Yaponiya banki.
Yaponiya Banki 1882 yilda tashkil topgan. Monetar siyosatni
hukumat tomonidan tayinlanadigan va parlament tomonidan tasdiqlanadigan,
rais, uning ikkita o‗rinbosari, hamda oltita tashqi a‘zolardan tashkil topgan,
Siyosiy Kengash olib boradi; ularning hammasi lavozimlarini besh yil davomida
egallaydilar.
Ohirgi paytgacha, Yaponiya Banki rasman, u erdagi asosiy rol Moliya
vaziriga tegishli bo‗lgan, hukumatdan mustaqil holda faoliyat yuritar edi. Biroq,
1998 yilning aprel oyidan amal qilayotgan, Yaponiya Banki haqidagi yangi Qonun
55 yil davomida ilk marotaba uning vakolatlariga o‗zgartirish kiritdi. Avvalom
bor, yangi qonunga binoan, monetar siyosatning maqsadi – narx barqarorligini
saqlab qolish. Bundan tashqari, qonun Bankga instrumentlarni va maqsadni
tanlashda ko‗proq mustaqillikni ta‘minladi. Bundan oldin hukumat Siyosiy
Kengashda ovoz berish huquqiga ega bo‗lgan ikkita vakilga ega edi, Moliya
vazirligi va Iqtisodiy rejalashtirish bo‗yicha Agentlikdan bittadan. Endi esa
hukumat ushbu ikkita idoraning ikkita vakilini kengash majlislariga yuborishi
mumkinligi bilan, ular ovoz berish huquqiga ega emas, faqat monetar siyosat
bo‗yicha qarorlarning ijrosini keyinga qoldirishni so‗rashlari mumkin. Bundan
tashqari, Moliya vazirligi Bankning ko‗plab operatsiyalarini nazorat qilish
imkoniyatini yo‗qotdi, hususan, oliy rahbariyatni ishdan bo‗shatishni. Biroq,
Moliya vazirligi Yaponiya Banki byudjetining, monetar siyosatga aloqasi
bo‗lmagan, bir qismini nazorat qilishda davom etadi, bu holat Bank mustaqilligini
bir oz darajada kamaytiradi.
Yevropa markaziy banki.
Maastrixt shartnomasi orqali ta‘sis etilgan,
Evropa markaziy banki (EMB) va Evropa markaziy banklar tizimi o‗z faoliyatini
1999 yilning yanvar oyida boshladilar. Markaziy bank tuzilmasi AQSH FZT
tuzilmasi bilan o‗hshash. Alohida davlatlarning banklari, AQSH federal zahiraviy
banklari singari, huddi o‗sha pozitsiyalarni egallaydilar. Evropa markaziy
bankining ijroiya organi tarkibiga prezident, vitse-prezident va sakkiz yillik
muddatga saylanadigan to‗rtta qolgan a‘zolar kiradi.Monetar siyosat bo‗yicha
kengash ijroiya kengashining oltita a‘zosi va barcha evropa davlatlari markaziy
banklarining raislaridan tashkil topgan; ularning hammasi kamida 5 yil ishlagan
bo‗lishi kerak.
Yevropa markaziy banki – dunyodagi eng mustaqil markaziy bank – hattoki
Germaniya markaziy banki (Bundesbank) bilan solishtirganda, ko‗proq darajada
mustaqil.
114
―The economy theory of money, banks and financial markets.‖F.Mishkin 2006. p.432
Yevropa markaziy banki monetar siyosatni to‗liq boshqarib, maqsad va
instrumentlarni tanlashda mustaqillikka ega – ham Evropa ittifoqidan, ham
boshqa milliy hukumatlardan. Bundan tashqari, EMB narhlarning barqarorligi
uchun javob beradi.
115
Markaziy bankning asosiy maqsadi bo‘lib milliy valyuta kursini barqaror
holatda saqlash va shu orqali mamlakat hududida baholar barqarorligini
ta‘minlash hisoblanadi.
116
Bugungi kunda har qanday davlatning moliya-kredit tizimida eng asosiy va
muhim o‘rinni rasmiy pul-kredit siyosatini yurgizuvchi - Markaziy bank egallaydi.
O‘znavbatida pul-kredit siyosati byudjet siyosati bilan birgalikda iqtisodiyotni
butun mamlakat miqyosida tartibga solishning asosi bo‘lib hisoblanadi.
Banklar paydo bulishining boshlangich davrlarida ular markaziy emissiya
yoki tijorat banklari tariqasida yuzaga kelgan emas, ya‘ni ular o‘rtasida
xozirgidek bo‘linish bulmagan. Bank ishi ivojlanishining birinchi
bosqichlarida rivojlantan mamlakatlarda ijorat banklari kapitallarni yig‘ish
maksadida muomalaga banknotalar chiqarganlar. Banklarning yiriklashuvi, bank
ishining rivojlanishi natijasida banknotalarni muomalaga chikarish yirik tijorat
banklar qo‘liga o‘ta borgan va keyinchalik biror yirik bank ixtiyoriga berilgan. Bu
bank milliy yoki emission bank keyinchalik Markaziy bank deb atalgan. Markaziy
bank ya‘ni kredit tizimini boshqarib turuvchi, barcha banklar faoliyatini nazorat
qilib turuvchi kredit instituta sifatida namoyon bo‘ladi.
Jaxon amaliyotida Markaziy banklar vujudga kelishining ikki asosiy yo‘li
mavjud.
Birinchi yo‘l - bu uzoq davr davomida tijorat banklarining rivojlanishi
natijasida, ularni milliylashtirish yo‘li
bilan Markaziy banklarning tatkil tsilinishi.
Bunga misol kilib Angliya bankini 1844yil, Frantsiya bankini 1848 yil, Ispaniya
banki 1874 yil, Germaniya Reyxsbanki - 1875 yil, Italiyada 1893 yilda, Ispaniyada
1874 yilda mavjud banklarning emission markaz sifatida faoliyat ko‘rsatishga
moslashganligini keltirish mumkin.
Ikkinchi yo‘l - tashkil qilingadayok Markaziy bank -emission markaz sifatida
qabul qilingan banklar. Bunday banklarga AKShning Federal banklari, 1913
yillarda kupgina Lotin Amerika mamlakatlarda tashkil kilingan banklar, Avstriya
banki va boshqalarni misol keltirish mumkin.
AQShda Markaziy bank funktsiyasini 12 federal rezerv bankdan iborat
Federal Rezerv tizimi bajaradi. Federal rezerv banklar aktsioner banklar bo‘lib,
bu banklarning aktsionerlari sifatida milliy tijorat banklari faoliyat ko‘rsatadi.
Tijorat banklar aktsioner sifatida dividend olishadi. Dividend miqdori 6% dan
oshmasligi kerak.
Federal rezerv Konuni va boshka konuniy xujjatldarni urgangan paytda biz
FZTning rasmiy tuzilishi va monetar siyosatga tegishli karorlarni kim kabul
115
―The economy theory of money, banks and financial markets.‖F.Mishkin 2006. p.433
116
Узбекистон Республикаси Марказий банки тўғрисидаги Конун. Тошкент, 1995 йил, 21 декабрь.
kilishini kuramiz. Ammo konunchilikdagi belgilangan faoliyat karorlarni kabul
kilinish tartibi va xukmronlikni xakikiy bulinmasini tulik kursatmaydi.
FZT yaratuvchilari 1913 yilda bu tizim 12ta aloxida uzaro alokador
markaziy bnklarni birlashtiruvchi butunlay nomarkazlashgan tizim bulishi
kerarkligi xakida fikr berishgan. Boshlangich rejada FZT foiz stavkalarini
boshkarib, pul massasini nazoratini olib borishda iktisodiyotni axvoliga umuman
ma‘sul emasligi belgilangandi. Keyinchalik FZT iktisodni barkarorlashishiga
javob bera boshladi vash u bilan uzini yagona markaziy bank bulib aylanishiga
yordam berdi.
1913 yilda federal zaxira Konuni mualiflari FZT monetar siyosatni
boshqarishda faqat bitta instrument ya‘ni FZTga kiruvchi banklarning diskont
ssudalarini boshqarish orqali ishlatadi. Ochiq bozordagi operatsiyalarni
ishlatilishi oxirgacha tushunasiz edi, chunki zaxira talablari Federal zaxira
Konuni bilan mustaxkamlanardi. Diskont ssudalar federal zaxira banklari va
Federal zaxira Kengashi karori bilan birgalikda berilardi, shuningdek ikkalasi
xam monetar siyosatni belgilashi mumkin. Ammo, kengashning diskont stavkani
«tekshirib tasdiklash» karori, shu siyosatni belgilashda viloyat banklari ustidan
xukmronlik kilishga xukuk berardi.
117
Dostları ilə paylaş: |