― pul va banklar



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/266
tarix07.01.2024
ölçüsü4,42 Mb.
#212082
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   266
pul va banklar (2)


Kreditga sotilgan 
tovarlar narxi 
summasi 
нархи суммаси 
Majburiyatlar
bo‘yicha 
to‘lovlar 
summasi 
+
Bir birini 
qoplaydigan
to‘lovlar 
summasi. 

Pulning muomala va to‘lov vositasi sifatida o‘rtacha aylanish tezligi



miqdori tovarlar va xizmatlar baxosiga to‘g‘ri proporsional, ya‘ni tovarlar
va xizmatlar baxosining oshishi muomalaga ko‘p pul chiqarishni talab
qiladi. Bu omil pul miqdoriga teskari ta‘sir
ko‘rsatadi. Odatda, pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur
bo‘lgan pul miqdori shuncha kam talab qilinadi va aksincha. Bu holda
muomalaga chiqarilgan pul miqdori muomaladagi tovarlar baxosidan oshib
ketishi, ya‘ni inflyatsiya bo‘lishiga yoki pul tanqisligiga olib kelishi
mumkin. Pulning sotib olish qobiliyati shu pul birligiga to‘g‘ri keluvchi
tovar va xizmatlar miqdori bilan ifodalanadi. Binobarin, pulning sotib olish
qobilyatini ifodalovchi ko‘rsatkich tovarlar va xizmatlar baxosi hisoblanadi.
Agar tovar va xizmatlar baxosi barqaror bo‘lsa, pulning sotib olish
qobiliyati ham barqaror bo‘ladi. Agar pul o‘zgarmagan sharoitda tovarlar
baxosi oshadigan bo‘lsa, bu hol pulning sotib olish qobiliyati tushganini
ko‘rsatadi va aksincha, tovar va xizmatlar baxosining tushishini pulning
sotib olish qobiliyati oshganligidan dalolat beradi. Inflyatsiya yuqori sur‘atli
sharoitda har bir ishlab chiqaruvchi resurslarni narxning oshib ketishidan
cho‘chib, o‘z tovari narxini yuqori qilib belgilaydi. Keragidan ortiqcha tovar 
olish natijasida jamg‘arma o‘z navbatida kamayadi, kredit resurslarining 
kamayishi, investitsiyaning o‘sishiga to‘sqinlik qiladi, u o‘z navbatida tovar va
xizmatlar taklifining qisqarishiga olib keladi. 
Inflyatsiyani uzoq muddat uchun izohlashda ko‘plab iqtisodchilar bilan 
Fridman pul massasi va narxlar darajasidan foydalanishgan. Ular ―Inflyatsiya 
bu puldan paydo bo‘ladigan holatdir‖. Agar televidinie orqali o‘tgan oydagi 
inflyatsiya darajasini e‘lon qilinsa, bu ko‘rsatkich inflyatsiyani ifodalamaydi, 
balki narxlar darajasi qanchaga oshganligini ko‘rsatadi deb tushuntirishadi. 
Masalan, siz oxirgi yilda inflyatsiya darajasi 1%(yil uchin 12%) 
bo‘lganligini eshitsangiz, unda narxlar darajasi 1%ga o‘sganligi ni 
bildiradi. Balki bu bir martalik va vaqtinchalik xususiyatga ega 
bo‘lgan holatdir. Agarda inflyatsiya darajasi uzoq muddat (oxirgi 
yillarda oyiga 1%dan yuqoribo‘lgan holat) davom etsa, unda 
iqtisodchilar uzoq muddati inflyatsiya haqida garirishadi.
Milton Fridmanning qarashini quyidagicha tushunish kerak:‖Narx 
darajalarining o‘sishi uzoq muddat davom etsagina monetar holat 
hisoblanadi‖. Inflatsiyaning mohiyatini anglagan holda, davom etayotgan tez 
narxlar o‘sishini ko‘plab iqtisodchilar (monetaristlar, keynslar ham) Fridman 
pul massasining doimiy o‘sishi holatidagina narx darajalarining 
o‘sishini kuzatish mumkinligini ta‘kidlashadi.
Monetaristlar nuqtai nazaridan pul taklifining doimiy o‘sishi 
oqibatlarini 1-rasm orqali tahlil qilib chiqsak. Tasavvur qilaylik, 
iqtisodiyotdagi holat boshlang‘ich 1 nuqtada bo‘lsa, yalpi talab(AD) 
va taklif (AS)ning kesishish nuqtasi, tabiiy emissiya F va narxlar P 
darajada, agar pul massasi yil davomida barqaror o‘ssa, yalpi 
talab o‘ng tarafga AD taklif tomonga suriladi, qisqa muddatda 
iqtisodiyotning barqarorlik 1´ holatga suriladi, yalpi emissiya 
K´(tabiiy darajaga oshadi. Ammo, ishsizlik darajasining tabiiy 


darajadan pastga tushishi ish haqining oshishiga olib kelib, egri 
yalpi talab chap tarafga suriladi. U AS2 holatga emissiya uzoq 
muddatli egri yalpi taklifning tabiiy holatini egallaydi. Muvozanat nuqtasi 2 
holatga suriladi, narxlar darajasi Р1 dan Р2 nuqtaga suriladi.
Agar kelgusi yilda pul massasi yana o‘ssa, yalpi talab o‘ng tarafga 
surilib, AD3 nuqtasini egallaydi, egri yalpi talab esa, ASy o'rinni egallaydi. 
Iqtisodiy muvozanat nuqtasi avval 2' holatga keyin 3nuqtaga suriladi. Bu 
holatda narxlar darajasi Р3 holatga suriladi. Agar kelgusi yillarda ham 
o‘sib borsa, iqtisodiyotdagi narxlar darajasi oshib boraveradi va 
inflyatsiyani yuzaga keltiradi.
88

 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin