bu davrga kelib Markaziy bankning tashkiliy 
tarkibiy asosi, faoliyat olib borish uslubi o‗zgardi, tijorat banklarning soni va ular 
bajara-digan operatsiyalar salmog‗i oshib bordi. 
Bank tizimini tashkil qilishning birinchi bosqichida markazlashgan 
rejalashtirishda Markaziy bankning mavqei hali ham yuqori edi, sohalarning 
deyarli hamma qismi davlat tasarrufida edi. 
O‗zbekiston Respublikasida ikki bosqichli bank tizimining tashkil etilishi 
tamal toshi 1991 yil 15 fevraldagi «Banklar va bank faoliyati to‗g‗risidagi» qonun 
hisoblanadi. Bu qonunga binoan davlat boshqaruv organlari respublika Markaziy 
banki faoliyatiga aralashmasliklari kerak, u faqat Respublika Oliy Majlisiga 
hisobot berish o‗rinli ekanligi belgilab berildi. Bu qonunni amalga tatbiq etish 
asosan Respublikamiz o‗z mustaqilligini qo‗lga kirit-ganidan so‗ng boshlandi. 
O‗zbekistonda bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‗tish yo‗li-ni 
tanlanganligi bois, birinchi bosqichdagi pul-kredit siyosati sohasidagi asosiy 
vazifalar quyidagilardan iborat qilib belgi-landi: 
– Markaziy bank boshchiligida keng tarmoqli tijorat va xususiy banklarni ikki 
bosqichli bank tizimi shaklida vujudga keltirish; 
– Respublika hududida yirik chet el banklarining bo‗limlari va 
vakolatxonalarini ochish uchun qulay sharoit yaratish; 
– Barqaror pul muomalasini ta‘minlash, kredit va naqd pul emissiyasini, 
asossiz o‗sishini keskin cheklash; 
– O‗zbekiston Respublikasining milliy pulini muomalaga kiritish uchun zarur 
iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar hamda imkoniyatlarni yaratish va boshqalar. 
Qayta tashkil etish jarayonining birinchi bosqichida davlat banklarini yangi 
strukturasini tashkil etish boshlandi. Qayta tashkil etish modeli quyidagilarni o‗z 
ichiga oldi: 
– ikki bosqichli bank tizimini vujudga keltirish: Markaziy emission bank va 
bevosita xo‗jaliklarga xizmat ko‗rsatuvchi ixtisoslashgan banklarni tashkil qilish; 
– ixtisoslashgan banklarni to‗laligicha xo‗jalik hisobiga va o‗z-o‗zini 
moliyalashga o‗tkazish: 
– iqtisodiy tizim doirasida huquqiy va jismoniy shaxslar bilan bo‗ladigan 
kredit munosabatlari uslublari va shakllarini takomillashtirish va boshqalar. 
Bank tizimini takomillashtirish jarayoni davomida davlat banki o‗zining 
kredit tizimidagi markaziy o‗rnini saqlab qolgan holda korxona va tashkilotlarga 
kredit berish va ular bilan hisob-kitob-larni olib berish funksiyasini maxsus ixti-
soslashgan banklarga topshiradi, ya‘ni bankning emission faoliyati, kreditlash 
faoliyati bilan birga olib borish funksiyasiga chek qo‗yildi. Davlat banki 
ixtisoslashgan banklar faoliyatini boshqaruvchi, barcha banklar uchun bir xil pul-
kredit siyosatini olib boruvchi muassasalarga aylanadi. 


Bank tizimining takomillashtirilishi natijasida vujudga kelgan maxsus 
ixtisoslashgan banklar: Sanoat Qurilish banki, Kommunal Qurilish va ijtimoiy 
taraqqiyot banki, Agrarsanoat banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat banki, Jamg‗arma 
banki xo‗jaliklar bilan banklar o‗rtasidagi aloqalarni tobora yaqinlashtirishda 
ixtisoslashtirilgan davlat banklari o‗zlarida ma‘lum darajada boshqaruvchilik 
mavqeini saqlab qoladilar. Bank tizimini takomillashtirish jarayonida juda muhim 
natijalarga erishildi, lekin tashkil qilingan banklar iqtisodiy munosabatlarining 
xususiyatlarini to‗liq ifoda qilolmasdi. SHuning uchun ham, bozor iqtisodiyotiga 
o‗tish sharoitida bank tizimini takomillashtirishning ikkinchi bosqichi ob‘ektiv 
zaruriyatga aylandi. 
O‗zbekistonda bank tizimini tashkil qilishning ikkinchi bosqichi 1994 yildan 
keyingi davrni o‗z ichiga oladi. Bu davrda bank tizimining takomillashgan 
faoliyatini belgilab beruvchi bank qonun-lari: 1995 yil 21 dekabrda «O‗zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki to‗g‗risida»gi va 1996 yil 25 aprelda «Banklar va 
bank faoliyati to‗g‗risida»gi Qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlarga asosan banklar 
faoliyatining huquqiy asoslari belgilab berildi va ularning ishlash usullarini 
takomillashtirish choralari ishlab chiqildi. 
Tijorat banklarining samarali faoliyatini ta‘minlash maqsadida bank nazorati 
va monitoringini amalga oshirish, tijorat banklari faoliyatini boshqarish usullarini 
takomillashtirish va xalqaro talablarga moslash, yangi schetlar tizimiga o‗tish, chet 
el banklarining sho‗‗balarini ochish, to‗lov tizimini takomillashti-rish, tijorat 
banklarining qimmatbaho qog‗ozlar bilan operatsiya-larini rivojlanlantirish, pul va 
valyuta bozorida banklarning aktiv faoliyatini ta‘minlash kabi dolzarb masalalar 
hozirgi kunda mustaqil bank tizimining rivojlanishi tufayli o‗z yechimini 
topmoqda. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin