― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   266
pul va banklar (2)

Oshkora inflyatsiya.
Talab tomoniga qaragan makroiqtisodiy tengsizlik 
doimiy ravishda narx-navoning ko`tarilib borishi bilan ifodalanadigan bo`lsa, 
bunday inflyatsiya oshkora inflyatsiya deb ataladi. Oshkora inflyatsiya
bozor mexanizmini buzmaydi: narx-navo ba`zi bozorlarda ko`tarilishi bilan bir 
vaqtda boshqa bozorlarda pasayib borishi mumkin. Buning asosiy sababi 
shundan iboratki, bozor mexanizmlari o`z ta`sirini davom ettirib, milliy 
iqtisodiyotga baholar to`g`risidagi ma`lumotlarni oshkora etkazib turadi, 
investitsiyalarni ilgari surib, ishlab chiqarishning kengayishi bilan taklifni 
rag`batlntirib boradi.
Yashirin inflyatsiya
. Inflyatsiyaning ushbu turi shunday ko`rinishda
bo`ladiki, bunday holatda ba`zi bir iste`mol mahsulotlariga narx-navo ma`muriy 
tarzda davlat tomonidan o`rnatiladi va tartibga solib turiladi. Bundan asosiy 
maqsad, davlat tomonidan ba`zi mahsulotlarga narx-navoni «ijtimoiy past» 
darajada belgilaydi. Yashirin inflyatsiya sharoitida narx-navoning keskin 
o`sishi kuzatilmasligi mumkin. Lekin milliy pul birligining qadrsizlanishi,
mahsulotlar aholi pul mablag`lariga kerakli mahsulotlarni harid qilib
bo`lmasligi holatlari paydo bo`ladi. Iqtisodiyotda yashirin inflyatsiya yuzaga 
chiqqanda mahsulotlarning narxnavosi hamda aholini daromadlarini o`sishi 


vaqtincha to`xtatiladi. Yashirin inflyatsiyani vujudga kelishini asosiy 
sabablaridan biri bu narxlar ustidan ma`muriy nazorat o`rnatishdir. Buning 
natijasida bozor mexanizmi deformatsiyalanadi. Uning qaysi darajada va 
o`zgarganligi darajasi va davomiyligi davlat tomonidan olib boriladigan
siyosatga hamda tartibga solish shakliga bevosita bog`liq bo`ladi. Ushbu
inflyatsiyaning salbiy tomoni shundan iboratki, inflyatsiya davrida
ishsizlik darajasi oshadi, chunki ishlab chiqarish rivojlanmaydi. Xorijiy va 
milliy iqtisodiy nazariyaning qarashlariga asosan milliy iqtisodiyotning balansini 
buzilishi va uning oqibatida inflyatsiyaning yuzaga chiqishining quyidagi
to`rtta omillari mavjud:
- qog`oz pullarning emissiya qilishda va tashqi savdoda davlatning mutloq 
monopoliyasi;
- hozirgi zamon davlat funktsiyalarini bajarish uchun davlat xarajatlarini 
ortishi; 
- kasaba uyushmalari tomonidan byudjet muassasalari ishchi-xodimlarining 
ish haqlarini oshirish bo`yicha faoliyati
- iqtisodiyotda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar 
ko`rsatish sohasida ayrim xo`jalik sub`ektlarining monopoliya (oligopoliya) 
holatining mavjudligi. 
Inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi omillarga qarab uning sabablarini
ichki va tashqi sabablarga bo‘lish mumkin. Inflyatsiyaning ichki omillari
monetar-pul siyosati bilan va xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq turlariga 
bo‘linadi. Pul muomalasi muomaladagi pul massasaini bank tomonidan
muomalaga chiqarilgan pullarning bankga qaytib kelish tezligini ifodalaydi.
Agar muomalada oltinga almashinmaydigan banknotalar yoki qog‘oz pullar
amal qilsa, u holda naqd pul muomalasi pul muomalasi qonuniga asosan
amal qiladi. Qog‘oz pullar miqdori muomala uchun kerak bo‘lgan oltin
pullarning nazariy miqdoriga teng bo‘lganda pul muomalasida hech qanday
salbiy jarayonlar yuz bermaydi. Yuqorida ko‘rsatilgan talab pulning
barqarorligini ta‘minlaydi, shuningdek, pul muomalasi mavjud bo‘lgan barcha 
ijtimoiy tizimlarda o‘z kuchiga ega. Pul muomalasi qonuni muomaladagi
tovarlar massasi, ularning narx darajasi va pul muomalasi tezligi orasidagi
iqtisodiy aloqadorlikni aks ettiradi. Bu qonunga asosan muomala uchun
zarur bo‘lgan pul miqdorini quyidagi formula bilan ifodalash mumkin: 
Shunday qilib, muomila uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga ishlab
chiqarish rivoji va shart- sharoitlariga bog‘liq bo‘lgan turli xil omillar
ta‘sir ko‘rsatadi. Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga ta‘sir
ko‘rsatuvchi asosiy omil- bu tovarlar va xizmatlar baxosi hisoblanadi. Pul
Realizatsiya 
qilinadigan 
tovarlar narxi 
summai 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin