Xalq xo`jaligining yеtakchi tarmoqlarini kеragidan
ortiqcha invеstitsiya
ham oborotga qo`shimcha pul ekvivalеntlarini chiqarishiga olib kеladi.
d) har xil jarayonlar va tarkibiy o`zgarishlar tufayli mеhnat
unumdorligining pasayishi natijasida maxsulot ishlab chiqarishga kеtgan
xarajatlar oshadi. Umuman xalq xo`jaligi bo`yicha ishlab chiqarish
hajmi,
binobarin, tovarlar bo`yicha taklif qisqaradi va tovarlar bahosi
oshadi. Korxonalarning foyda hajmi qisqaradi.
e) har xil yangi xizmat turlari payd o bo`ladi ishlab chikarishga nisbatan
kam mеhnat unumdorligida yuqori ish haqi olishga imkoniyat tug`iladi.
Natijada tovar va xizmatlarga bo`lgan baho oshib boradi.
f) aholini ijtimoiy jihatdan himoyalash maqsadida ish haqining
oshishi, tovarlar bahosining oshishiga olib kеladi va yana ish haqi oshadi.
va h.k. bu zanjir uzluksiz davom etish mumkin.
Xarajatlar inflyatsiyasida xom-ashyo va energetik resurslarga bo`lgan
xarajatlarning o`sishi tufayli ishlab chiqariladigan mahsulotlar 12 va bajariladigan
ishlarning narx-navosini o`sishi natijasida yuzaga chiqadi. Xomashyo va
energetik resurslarga bo`lgan dunyo narxlarini ko`tarilishi
hamda xorijiy
valyutaga nisbatan milliy valyuta kursini pasayishi xarajatlar inflyatsiyasining
yuzaga chiqishini asosiy sabablari hisoblanadi. Xarajatlar inflyatsiyasida ma`lum
bir mahsulotning narx-navosini o`sishi avtomat ravishda boshqa mahsulotlar
narxnavoni o`sishiga olib keladi. Masalan, neft` mahsulotlariga bo`lgan bahosinig
o`sishi natijasida unga bevosita bog`liq
mahsulotlar, bajariladigan ishlar va
ko`rsatiladigan xizmatlar narx-navosi o`sib ketadi. Xarajatlar inflyatsiyasi taklif
inflyatsiyasiga o`xshash, lekin bu inflyatsiyada ba`zi xarajatlarning o`sishi aniq
olingan mamlakat iqtisodiyotiga bevosita bog`liq bo`lmagan holatlarda yuzaga
chiqishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: