― pul va banklar


Birinchi bosqich. Moliyaviy inqirozlarning boshlanishi



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə220/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   266
pul va banklar (2)

Birinchi bosqich. Moliyaviy inqirozlarning boshlanishi. 
Rivojlangan davlatlarda moliyaviy inqiroz bir nechta omillar hisobiga sodir 
bo‗lgan. Ammo rivojlanayotgan davlatlarda moliyaviy inqiroz ikkita asosiy yo‗lda 
rivojlanib borgan: moliyaviyliberallashuv va globallashuvni noto‗g‗ri 
boshqarilishi yoki kuchli fiskal dizbalans.(3-rasm) 
15.3-rasm 
 
 
Moliyaviy liberallashuv/globallashuvni noto‗g‗ri boshqarishning birinchi 
yo‗li eng umumiy jinoyat hisoblanib, 1994 -yilda Meksikada va 1997- yilda 
ko‗plab SHarqiy Osiyo davlatlarida moliyaviy inqirozlarni keltirib chiqargandir.
A yo„l: moliyaviy liberallashuv/globallashuvni noto„g„ri boshqarish. 
Xuddi 
AQSHda bo‗lganidek, rivojlanayotgan davlatlarda moliyaviy liberallashuv
jarayoni sodir bo‗ldi. Zero,rivojlanayotgan davlatlarda moliyaviy inqirozning 
yuzaga kelish ildizi mazkur mamlakatlarda mahalliy moliyaviy institutlar va 
bozorlarda mavjud cheklovlarni olib tashlash orqali moliyaviy tizim 
liberallashtirildi. SHuningdek, rivojlanayotgan davlatlarda moliyaviy globallashuv 
jarayoni ham yuzaga kelib, boshqa mamlakatlarning kapital oqimiga va moliyaviy 


76 
firmalariga eshiklar keng ochib berildi. Mamlakatlar teztez jarayonni qattiq fiskal 
siyosat bilan boshlashdi. Inqiroz boshlangungacha bo‗lgan davrda, Meksikoda 
byudjet defitsiti YAIMga nisbatan 0,7% ni tashkil qilib, bu darajadagi 
makroiqtisodiy ko‗rsatkichni ko‗plab rivojlangan davlatlar orzu qilishi mumkin 
edi. Xatto SHarqiy Osiyo davlatlarida moliyaviy inqiroz boshlangunga qadar 
davlat byudjeti YAIMga nisbatan profitsit bilan bajarilayotgan edi. Ko‗p marotaba 
ta‘kidlanishicha, rivojlanayotgan davlatlar moliyaviy tizimi qarz oluvchilarning 
faoliyatini samarasiz kuzatish va monitoringiga ega bo‗lgan kuchsiz ―kredit 
madaniyati‖ ga ega bo‗lishgan. Hukumat tomonidan bank nazoratini amalga 
oshirishning takomillashmagan mexanizmi mavjud bo‗lgan. Rivojlanayotgan 
davlatlarda moliyaviy liberallashuvni yuzaga keltirgankredit ekspansiyasi bevosita 
yuqori riskli moliyalash amaliyotlari bilan bog‗liq edi. Natijada yirik kreditlar 
uchun ―hosil yig‗ib olingan‖ da, bosib o‗tilayotgan yo‗l noto‗g‗ri ekanligi ko‗rinib 
qoldi.Moliyaviy globallashuv jarayoni yonib turgan olovga ―yog‗ sepish‖ bo‗ldi. 
CHunki moliyaviy globallashuv jarayoni tijorat banklariningxorijdan qarz olish 
imkonini yaratdi. Tijorat banklari xorijiy kapitalni jalb etish maqsadida katta 
foizlar to‗lashdi, o‗z navbatida, kreditlash hajmini yanada oshirishga erishdi. 
Kapital oqimining mamlakatlarga kirishi hukumat siyosati tomonidan yanada 
rag‗batlantirilishi natijasida milliy valyutalarning AQSH dollariga nisbatan 
fiksirlanishi ta‘minlandi.Bu iqtisodiy holat xorijiy investorlarda qulaylik yaratdi.
Rivojlangan davlatlarda bo‗lgan kabi, xususan AQSH dagidek, kredit 
ekspansiyasini keng ko‗lamda amalga oshirilishi kreditlash amaliyotini barbod 
bo‗lishi bilan tugadi. Kreditlash amaliyotida yuzaga kelgan katta yo‗qotishlar 
uzoq muddatli riskli moliyalash natijasida sodir bo‗lib, tijorat banklari balansi 
ahvolini yomonlashtirdi va banklar tomonidan beriladigan kreditlar hajmini keskin 
pasayishiga olib keldi.Rivojlanayotgan davlatlarda bank balansi holatining 
yomonlashuvi rivojlangan mamlakatlarga nisbatan kreditlash va iqtisodiy 
faoliyatga juda katta salbiy ta‘sir ko‗rsatdi.Rivojlangan davlatlarda
takomillashgan qimmatli qog‗ozlar bozori va yirik nobank moliyaviy sektorning 
mavjudligi banklarning moliyaviy holati yomonlashganda yuzaga kelishi mumkin 
bo‗lgan iqtisodiy tushkunlik holatini sog‗lomlashtirish imkoniyatiniyuzaga 
keltiradi. Rivojlanayotgan davlatlardaagarda banklarining kreditlash faoliyatini 
to‗xtatiladigan bo‗lsa, teskari tanlov va psixologik risk muammosini hal qila 
oladigan boshqa institutlar mavjud emas. 
Hozirgi kungacha aytib o‗tilgan hikoyada rivojlanayotgan davlatlarda kredit 
ekspansiyasini yanada kengayishi va inqirozni sodir bo‗lishi bevosita moliyaviy 
liberallashuv va globallashuvning natijasi xisoblansada, biroq bu muhim sabab 
hisoblanmaydi. 
Ushbu hodisalar samarali liberallashuv/globallashuv jarayonlaridan 
cheklovchi kuchsizinstitutsional tuzilmada mavjud bo‗lganda yuzaga keladi. 
Yanada aniqroq aytadigan bo‗lsak, agarda prudensial tartibga solish va nazorat 
qilish haddan tashqari risklarni yuzaga kelishini cheklaganda edi, kredit 
ekspansiyasining kuchayishi va inqiroz sodir bo‗lmas edi. Nima uchun tartibga 
solish va nazorat tizimi kuchsiz edi? Buning javobi Siyosatchilar va prudensial 
nazoratchilar saylovchi –soliq to‗lovchilar (prinsipal) uchun asosiy agentlar 
hisoblanadi: siyosatchilar va prudensial nazoratchilarning maqsadi soliq 


77 
to‗lovchilarning manfaatlarini himoya qilish hisoblanadi. Agarda moliyaviy 
yo‗qotishlar boshlanadigan bo‗lsa, bank tizimini sog‗lomlashtirish xarajatlari 
soliq to‗lovchilarning mablag‗lari hisobidan qoplanadi.
Moliyaviy bozorlar liberallashtirilgan bo‗lsada, ammo, banklarning kuchli 
tijoriy manfaatlari nazoratilarning o‗z ishlarini to‗g‗ri bajarishlariga xalaqit 
berishi natijasida prudensial nazoratchilar jamiyatning manfaatini himoya 
qilmasligi mumkin. Siyosatchilarning kompaniyasiga katta hissa qo‗shgan tijoriy 
manfaatlar 
teztez 
siyosatchilarni 
banklarning 
yuqori 
risk/yuqori 
daromadstrategiyasini 
cheklovchi 
normativhuquqiy 
xujjatlarni 
ta‘sirini 
kamaytirishga ishontiradi. Nihoyat agarda bank egalari tezda bank faoliyatini 
o‗stirishsa va kreditlash faoliyatini kengaytirishga erishsa, katta boylikka ega 
bo‗lishadi. Ammo banklar inqirozga yuz tutadigan bo‗lsa, xukumat ularni 
sog‗lomlashtiradi va soliq to‗lovchi xarajatni qoplaydi.SHuningdek, qattiq 
tartibga soluvchi qonunlar mavjud bo‗lganda ham tijoriy manfaatlar nazorat 
agentliklarini bank institutlarini samarali monitoring qilish yoki ularning 
faoliyatini to‗xtatish uchun etarli resurslarga ega emasliklariga ishontirishadi.
AQSHga o‗xshagan rivojlangan davlatlarda ham kuchli tijoriy manfaatlar 
nazorat organlarining o‗z ishlarini to‗g‗ri bajarishlariga xalaqit beradi. 
Rivojlanayotgan davlatlardagi kuchsiz institutsional muhit moliyaviy liberallashuv 
jarayonlarini yanada kuchaytirib yuboradi. Rivojlanayotgan davlatlarda tijoriy 
manfaatlar yuqori bilim salohiyatiga hamda jamiyat manfaati uchun xarakat 
qilmaydigan siyosatchilar va byurokratlarni erkin monitoring (yoki jazolash) qilish 
imkoniyatiga 
ega 
bo‗lgan 
rivojlangan 
davlatlarga 
nisbatan 
ancha 
kuchliroqdir.SHubhasiz, shu erda muhokama qilingan rivojlanayotgan davlatlar 
iqtisodiyotida prinsipalagent muammosi jamiyatga keltiradigan zarariancha 
yuqoridir.

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin