― pul va banklar


Bank balansining yomonlashshuvi valyutani inqirozini keltirib chiqaradi



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə223/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   266
pul va banklar (2)

Bank balansining yomonlashshuvi valyutani inqirozini keltirib chiqaradi. 
Banklar va boshqa moliya institutlarining moliyaviy ahvoli yomonlashsa
hukumatda ular faoliyatini sog‗lomlashtirish bo‗yicha kam tanlov qoladi. Foiz 
stavkalarini ko‗tarish orqali o‗zlarining valyutasini himoya qilish kapitalni 
mamlakatga oqimini qo‗llabquvvatlashi lozim. Biroq xukumat foiz stavkalarni 
oshirsa, banklar resurslarga ega bo‗lishi uchun ko‗p to‗lashiga olib keladi. 
Xarajatlarni oshib ketishi banklarning foydasini kamaytirishi natijasida to‗lovga 
layoqatsizlikni keltirib chiqaradi. Demak, bank tizimining moliyaviy holati 
og‗irlashsa, xukumat va markaziy bank ikki o‗t o‗rtasida qolib ketadi. Agarda ular 
foiz stavkani keskin oshirishsa, allaqachon kuchsizlangan bank tizimini barbod 


79 
qilishadi, o‗z navbatida, iqtisodiyotning ahvoli og‗irlashadi. Agarda foiz 
stavkalarni ko‗tarmaydigan bo‗lishsa, o‗z valyutasining qadrini belgilay 
olishmaydi.
Valyuta bozoridagi spekulyantlar mamlakatning moliya sektoridagi 
qiynchiliklarni his qilishadi va hukumatning foiz stavkalarni oshirish va valyutani 
himoya qilish katta xarajat talab qilishiga to‗g‗ri baho berishadi. Natijada 
xukumat valyutani himoya qilish siyosatini amalga oshira olmasligi bois valyuta 
qadrsizlanishga ruxsat beradi. Valyutaning qadri faqat pasayganligi bois 
spekulyantlar deyarli xatosiz kursda bitimlarni amalga oshiradi. Spekulyantlar 
qattiq raqobatga kirishishadi va valyutani qadri tushishini oldindan aniqlashib 
sotishadi. Bu holat ularga katta foyda keltiradi. Ammo mamlakat milliy valyutasi 
qadrini saqlab turish uchuno‗z zaxirasini ishlatishi shart. Natijada ushbu sotuvlar 
mamlakat xorijiy valyutadagi zaxirasini tezda emirilishiga olib keladi. Qachondir 
markaziy bank xorijiy valyuta zaxirasini ishlatib bo‗lsa, sikl tugaydi. Markaziy 
bankda resurslar mavjud bo‗lmaganligi boisvalyuta bozorida intervensiyani 
amalga oshira olmasligi oqibatida milliy valyutaning qadrini tushib ketishiga 
ruxsat berishi shart bo‗lib qoladi: bunday vaziyatda hukumat milliy valyutaning 
devalvatsiyasiga rozilik berishi shart. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin