– birinchidan, kreditga so‗ralayotgan summa bilan kreditga berilishi mumkin
bo‗lgan summa o‗rtasida nomutanosiblik bo‗lishi mumkin;
– ikkinchidan, ortiqcha bo‗sh mablag‗ga ega bo‗lgan korxonaning
mablag‗larni vaqtincha foydalanishga beradigan muddati mablag‗ zarur bo‗lgan
korxonani qoniqtirmasligi mumkin;
– uchinchidan, banklar ishtirokisiz korxonalarni to‗g‗ridan-to‗g‗ri
kreditlashda qarz beruvchi qarz oluvchi korxonaning moliyaviy ahvo-lini to‗liq
o‗rgana olmasligi mumkin. Qarz oluvchining to‗lovga layo-qatsiz bo‗lishi kreditor
korxonaning ham moliyaviy ahvolining yomonlashuviga va boshqa salbiy hollarga
olib kelishi mumkin.
Xalq xo‗jaligidagi barcha bo‗sh mablag‗larning bank tomonidan yig‗ilishi
natijasida vujudga keladigan kredit resurslar hisobi-dan qarz oluvchi korxonaga
zarur bo‗lgan summada, zarur bo‗lgan mud-datda kredit berishga imkoniyat
yaratiladi. Undan tashqari, bank kor-xonalarning to‗lovga layoqatliligini har
tomonlama tahlil qilishi, ularning moliyaviy ahvolini yaqqolroq baholab bera olishi
mumkin.
Iqtisodiyotning o‗sishi bank kreditining qo‗llanilish ko‗lamini kengaytirib
boradi. Kredit faqatgina har kunlik faoliyat bilan bog‗liq ishlab chiqarish va
muomala jarayonining qisqa muddatli eh-tiyojlari uchun emas, balki uzoq
muddatga kapitalga bo‗lgan ehtiyoj-ni qoplashga yo‗naltiriladi. O‗tgan asrning 60-
yillaridan boshlab, banklar yirik mijozlarga xizmat ko‗rsatishga ixtisoslasha bordi.
Bu maqsadni amalga oshirish uchun banklar mablag‗larni jalb qilish miqyosini,
iste‘mol uchun kreditlar berish ko‗lamini kengaytirdi.
To‗lovlarda vositachilik funksiyasida banklar o‗z mijozlarining topshirig‗iga
asosan to‗lov jarayonlarini amalga oshiradi, hisob varaqlariga mablag‗larni qabul
qiladi, pul tushumlarining hisobi-ni olib boradi, mijozlarga pul mablag‗larini
beradi.
Hisob-kitoblarning bank orqali olib borilishi muomala xara-jatlarining
kamayishiga olib keladi. Mijoz mamlakat ichida va boshqa mamlakat bilan
qiyinchiliksiz o‗z mablag‗larini bank orqali o‗z hisobvarag‗idan boshqa korxona
hisobvarag‗iga yoki boshqa mamlakat bankiga o‗tkazishi mumkin.
Muomalaga kredit vositalarini chiqarish. Bank kreditining manbai faqat
vaqtincha bo‗sh mablag‗lar va kapital bo‗lib qolmasdan, kredit asosida chek-
depozit emissiyasi ham amalga oshiriladi. Bank tomonidan beriladigan kredit
miqdori mavjud jamg‗armalardan ko‗p bo‗lsa, bank chek-depozit emissiyasini
amalga oshirishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: