― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   266
pul va banklar (2)

Kanada Banki.
 
Kanada Banki nisbatan kech shakllangan – 1943 yilda. Uch 
yillik muddatga hukumat tomonidan saylanadigan bank direktorlari, bank raisini 
etti yillik muddatga tayinlaydilar. Rais hamda uning to‗rtta o‗rinbosarlaridan 
iborat bo‗lgan Boshqaruv kengashi – FOMC singari, monetar siyosat bo‗yicha 
qarorlarni qabul qiluvchi organ bo‗lib hisoblanadi. 
1967 yilda qabul qilingan, bank qonunchiligidagi o‗zgarishlarga muvofiq 
tarzda, hukumat monetar siyosat uchun asosiy ma‘suliyatga egadir. Bundan kelib 
chiqadiki, qonunga binoan Kanada Banki, FRT singari instrumentlarni tanlashda 
mustaqillikka ega emas. Biroq, tajribada aslida uning o‗zi monetar siyosatni 
nazorat qiladi. Bank va hukumatning o‗rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan 
holda, moliya vaziri bank bajarishi majbur bo‗lgan ko‗rsatmani chiqarishi 
mumkin. Biroq, ko‗rsatma yozma ravishda rasmiylashtirilishi va ma‘lum bir 
davrga tegishli bo‗lishi kerakligi sababli, uning vujudga kelishining ehtimoli kam. 
Haqiqatdan ham, bugungi kungacha bitta ham bunday ko‗rsatma chiqarilmagan. 
Monetar siyosatning maqsadi Kanada Banki va hukumat bilan birgalikda 
belgilanadi. Demak, Kanada Banki, FRTga qaraganda, kamroq darajadagi 
mustaqillikka ega. 
Angliya Banki. 
1694 yilda barpo etilgan Angliya Banki – eng qadimiy 
markaziy banklardan biri bo‗lib hisoblanadi. 1946 yildagi Banklar haqidagi 
Qonunga asosan, Angliya Banki hukumatga bo‗ysinadi. Angliya Banki Boshqaruvi 
(FRT boshqaruvchilari kengashining ekvivalenti) besh yillik muddatga 
saylanadigan rais va uning ikkita o‗rinbosari, hamda uch yilga tayinlanadigan 
16ta boshqaruv a‘zolaridan iborat bo‗ladi.1997 yilga qadar Angliya Banki, ushbu 
bobda ko‗rib chiqilayotgan markaziy banklar orasida eng kam darajadagi 
mustaqil bank bo‗lib hisoblangan, chunki foiz stavkalarini o‗zgartirish haqidagi 
qaror Angliya Banki ichida emas, balki g‗aznachilik kansleri bilan birgalikda 
qabul qilinar edi (AQSH G‗aznachiligi kotibi ekvivalenti). Buning hammasi, 
leyboristlarning yangi hukumati 1997 yilning may oyida hokimiyat tepasiga kelgan 
paytda o‗zgardi. Ushbu paytda, g‗aznachilik yangi kansleri Gordon Braun Angliya 
Banki endi foiz stavkalarini belgilashga vakolatli emasligi haqida kutilmaganda 
xabar berdi. Biroq, Bank instrumentlarni tanlashda to‗liq mustaqillikka ega 
bo‗lmadi: hukumat uning qarorlarini o‗zgartira oladi va foiz stavkalarini 
―favqulloddagi sharoitda‖ hamda ―cheklangan muddatga‖ belgilay oladi. Bunga 
qaramay, Kanadada bo‗lgani singari, ommaviy xarakterga ega bo‗lishi kerak 
bo‗lgan va faqatgina eng qattiq sharoitda hamda cheklangan muddat davomida 
qo‗llanilishi kerak bo‗lgan Bank qarorlarini bekor qilish – vujudga kelish ehtimoli 
kam bo‗lgan hodisadir. 
Foiz stavkalarini, rais, uning ikkita o‗rinbosari, kansler bilan 
konsultatsiyadan so‗ng tayinlanadigan ikkita a‘zo (odatda markaziy bankning 
mansabdor shaxslari), va kansler tomonidan tayinlanadigan yana to‗rtta tashqi 
iqtisodchi-ekspertlardan tashkil topgan, monetar siyosat bo‗yicha Ko‗mita 
belgilaydi. (SHunisi hayratlanarliki, ushbu ko‗mitaga birinchi bor kiritilgan to‗rtta 


tashqi ekspertlardan ikkitasi Buyuk Britaniya fuqarolari bo‗lmagan: bittasi 
golland millatiga mansub bo‗lsa, ikkinchisi amerikalik bo‗lgan, ammo ikkalasi 
ham doimiy ravishda Birlashgan Qirollikda yashagan). Angliya Banki uchun 
inflyasiyaning maqsadli ahamiyatini g‗aznachilik kansleri belgilaydi, bundan kelib 
chiqib, Angliya Banki, FRTga nisbatan maqsadni tanlashda kamroq darajadagi 
mustaqillikka ega. 
114


Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin