― pul va banklar


 Banklarning iqtisodiyotdagi roli



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   266
pul va banklar (2)

9.6. Banklarning iqtisodiyotdagi roli. 
anklarning mohiyati va funksiyalari, shuningdek, bajaradigan 
operatsiyalari va ko‗rsatadigan xizmatlari ularning iqtisodiyotdagi rolini belgilab 
beradi. Banklarning iqtisodiyotdagi roli deganda asosiy e‘tiborni ularning vujudga 
kelish omillari, rivojlanish jarayonlari va bajaradigan operatsiyalariga qaratish 
lozim. Banklarning roli ularning funksiyalari kabi ma‘lum darajadagi 
xususiyatlarga egadir. Banklar mulkiy jihatdan qanday shaklda tashkil topgan 
bo‗lishidan qa‘tiy nazar, iqtisodiyotda umum ahamiyatga ega bo‗lgan 
operatsiyalarni bajaradi. SHu bois ham banklar qanday mulkiy shaklda yoki 
ixtisoslikda tashkil topgan bo‗lishidan qa‘tiy nazar, ular iqtisodiyotda alohida 
ahamiyat kasb etadi.
Banklarning iqtisodiyotdagi roli xususida so‗z ketganda, dastlab jamiyatda 
ularning bajaradigan operatsiyalarini zarurligi va turlari, shuningdek, xo‗jalik 
yurituvchi sub‘ektlar va aholining ularga bo‗lgan ehtiyoji doirasida so‗z yuritish 
maqsadga muvofiq. Bularning barchasi banklarning iqtisodiyotdagi ahamiyatini 
anglatadi.
Albatta, banklarning iqtisodiyotdagi ahamiyati juda ko‗pqirrali bo‗lib, 
ularning asosiylari quyidagilardan iborat: 
-jamiyatdagi vaqtinchalik bo‗sh pul mablag‗larni tegishli shartlar asosida 
o‗ziga jalb etadi; 
-qo‗shimcha moliyaviy mablag‗larga ehtiyoji mavjud xo‗jalik yurituvchi 
sub‘ektlar va aholiga qaytarishlik, to‗lovlik, muddatlilik va ta‘minlanganlik asosida 
mablag‗lar beradi; 
-milliy valyutaning emissiyasini tashkil etadi va uning barqarorligini 
ta‘minlash doirasida pul – kredit siyosatini amalga oshiradi; 
-pul aylanmasini tashkil etadi va uning tartibini belgilaydi; 
-iqtisodiy munosabatlarga kirishuvchi sub‘ektlar o‗rtasida hisob – kitob va 
to‗lovlarni amalga oshirishda vositchilik qiladi; 
-bozor ishtirokchilariga turli darajadagi komission va maslahat xizmatlarini 
amalga oshiradi; 
-aholiga va mijozlarga trast va depozitar xizmatlarini taklif etadi. 
Banklarning iqtisodiyotdagi rolining asosiy jihatlaridan biri, jamiyatdagi 
vaqtinchalik bo‗sh pul mablag‗larini jamg‗arish asosida ularni iqtisodiyotning 
tegishli tarmoqlariga qayta taqsimlashda namoyon bo‗ladi. Ma‘lumki, jamiyatda 
faoliyat yurituvchi xo‗jalik sub‘ektlarining asosiy maqsadi iqtisodiy foyda olishga 
qaratilgan. Shu bilan birga, ishlab chiqarish jarayoni turli tarmoqda turlicha 
bo‗lganligi bois, ma‘lum davrda ayrim xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarda ishlab 
chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun qo‗shimcha moliyaviy mablag‗larga 
ehtiyoj tug‗ilsa, ayrimlarida aksincha. Iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarish 
siklining turli – tumanligi (qishloq xo‗jaligi, qayta ishlovchi korxonalar, qurilish 
sanoati va boshqalar) sababli, moliyaviy mablag‗lar vaqtinchalik ishlab chiqarish 



jarayonidan chetlashtiriladi. Bu jarayonda bir tomondan bir guruh iqtisodiyot 
tarmoqlarida qo‗shimcha moliyaviy mablag‗larga nisbatan qo‗shimcha ehtiyojni 
keltirib chiqarsa, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida mablag‗larning ishlab 
chiqarishdan chetlashishini keltirib chiqaradi.
Bu ikki tomonning iqtisodiy manfaatlarini birlashtiruvchi moliyaviy tashkilot 
sifatida banklar maydonga chiqadi. Birinchi guruh iqtisodiyot tarmoqlarining 
vaqtinchalik bo‗sh pul mablag‗larini tegishli shartlar asosida jalb etib, ushbu 
mablag‗larga ehtiyoji bo‗lgan ikkinchi guruh iqtisodiyot tarmoqlariga, ya‘ni 
qo‗shimcha moliyaviy resurslarga ehtiyoj sezgan xo‗jalik sub‘ektlariga qayta 
taqsimlab beradi.
Bizningcha, ushbu munosabatlarni bankdan bo‗lak birorta moliyaviy tashkilot 
samarali va tez hal eta olmaydi. Banklarning ushbu o‗ziga xos jihati 
iqtisodiyotdagi rolini belgilaydi. 
Banklarning iqtisodiyotda bajaradigan yana bir o‗ziga xos xususiyatlaridan 
biri, bu ularning xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar, aholi va davlat tashkilotlari 
o‗rtasida amalga oshiriladigan hisob – kitoblarni tashkil etishi va ularning ustidan 
tegishli nazorat ishlarini amalga oshirish hisoblanadi. Ma‘lumki, bozor iqtisodiyoti 
sharoitida xo‗jalik sub‘ektlari o‗rtasida har kuni bir necha yuz minglab pul 
o‗tkazmalari amalga oshiriladi. Bularning barchasi banklar tomonidan amalga 
oshiriladi va tartibga solib turiladi. 
Banklarning iqtisodiyotdagi rolini yuqori yoki pastligiga qator omillar ta‘sir 
qiladi. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat: 
a). Aholi va mijozlarning banklarga bo‗lgan ishonchining mustahkamligi.
 
Xalqaro bank amaliyoti va mustaqillikdan keyin bosib o‗tilgan qisqa davrda 
yig‗ilgan tajribalarning natijalari shuni ko‗rsatmoqdaki, bozor iqtisodiyotining 
asosiy o‗zagi asosan o‗zaro ishonch va halollikka tayanadi. Agar mazkur holatni 
aholi va mijozlarning banklarga bo‗lgan ishonchi yo‗qolishi bilan bog‗lab 
ko‗radigan bo‗lsak, banklarga nisbatan ishonch yo‗qolishi oqibatida ularning 
jamiyatdagi rolini pasayishiga olib keladi. 
Aholi va mijozlarning banklarga bo‗lgan ishonchining zaifligiga quyidagilar 
sabab bo‗lishi mumkin: 
–banklarning mijozlar oldidagi majburiyatlarini o‗z vaqtida bajarmasa
–aholi va mijozlarning kreditga, ayniqsa naqd pulga bo‗lgan talabi to‗liq va 
o‗z vaqtida qondirilmasa; 
–mijozlarning hisobvaraqlari bo‗yicha mablag‗lar qoldig‗i va aylanmalari 
haqida bank siri ta‘minlanmasa; 
–mijozlarning pul o‗tkazmalarini istalgan paytda va zarur miqdorda tegishli 
manzilga o‗tkazilmasa; 
–bankda omonatlarni saqlashning iqtisodiy manfaatdorligi pasayib ketishi va 
boshqalar. 
b). Mamlakat iqtisodiyotida bozor mexanizmlari to‗liq va barchaga barobor 
ravishda amal qilishi lozim. Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, 1991 yil 
mustaqillikka erishganimizdan so‗ng iqtisodiyotni markazdan boshqarishning 
byurokratik usullaridan voz kechib, iqtisodiyotni boshqarishning bozor 
mexanizmlariga o‗tdik, – deganimiz bilan amaliyotda buning ijobati to‗liq 


namoyon bo‗lmayapti. Xususan, tijorat banklarining xo‗jalik sub‘ektlariga 
kreditlarni berishda, ayniqsa mijozlarning naqd pullarga bo‗lgan talabini 
qonidirilmasligi bu boradagi vaziyatning dolzarbligini anglatadi. Bularning 
barchasi banklarning iqtisodiyotdagi rolini yanada oshirish lozimligidan dalolat 
beradi. 
Banklarning iqtisodiyotdagi rolini oshishi yoki pasayishiga nafaqat ularning 
sayi harakatlari, balki milliy iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi va 
raqobatbardoshligi bevosita ta‘sir qiladi. CHunki, banklar milliy iqtisodiyotdan 
ajralgan holda, alohida sub‘ekt sifatida samarali faoliyat yuritishi mumkin emas.
Masalan, banklarning asosiy faoliyat turlaridan biri muomalaga pulni emissiya 
qilishini oladigan bo‗lsak, muomalaga emissiya qilingan pul massasi tovar massasi 
bilan ta‘minlangan bo‗lishi lozim. Aks holda, milliy valyutaning inflyasiya darajasi 
oshishi bilan birga, uning sotib olish qobiliyati pasayib ketadi. Demak, muomalaga 
emissiya qilingan pullar tegishli tovar massasi bilan ta‘minlangan bo‗lishi lozim. 
Bu o‗z navbatida iqtisodiyotda ishlab chiqarish va tovarlar aylanmasi 
samaradorligi ta‘minlanganligini talab etadi.
Demak, iqtisodiyotda tovar massasi va pul massasi o‗rtasidagi 
muvozanatlikning ta‘minlanishi, birinchidan, bankning iqtisodiyotdagi rolini 
oshirsa, ikkinchidan, milliy iqtisodiyotning samaradorligini ta‘minlashga xizmat 
qiladi. Biroq, bu muvozanatlikni ta‘minlanishiga qator ob‘ektiv va sub‘ektiv 
omillar ta‘sir qiladi.
Masalan, 90 yillarning oxirlarida Rossiyada, shuningdek, qator sobiq ittifoq 
respublikalarida, shu jumladan malakatimizda ham pullarni muomalaga chiqarish 
hajmi ishlab chiqarish hajmidan sezilarli darajada pasayib ketdi. Buning natijasida 
ishlab chiqarish jarayonida uzilishlarni vujudga kelishiga, shuningdek, xo‗jalik 
yurituvchi sub‘ektlar o‗rtasida debitor – kreditor summalari miqdorining sezilarli 
darajada oshib ketishiga olib keldi. 
Banklarning mamlakat iqtisodiyotiga ta‘sirini, ya‘ni ularning rolini real 
sektorni kreditlash munosabatlari misolida ham ko‗rishimiz mumkin. Mamlakat 
real sektori ishtirokchilari bank kreditiga nisbatan doimiy ravishda ehtiyoji mavjud 
bo‗lib, ushbu ehtiyoj ayniqsa, iqtisodiy inqiroz sharoitida ortib ketadi. Inqiroz 
sharoitida iste‘mol tovarlarga nisbatan talabning hamda tovar va xizmatlar 
bahosining pasayishi, davlat buyurtmalari hajmining qisqarishi, debitorlarning 
to‗lovga layoqatsizligi korxonalarda qo‗shimcha moliyaviy resurslarga bo‗lgan 
kuchli talabni paydo bo‗lishiga sabab bo‗ladi. Albatta, ushbu talab to‗lig‗icha 
banklarning kreditlari hisobidan qondirilishi, birinchidan, maqsadga muvofiq 
emas. Ikkinchidan, banklarda iqtisodiy inqiroz sharoitida ushbu ehtiyojni qondirish 
uchun etarli moliyaviy resurslarning taqchilligi paydo bo‗ladi. 
Bundan tashqari, eng muhimi banklar tomonidan berilgan kreditlarning to‗liq 
qaytmaslik xavfi, ya‘ni kredit riski vujudga keladi. Shu bois, iqtisodiy inqiroz 
sharoitida banklarning kreditiga talab yuqori bo‗lsada, banklar kredit quyilmalari 
hajmini oshirishga moyillik sezishmaydi. Bu banklarning iqtisodiyotdagi rolini 
pasayishiga emas, balki banklar ham tijorat muassasa sifatida asosiy e‘tiborini 
iqtisodiy manfaatdorlik olishga qaratishini, eng muhimi banklar risk asosida kredit 
sifatida beradigan mablag‗lari o‗z mablag‗lari emas, balki chetdan jalb qilingan 


boshqa shaxslarning mablag‗lari hisobiga faoliyat yuritayotganligini unutmaslik 
lozim. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin