― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   266
pul va banklar (2)

DEF 



Т 

АМВ 

АВ.
 
Amaliyotda davlat bujet cheklovlarini tushunish uchun 100 mln.dollarga 
hukumat superkomputerlar sotib olgnda ko‘rib chiqsak. Agar u aholini 
computer shu narxga arzishini isbotlasa, soliqlarini 100 mln.dollarga oshirish 
mumkin, bunda bujet difisiti 0 ga teng bo‘ladi. Bu holatda pul emissiya qilish 
ham obligatsiya chiqarishga ham extiyoj tug‘ilmaydi, chunki bujet balans 
jolatida bo‘ladi. Agar soliq to‘lovchilar komputerni qimmat deb hisoblab, 
soliq to‘lashdan bosh tortishsa, unda davlat bujeti cheklovlariga ko‘ra, davlat 
obligatsiyalari yoki pul emissiya qilish orqali 100 mln.dollarni sotib olishga 
to‘lanadi. Bu holatda bujet cheklovlari amalga oshiriladi; 100 mln.dollar bujet 
difisiti aholi qo‘lidagi aholi qo‘lidagi davlat obligatsiyalarining (АВ 
=
100 
mln.dollar) yoki monetary bazani (АМВ = 100 mln.dollar) o‘sishi hisobiga 
qoplanadi.
Bujet cheklovlari bo‘yicha xulosa qilsak, davlat bujetini difisitini 
obligatsiyalar chiqarish orqali qoplansa, pul bazasiga ta‘sir qilmaydi, pul 
massasini oshiradi
91
.
v) Xalq xo`jaligiga ortiqcha krеditlar bеrish natijasida muomalada 
krеdit bilan bog`lik muomala vositalari yuzaga kеladi. Bular tovar va
xizmatlarga bo`lgan talabni oshirilishiga olib keladi. 
g) Chеt el valyutasining mamlakatga kirib kеlishi va uning milliy 
valyutaga almashinuvi natijasida, muomalada pul massasi ortib boradi ,
milliy pulga nisbatan chеt el valyutasining qadri oshishiga sabab bo‘ladi. 
91
Frederic S.Mishkin. The economics of money, banking and financial markets. Pearson 
Education Limited. 2013. 622 page. 


Xalq xo`jaligining yеtakchi tarmoqlarini kеragidan ortiqcha invеstitsiya 
ham oborotga qo`shimcha pul ekvivalеntlarini chiqarishiga olib kеladi. 
d) har xil jarayonlar va tarkibiy o`zgarishlar tufayli mеhnat
unumdorligining pasayishi natijasida maxsulot ishlab chiqarishga kеtgan 
xarajatlar oshadi. Umuman xalq xo`jaligi bo`yicha ishlab chiqarish
hajmi, binobarin, tovarlar bo`yicha taklif qisqaradi va tovarlar bahosi 
oshadi. Korxonalarning foyda hajmi qisqaradi. 
e) har xil yangi xizmat turlari payd o bo`ladi ishlab chikarishga nisbatan 
kam mеhnat unumdorligida yuqori ish haqi olishga imkoniyat tug`iladi.
Natijada tovar va xizmatlarga bo`lgan baho oshib boradi.
f) aholini ijtimoiy jihatdan himoyalash maqsadida ish haqining
oshishi, tovarlar bahosining oshishiga olib kеladi va yana ish haqi oshadi.
va h.k. bu zanjir uzluksiz davom etish mumkin.
Xarajatlar inflyatsiyasida xom-ashyo va energetik resurslarga bo`lgan
xarajatlarning o`sishi tufayli ishlab chiqariladigan mahsulotlar 12 va bajariladigan
ishlarning narx-navosini o`sishi natijasida yuzaga chiqadi. Xomashyo va
energetik resurslarga bo`lgan dunyo narxlarini ko`tarilishi hamda xorijiy 
valyutaga nisbatan milliy valyuta kursini pasayishi xarajatlar inflyatsiyasining 
yuzaga chiqishini asosiy sabablari hisoblanadi. Xarajatlar inflyatsiyasida ma`lum 
bir mahsulotning narx-navosini o`sishi avtomat ravishda boshqa mahsulotlar 
narxnavoni o`sishiga olib keladi. Masalan, neft` mahsulotlariga bo`lgan bahosinig 
o`sishi natijasida unga bevosita bog`liq mahsulotlar, bajariladigan ishlar va 
ko`rsatiladigan xizmatlar narx-navosi o`sib ketadi. Xarajatlar inflyatsiyasi taklif 
inflyatsiyasiga o`xshash, lekin bu inflyatsiyada ba`zi xarajatlarning o`sishi aniq 
olingan mamlakat iqtisodiyotiga bevosita bog`liq bo`lmagan holatlarda yuzaga 
chiqishi mumkin.

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin