Salbiy tanlash va axloqiy xavf muammolari yomonlashishi va kredit shartnomalari Iqtisodiy faoliyatdagi
tushishi
Narx darajasidagi kutilmagan
pasayish
Salbiy tanlash va axloqiy xavf
muammolari yomonlashishi va
kredit shartnomalari
Iqtisodiy faoliyatdagi tushishi
72
xususiy kapitalidagi(ularning aktivlari va majburiyatlari o‘rtasidagi farqni) pasayishni ko‘radi va ular qo‘ygan garovning garov qiymati tushadi. Endilikda bu kompaniyalar kamroq xavf ostidadir, chunki ular o‘yinda kamroq qatnashadilar va ular ko‘proq riskli sarmoyalar kiritishga moyildir chunki ular yo‘qotishga moyil. Buning natijasida moliyaviy institutlar qarz oluvchiga qarz berish standartlarini va kredit shartnomalarining talabini oshiradi. Aktiv narxlarining tushishi shuningdek, moliyaviy institutlar aktivlari qiymatining pasayishiga, o‘z mablag‘larining kamayishiga va balansidagi buzilishlarga ta‘sir ko‘rsatadi. Noaniqlikdagi o‘sish. AQSHdagi moliyaviy inqiroz asosan yuqori noaniqlik paytida, masalan turg‘unlik boshlanishi, fond bozorlaridagi buzg‘unlik yoki asosiy moliyaviy institutlarning muvaffaqiyatsizligi bilan boshlanadi. Inqiroz 1857- yilda Ohio sug‘urta companiyasi va Ishonch companiyalarining, 1873-yili Jay Cooke kompaniyasi, 1884yili Grant Ward, 1907-yili Knickerbocker Ishonch kompaniyasi, 1930-yili AQSH banki va 2008-yili Bear Stearns, Lehman Brothers va AIG kompaniyalarining muvaffaqiyatsizligidan keyin boshlandi. Ushbu ma‘lumotlardan kelib chiqib, inqiroz yuqori noaniqlik sharoitida vujudga keladi, moliyaviy muammolarni oshiradi va qarz berish va iqtisodiy faoliyatni kamaytiradi.