― pul va banklar


Markaziy bankning ―davlatning banki‖ funktsiyasi; rasmiy oltin-



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   266
pul va banklar (2)

11.4. Markaziy bankning ―davlatning banki‖ funktsiyasi; rasmiy oltin-
valyuta zaxiralarini boshqarish funktsiyasi. 
 
arkaziy bank, davlat banki sifatida, Davlat byudjetining kassali 
bajarilishini amalga oshiradi, davlat organlarining naqd pulsiz operatsiyalarini 
ma‘lum qismini amalga oshiradi, xukumatning tashqi qarzlarini to‘lashga xizmat 
qiladi, byudjet defitsitining ma‘lum qismini qoplashga va boshqa davlat 
muassasalarining xarajatlarini moliyalashtirish maqsadlariga qisqa muddatli 
kreditlar beradi. Hamda xukumatga pul-kredit va valyuta masalalari bo‘yicha 
maslahatlar beradi. 
Masalan, Bundesbank davlat banki sifatida Federatsiyaga, ma‘muriy-hududiy 
bo‘linmalarga hamda Federatsiyaning parabyudjet fondlariga kreditlar berish 
huquqiga ega. Bu kreditlar hajmi cheklangan bo‘lib, qisqa muddatli xarakterga 
egadir. 
Davlat banki sifatida Bundesbank, xukumat nomidan uning obligatsiyalarini, 
moliyaviy veksellarini sotadi va ularni sotish uchun e‘lon qiladi. U federal 
zayomlar kursini barqaror darajada saqlanishi uchun javobgar hisoblanadi. 
Markaziy bank davlatning asosiy bankiri va xukumatning moliyaviy 
maslahatchisi bo‘lib hisoblanadi. Bu borada: 

xukumat miqyosidagi tashkilotlarning hisob raqamlarini yuritadi; 

davlat zayomlarini chiqarish, saqlash va ular bilan tegishli 
operatsiyalarni amalga oshiradi; 

xukumatga kredit beradi; 

davlatning oltin-valyuta va qimmatbaho toshlardan iborat rezervini o‘zida 
saqlaydi va boshqaradi; 

mamlakat miqyosida valyuta kursini o‘rnatadi, foiz siyosatini yurgizadi va 
davlatning boshqa davlatlar oldidagi majburiyatlariga javob beradi. Ular bilan 
korrespondentlik munosabatlarini o‘rnatadi va olib boradi.
124
 
Markaziy bankning davlat banki sifatidagi funktsiyasining muhim 
kqrinishlaridan biri xukumatning tashqi qarzlarini to‘lash jarayonida namoyon 
bo‘ladi.
 
Oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish funktsiyasi. Rivojlangan davlatlarda 
xukumatning 
odatda, 
chet 
el valyutalarida 
hisob-raqamlari 
bo‘lmaydi. 
Mamlakatning oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish Markaziy bank zimmasida 
bo‘lib, ularning summasi Markaziy bank balansida aks etadi. Xukumatning esa, 
123
www.bundesbank.de/Navigation/EN/Bundesbank 
124
http://www.bundesbank.de/Navigation/EN/Home 



chet el valyutalarida tashqi qarzlari mavjud bo‘ladi. qarzni tqlash muddati kelishi 
bilan xukumat Markaziy bankka tqlov topshiriqnomasi yozadi. Bank qzining 
valyuta zaxiralari hisobidan xukumatning tashqi qarzini to‘laydi va to‘langan 
summaning milliy valyutadagi ekvivalentini xukumatning hisob raqamlaridan 
chegirib oladi. 
Rivojlangan industrial davlatlarda Markaziy bank bajaradigan an‘anaviy 
funktsiyalardan biri - valyuta zaxiralarini boshqarishda Markaziy bankning 
monopol mavqeiga ega ekanligidir. Xususan, Avstriya, Buyuk Britaniya, 
Germaniya, AQSh kabi davlatlarning markaziy banklari mamlakat valyuta 
zaxiralarini boshqarishda ana shunday huquqqa egadirlar. 
Markaziy banklarning maslahatlar berish va ma‘lumotlar bilan ta‘minlash 
funktsiyasini uning davlat banki sifatidagi funktsiyasiga kiritish mumkin.
Markaziy bankning ma‘lumotlar talab qilish huquqi to‘g‘risida tijorat banklari 
uchun hisobotlar shaklini va topshirish muddatini belgilab berishligini Markaziy 
bankning ma‘lumot - tadqiqot funktsiyasining bir ko‘rinishi sifatida ko‘rsatadi. 
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, Markaziy bankning funktsiyalari qo‘yilgan 
maqsadlarga erishishni ta‘minlash uchun xizmat qiladi. Shu sababli asosiy 
maqsadga erishish yqlida belgilangan u yoki bu vazifani hal etish Markaziy bank 
funktsiyalarining ayrimlarini boshqalariga nisbatan faolroq jalb qilinishini talab 
etadi. 
Yuqorida qayd etib qtilgan Markaziy bankning asosiy an‘anaviy 
funktsiyalari xalqaro bank tizimida an‘anaviy ko‘rinish sifatida keng tarqalgan, 
ya‘ni har bir rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar Markaziy banklarining 
funktsiyalari bir-biriga o‘xshab ketadi.
Xorij tajribasida ko‘riladigan bo‘lsa AQSH Federal Zaxira Tizimining 
funksiylarini ko‘rib o‘tamiz.: 
FZB 12tasi quyidagi funksiyalarni bajaradi: 
1.
 
Cheklarning kliringi; 
2.
 
Yangi nakd pul emissiyasi; 
3.
 
Eskirgan pullarni muomaladan chikarish; 
4.
 
Uz viloyati banklariga diskont ssudalarni berilishi va ularni 
boshkarmasi; 
5.
 
Banklarning uyushmasi va ularning faoliyatini kengaytirish 
borasidagi takliflar baxosi; 
6.
 
Biznes vakolatchilari va FZT urtasidagi vositachilik; 
7.
 
Bank xolding kompaniyalari va ma‘muriyat vakolati bilan shtat bank-
ishtirokchilarining nazorati 
8.
 
Biznes olib borilishi ma‘lumoti xakidagi shartlarni yigilishi; 
9.
 
 Monetar siyosatni olib borish uchun ilmiy asoslangan tavsiyalarni 
ishlab chikilishi uchun professional iqtisodchilarni ishlatilishi;
125
 
 
12ta FZBlari monetar tizimni bir nechta yo'llar bilan olib borishadi. 
125
―The economy theory of money, banks and financial markets.‖F.Mishkin 2006. p.421-422


10.
 
Boshqarma kengashi xar bir viloyatni teshirib nazorat kilishidan 
tashkari yakin atrofidagi bank direktorlari diskont stavkasini belgilaydilar, 
11.
 
 Direktorlar kaysi banklar (FZT ishtirokchisi bulishi shart emas) 
viloyat FZBdan diskont stavkasini olishi mumkunligini xal qiladi. 
12.
 
Federal konsultativ kengash ishida ishtirok etish uchun direktorlar
xar bir viloyatdan 1tadan tijorat banki vakilini tanlashi va shu vakil boshqarma 
Kegashiniga maslaxat va ma‘lumot beradigan, monetar siyosatni olib borishga 
yordam beruvchi vakil. 
13.
 
 12 viloyat banki prezidentidan 5tasi FOMCda ovoz berish xukukiga 
ega, va ular davlat qimmatli qogozlarini savdo-sotigi boshqaruvini foiz 
stavkalarini oshishiga va bank tizimi zaxira xajmini o‘sishiga ta‘sir qiladi. Nyu-
York FZB prezidenti FOMCda doimiy ovozga ega. Bu barcha banklar orasida eng 
e‘tiborliligini ko‘rsatadi. Kolgan 4ta ovoz 11ta prezident viloyat banklari orasida 
ketma ketlikda taqsimlab chiqiladi.
126
 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin