6.6. Yevropa Valyuta Ittifoqi tashkil topishi, hamda yevroning
muomalaga kiritilishi.
evropada yagona valyutaning muomalaga kiritilishi jahon valyuta
tizimida ijobiy o‗zgarish bo‗ldi desak xato bo‗lmaydi. Sababi, bu integratsiya
faqatgina davlatlarni Yevropa Ittifoqiga birlashtirishdan so‗ng amalga oshgan
bo‗lsada, yagona valyutani tashkil qilish g‗oyasi ancha oldin, ya‘ni XIX asr va XX
asr boshlarida vujudga kelgan edi.
II jahon urushi esa Yevropaning ahamiyatini yanada pasaytirib yubordi va
oqibatda moliyaviy, iqtisodiy va monetar sohadagi muammolar kun tartibiga
75
Annual report 2014 China.
www.cpb.org
Y
qo‘yildi. 1944 yilning 22 iyulida jahon iqtisodiyotini boshqaruvchi qoidalar
majmuidan iborat Bretton-Vuds kelishuvi imzolandi. Bu kelishuv esa Jahon banki
va Xalqaro Valyuta Fondi singari tashkilotlarning tashkil etilishiga sabab bo‘ldi.
1957 yilda Rim shartnomasi imzolandi va unga ko‘ra bir qator Yevropa davlatlari
Yevropa Iqtisodiy Jamiyati (YIJ)ni tashkil qilishdi. Umuman, ikkala jahon urushi
davlatlarning turli birlashmalarga birlashishlari muhimligini ko‘rsatib berdi va bu
kabi birlashuvlar kelgusi muammolarni bartaraf etish uchun asos bo‘lardi.
Yevropa Ittifoqining valyuta tizimlari rivojlanish tarixida kiritik nuqta 1957
yilga to‗g‗ri keladi. Imzolangan Rim Shartnomasiga binoan kelajakda Yevropa
birlashmasining asosini tashkil etishi kutilgan Yevropa Iqtisodiy Jamiyati tashkil
etildi. Biroq Yevropa davlatlarining valyuta ittifoqi sohasidagi ijobiy o‗zgarishlar
ancha kechroq, ya‘ni 70 yillarning boshlarida AQSHda boshlangan valyuta
inqirozi natijasida ro‗y berdi.
O‗zaro tor iqtisodiy aloqalarga ega bo‗lgan Yevropa davlatlari valyutalari
o‗rtasida o‗zaro tebranish chegaralari o‗rnatilmagan holat, har bir a‘zo uchun
nafsiz va xavfli edi. Ma‘lumki, iqtisodiy integratsiyaning ajralmas, zaruriy qismi
bu valyuta ittifoqidir. Yevropada o‗sha davrga kelib valyuta ittifoqini tuzish
zarurati quyidagilar edi:
A‘zo mamlakatlar valyutalarini barqarorlashtirish bilan integratsiyalashuv
jarayonini jadallashtirish;
Yagona Yevropa valyuta tizimi zonasini barpo etish orqali jahon valyuta
tizimining ta‘siridan saqlanish;
Jahon valyuta tizimining asosi bo‗lib hisoblangan AQSH dollarining
tebranishlaridan ko‗riladigan zararlarning oldini olish va dollarni ta‘sir doirasini
cheklash maqsadida o‗zlarining barqaror valyutalarini kiritish
76
.
Shu sababli ham zudlik bilan Bretton-Vuds tizimini vaqtinchalik o‗rnini
bosadigan mexanizm ishlab chiqish zarurati paydo bo‗ldi va 1972 yil 24 apreldan
―Yevropa Valyuta iloni‖ o‗z ishini boshladi.
Mazkur kelishuvning asosiy foydali jihati − barcha a‘zo davlatlar valyutalari
o‗rtasida markaziy kursni belgilab bergan. Unga ko‗ra, biror davlat valyuta
kursining tebranish darajasi ixtiyoriy boshqa davlatnikidan 2.5% dan oshmasligi
kerak edi
77
. O‗rnatilgan talablarni bajarish uchun Markaziy banklar valyuta
bozorida operatsiyalar o‗tkazish (milliy valyuta kursi o‗zgarishini tartibga
solishning amerikacha usuli) yoki boshqa usullar orqali milliy valyuta kursining
markaziy kursdan uzoqlashishiga yo‗l qo‗ymasliklari kerak bo‗lgan. Bunday
harakatni amalga oshirib samarali natijaga erishilmagan taqdirda, barcha a‘zo
davlatlar bilan kelishgan holda markaziy kursni o‗zgartirish imkoniyati mavjud
edi.
Shuni ta‘kidlash joizki, ―Yevropa Valyuta iloni‖ning samarali va barqaror
faoliyat ko‗rsatishi uchun u amal qilinayotgan davlatlar bir xilda iqtisodiy
rivojlanish xarakteriga ega bo‗lishlari va to‗lov balansida sezilarli darajadagi
o‗zgarishlar bo‗lmasligi zarur. A‘zo davlatlarda bunday iqtisodiy sharoit hamda bir
76
Абдуллаева Ш.. Халқаро валюта-кредит муносабатлари. − Тошкент, 2007.
77
http://studopedia.ru/view_economika/
xil iqtisodiy o‗sish darajasi bo‗lmaganligi sababli samarali natija bermadi.
Oqibatda, Yevropada Valyuta ittifoqini tashkil etish yana kun tartibining asosiy
masalasiga aylandi.
1975 yil aprelda Yevropa hisob-kitob birligi - YHKB (European unit of
account – EUA) kiritiladi va endilikda valyuta kurslari dollarga nisbatan emas,
balki YHKB tashkil topgan Yevropa valyutalarining bozor qiymati asosida
belgilangan. Bu birlik davlatlararo va Yevropa Iqtisodiy Jamiyati byudjeti hisob-
kitoblarida, Yevropa investitsion banklari operatsiyalarida keng qo‗llanildi.
1977 yilda Valyuta Ittifoqini tashkil qilish g‗oyasi GFR kansleri G.Shmitd va
Fransiya prezidenti V.Jiskar d‘Esten tomonidan qaytadan kiritiladi va Yevropa
Ittifoqining o‗sha davrdagi rahbari R.Jenkins tomonidan qo‗llab-quvvatlanadi.
1978 yil 5-6 dekabrda Bryusseldagi Yevropa kengashida Yevropa Valyuta tizimini
tashkil qilish to‗g‗risida qaror qabul qilinadi. Natijada 1979 yil 13 martda Yevropa
valyuta birligi – ―EKYU‖ (European currency unit – ECU) va unga asoslangan
Yevropa valyuta tizimi paydo bo‗ldi. YVT ning muhim tomoni shunda ediki, u o‗z
ichiga Yevropaning barcha davlatlarini qamrab olgan edi
78
.
1988 yil fevralda GFR tashqi ishlar vaziri D.Gensher ―Yevropa valyuta
bo‗shlig‗i va Yevropa Markaziy bankini tashkil qilish to‗g‗risida‖gi
memorandumini taklif qildi, hamda u Yevropa Ittifoqi yetakchisi J.Delor
tomonidan qo‗llab-quvvatlanadi va u keyinchalik ―Delor rejasi‖ nomini oladi.
Unda Delor Yevropa Ittifoqi davlatlarining iqtisodiyoti va valyuta siyosatini
amalga oshishini, Yevropa Markaziy bankini tashkil qilinishi va yagona Yevropa
valyutasiga o‗tish rejalarini ko‗rib chiqadi. Bu reja Yevropa valyuta tizimining
ilmiy asosi sifatida 1989 yil 26 iyunda Madriddagi Yevropa kengashida dastur
ko‗rinishida qabul qilinadi va uning asosiy g‗oyalari keyinchalik Maastrixt
shartnomasiga kiritiladi.
Valyuta Ittifoqi o‗z ichiga faqatgina barqaror iqtisodiy rivojlanishga ega
bo‗lgan davlatlarni qabul qila olishini hisobga olgan holda Maastrixt shartnomasi
a‘zo davlatlar uchun quyidagi talablarni qo‗ygan edi:
inflyasiya darajasi eng kam darajadagi 3 ta davlat o‗rtacha inflyatsiya
darajasidan 1.5 % dan ortiq bo‗lishi mumkin emas;
uzoq muddatli foiz stavkalari eng kam darajadagi inflyatsiyaga ega bo‗lgan 3
ta davlat o‗rtacha foiz stavkasidan 2 % dan ortiq bo‗lishi mumkin emas;
milliy valyuta so‗nggi 2 yil ichida devalvatsiyalanmasligi va Yevropa valyuta
tizimi belgilagan kursdan 2.5 % lik tebranish darajasida bo‗lishi kerak;
davlat byudjeti defitsiti YAIM ning 3 % dan oshmasligi lozim;
davlat tashqi qarzi – YAIM ning 60 % idan ortiq bo‗lmasligi lozim;
Belgilangan me‘yor talablari Ittifoq davlatlari o‗rtasida barqaror
makroiqtisodiy o‗sishni ta‘minlovchi ishonchli ko‗rsatkichlar bo‗lib hisoblangan.
Mazkur talablarga Valyuta Ittifoqi davlatlari va bu ittifoqqa kirish istagini
bildirgan boshqa davlatlar ham rioya qilishlari shart bo‗lgan.
Dastlabki davrlarda Maastrixt shartnomasi va Evropa Valyuta Ittifoqini
tashkil qilish rejasi o‗zining kutilgan natijalarini bermadi. 1992-1993 yillarda
78
Werner Becker. The Euro – currency for Europe. − Berlin, 2012.
Yevropa Valyuta tizimi qattiq inqirozni boshdan o‗tkazdi va natijada, Ispaniya,
Portugaliya va Irlandiya davlatlarining milliy pul birliklari sezilarli darajada
qadrsizlandi va hatto Buyuk Britaniya va Italiya davlatlari Yevropa Valyuta
Ittifoqidan chiqishdi. Valyuta Ittifoqini saqlab qolish maqsadida 1993 yilning
avgustida valyutalar kursi tebranish darajasini 15% gacha ko‗tarish to‗g‗risida
qaror qabul qilindi. Inqirozdan chiqishga faqatgina 1990 yillarning oxiriga
kelibgina erishildi. Bundan tashqari Maastrixt shartnomasini va umuman Yevropa
Valyuta Ittifoqini tashkil qilishni qo‗llab-quvvatlash darajasi pasayib ketdi: Buyuk
Britaniya umuman Yevropa Valyuta Ittifoqi loyihasida qatnashishdan bosh tortdi,
Daniyada o‗tkazilgan 2 ta referendum natijalariga ko‗ra Maastrixt shartnomasini
valyuta ittifoqining bir bo‗lagi sifatida qabul qilinmadi, Fransiyada shartnoma
tarafdorlari juda kamchilikni tashkil qildi, Norvegiya esa o‗tkazilgan referendumga
ko‗ra umuman Yevropa Ittifoqidan chiqishni afzal ko‗rdi. Natijada Maastrixt
shartnomasidan 5 yil o‗tib davlat va mutasaddi tashkilotlar rahbarlarining qaytadan
uchrashishiga va shartnoma shartlarini qaytadan ko‗rib chiqishlariga to‗g‗ri keldi.
1994 yil yanvarida Maastrixt shartnomasining bir bo‗lagi sifatida Frankfurt-
na-Mayn da Yevropa Valyuta instituti tuzildi va u keyinchalik Yevropa Markaziy
bankiga aylantirildi.
Yevropa Ittifoqi davlatlarining kelishuviga ko‗ra Valyuta Ittifoqiga o‗tish
davrini YI 3 bosqichda bosib o‗tdi deyishimiz mumkin:
Tayyorgarlik bosqichi – 1996 yil 1 yanvargacha, a‘zo davlatlar to‗lov va
kapital harakati bilan bog‗liq bo‗lgan barcha to‗siqlarni olib tashlashdi va o‗z
davlatlari moliyaviy holatini barqarorlashtirishni boshlashdi.
Tashkiliy bosqich – 1998 yil 31 dekabrgacha, davlatlar tomonidan moliyaviy
barqarorlikka erishish jarayoni to‗liq yakunlandi va valyuta ittifoqining qonuniy va
institutsional bazasi yaratildi.
Amalga oshirish bosqichi – 2002 yil 1 yanvargacha, avval naqdsiz yevroni va
keyinchalik naqd pulli yevroni muomalaga kiritish bosqichi bo‗lib, bunda a‘zo
davlatlar o‗z milliy valyutalarini to‗liq yagona valyuta bilan almashtirishdi.
YVI rejalarini amalga oshirish maqsadida 1994 yil 1 yanvardan Frankfurtda
ish boshlagan Yevropa Valyuta instituti, 1998 yildan e‘tiboran Yevropa Markaziy
bankiga aylantirildi. 1996 yil dekabrda Dublindagi sessiyada pul va valyuta
siyosatiga munosabat bo‗yicha aniq qaror qabul qilindi va unga ko‗ra yevro ham
har bir davlat uchun o‗z milliy valyutasi bilan bir qatorda rasmiy statusga ega
bo‗ldi. Barcha davlatlar o‗z hududidagi hisob-kitoblar, davlat aktivlari va xususiy
aktivlarni yevroda qaytadan hisoblab chiqishdi. Yevro EKYU bilan 1:1 nisbatda
muomalaga kiritildi va a‘zo davlatlarda hisob-kitoblardagi aniqlik uchun kursda
verguldan keyin 6 ta son aniqligida o‗rnatildi (masalan: 1 EUR = 1.955834 GEM).
Yevropa Valyuta Ittifoqini tashkil qilish bo‗yicha qarorlarning tez qabul
qilinishi natijasida kelib chiqqan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan
1996 yil mart oyida Turinda butun Yevropa tizimini va Maastrixt shartnomasini
ko‗rib chiqish uchun hukumatlararo konferensiya o‗tkazildi. Uning natijalariga
ko‗ra 1997 yil iyunda Amsterdamda o‗tkazilgan YI ning sammitida YI valyuta
siyosatining asosiy elementlari va ayirboshlash kurslarining yangi mexanizmi
(MOK-2) tasdiqlandi, YI ning asosiy rivojlanish yo‗nalishlarini va kelgusi asrdagi
siyosatini o‗zida ifodalovchi ―Kun tartibi – 2000‖ dasturi va 1999 yil 1 yanvardan
yevroning muomalaga kirishini o‗zida aks ettirgan ―Barqarorlik va o‗sish Pakti‖
qabul qilindi.
1998 yil mart oyida Yevropa Ittifoqining komissiyasi davlatlarning
Maastrixt shartnomasi talablari bo‗yicha ko‗rsatkichlarini o‗zida ifoda etgan
hujjatni tayyorladi va unga ko‗ra 11 ta davlatning Yevropa Valyuta Ittifoqiga
kirishi tavsiya etildi YIning Buyuk Britaniya, Daniya, SHvetsiya va Gretsiyadan
boshqa barcha davlatlari). Barcha taklif qilingan davlatlar 1997 yilda ijobiy
iqtisodiy ko‗rsatkichlarga ega bo‗lishdi: inflyasiya darajasining va uzoq muddatli
kreditlar foiz stavkalari rekord darajada pasaydi – mos ravishda 1.6 va 5.9 %,
byudjet tanqisligi – 2.5 %, to‗qqizta davlat valyutalarining so‗nggi ikki yildagi
tebranish darajasi ±2.25 % dan oshmadi. YI davlatlarida inflyasiya darajasining
tushishini kutilishi va davlat moliya tizimining sog‗lomlashganligi sababli mazkur
davlatlar qimmatli qog‗ozlari bozor narxi bir muncha oshdi. Faqatgina mustasno
tarzida davlat qarzining YAIM ga nisbatan ulushi 60% dan 75% ga ko‗tarildi.
Yevroning muomalaga kiritilishi asr oxiridagi asosiy iqtisodiy voqelik
bo‗ldi. Yagona valyuta siyosatiga o‗tish va milliy pul birliklarini yagona valyutaga
o‗tkazish o‗zida iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy maqsadlarni ko‗zda tutgan edi. 1998
yilning may oyida Yevropa kengashi belgilangan konvergensiya shartlarini
bajargan 11 ta davlatni ―yevro hudud‖ga kirishga tayyor ekanligini ma‘lum qildi.
Yevropa Valyuta instituti asosida Yevropa Markaziy banki tashkil etildi va yevro
muomalaga aynan YMB orqali chiqarildi.
1999 yil 1 yanvardan 2002 yil 1 yanvarga qadar Yevropa iqtisodiy
Jamiyatining yagona hisob-kitob birligi bo‗lgan EKYUning yevroga almashtirish
ishlari o‗tkazildi. Barcha yuridik hujjatlarda va hisob kitoblarda EKYU o‗rnini
yevro egalladi va naqdsiz muomalaga 1:1 nisbatda kiritildi. EMB va a‘zo davlatlar
banklarida hisob-kitoblar, qayta moliyalashtirish va banklararo hisob-kitob
operatsiyalar yevroda amalga oshirila boshlandi. Shuningdek, moliyaviy bozorlar
va davlatning qimmatli qog‗ozlar emissiyasi bilan bog‗liq tarmoqlar ham
to‗laligicha yevroga o‗tkazildi. Banklarda esa naqdsiz oborotda yevro milliy
valyuta bilan birgalikda ishlatildi va milliy pul birliklarini yevroga o‗tkazish
mexanizmlari ishlab chiqildi. Yevro va milliy valyutalar o‗rtasidagi kurs murakkab
hisob-kitoblar natijasida, milliy valyutaning EKYUga nisbati, mamlakat
makroiqtisodiy ko‗rsatkichlari va kross-kurslarni hisobga olgan holda belgilandi.
Shunday qilib, 1999 yil 1 yanvarda YMB tomonidan barcha a‘zo davlatlarning
milliy valyutalari va yevro o‗rtasidagi kurs belgilab berildi va uning 2002 yil 1
yanvarga qadar o‗zgarishsiz qolishi ko‗zda tutilgandi.
Muomalada esa 2002 yil 30 iyunga qadar yevro banknotalar milliy valyuta
bilan birgalikda amal qildi. 6 oydan keyin milliy pul birliklari rasman to‗lov
vositasi sifatida bekor qilingan bo‗lsada, banklar tomonidan ayirboshlash
maqsadida uzoq vaqt davomida qabul qilindi. SHuningdek, 6 oy davomida bank
mijozlari tomonidan hisob-kitoblarda va tuziladigan shartnomalarda valyutani
erkin tanlash huquqi berildi.
2002 yil 1 iyuldan YVI ga a‘zo davlatlarda milliy valyutada bo‗ladigan
barcha hisob-kitoblar to‗xtatiladi va Yevro YVIning yagona valyutasi sifatida
saqlanib qoladi va hozirgi kunda 19 ta davlatda 328 milliondan ortiq Yevropa
aholisi tomonidan muomalada qo‗llanilmoqda. O‗z navbatida, yevro yuqoridagi 19
ta davlatdan tashqari 9 ta hududda rasmiy va 3 ta hududda norasmiy tarzda
muomalada qo‗llanilmoqda .
Dostları ilə paylaş: |